O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet13/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Bozor obyekti - ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar.
Hozirgi sharoitda oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari do‘konlari, avtomobilga xizmat ko‘rsatish stansiyasi, benzin quyish shaxobchalari, sanoat tovarlari do‘koni, tijoratchilarning savdo shaxobchalari, turli xil supermarketlar, yirik savdo markazlari va savdo yarmarkalari, umumiy ovqatlanish shaxobchalari bozoming odatdagi ko‘rinishlari hisoblanadi. Fond birjalari, valyuta bozori, don biijalari va auksion kabilar bozoming yuqori darajada rivojlangan ko‘rinishlaridir.
Bozor subyekti - ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi. Bozor subyektlari ikki guruhga - sotuvchi va xaridorlarga bo‘linib, ular bozor munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlami taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o‘z subyektlari manfaatini bir-biriga bog‘lab, ularni muvofiqlashtiradi. Ayrim turdagi bozorlarda sotuvchi va xaridorlar o‘rtasida bevosita aloqa mavjud boisa, boshqalarida bilvosita aloqa mavjud bo‘lib, ular hech qachon bir-birini ko‘rmaydi yoki bilmaydi.
Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan Yaratilgan tovar va xizmatlarni, iqtisodiy resurslami iste’molchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Bu yerda bozor ishlab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bog‘laydi, ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o‘z iste’molchisini topadi. Bunda bozor vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Bozorda qiymat shakllari almashadi. U qiymatnitovar shaklidan pul shakliga aylantiradi. Individual mehnat sarflari sifatida chiqqan tovarlar bozor tomonidan tan olinsa, ijtimoiy mehnat sarfini namoyon qiladi va tovarning bozor qiymati hosil bo‘ladi.
Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo‘lib, ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish, yangidan boshlanishi uchun Yaratilgan tovarlar sotilishi va ulaning pulga aylanishi, puldan esa kerakli iqtisodiy resurslar xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida tovami sotishdan tushgan mablag‘lar hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olish yo‘li bilan sarflan­gan ishlab chiqarish vositalari o‘mini qoplaydigan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega bo‘ladilar. Bozor orqali resurslarning erkin harakati ta’minlanadi va ulaming tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi ro‘y beradi. Iste’molchilar bozorda u yoki bu tovarga bo‘lgan talabini bildiradi.
Bozor bu talabni ishlab chiqaruvchilar va resurslami yetkazib bemvchilarga uzatadi. Resurslar talab bildirgan tarmoqlar va sohalar o‘rtasida taqsimlanib turadi.
Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif,raqobat va narxlar yordamida bajaradi. U o‘zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy resurslami tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib kelishini ta’minlaydi. Shuningdek, adabiyotlarda bozorning boshqa ko‘plab qo‘shimcha vazifalari ham keltiriladi. Bozorning vazifalari
Tartibga solish,
Rag‘batlantirish,
Nazorat qilish,
Vositachilik qilish,
Tejamkorlik qilish ,
Integratsiyalash,
Narxni tashkil etish,
Iqtisodiyotni sog’lomlashtirish,
Axborot berish,
Bozor subyektlarining manfaatlarini ro’yobga chqarish .
Bozor turli xil vazifalami bajarsa-da, ular o‘zaro bog‘liq va birbirini taqozo qiladi. Bozorning iqtisodiy mazmunini chuqurroq tushunish uchun uning turlari va ichki tuzilishini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling