O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning usullari


Download 0.5 Mb.
bet11/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

2. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning usullari.
Ilmiy bilishning muhim usullaridan yana biri - tahlil va sintez usulidir. Tahlil va sintez deyarli barcha fanlar uchun samarali qo‘llash mumkin bo‘lgan usullardan biri hisoblansada, uning iqtisodiy fanlar uchun ahamiyati juda beqiyosdir.
Tahlil - bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan o‘rganish. Tadqiqotchi voqeahodisaning mohiyatini chuqur anglashi, u haqida to‘liq tasawurga ega bo‘lishi uchun uning ichki tarkibiy qismlariga kirib borishi zarur. Bu esa tadqiqot obyektini alohida tarkibiy qismlarga ajratish va ulami izchillik bilan o‘rganish orqali amalga oshiriladi. Misol uchun, biz O‘zbekistondagi iqtisodiy o ‘sish sur’ati 2016-yilda o ‘tgan yilga nisbatan 7,8 foizni tashkil etganini bilamiz. Bunday o‘sish sur’atiga nimalar hisobiga erishilganini aniq tasavvur qilish uchun esa faqat tahliliy jarayonlar orqali erishamiz. Ya’ni, yalpi ichki mahsulotning ishlab chiqarish, daromadlar va xarajatlar, mulkchilik shakllari, tarmoqlar va mintaqalar bo‘yicha tarkibiy qismlarini alohida ajratibolish va ulami o‘rganish orqali o‘sish sur’atining manba va omillari, uni yanada oshirishning imkoniyatlari to‘g‘risida to‘g‘ri xulosa chiqara olamiz.
Sintez - bu o‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir. Murakkab iqtisodiy tizimlar ana shu yo‘l bilan o‘rganiladi, iqtisodiy tizim butunicha tasvirlab beriladi.
Iqtisodiy fanlarda ko‘pincha sintezdan aniq iqtisodiy ko'rsatkichlami umumlashtirish orqali yaxlit xulosa chiqarish jarayonida foydalaniladi. Masalan, korxonalar iqtisodiy faoliyati natijalarini umumlashtirish orqali tarmog va sohalar iqtisodiy faoliyatiga ulaming faliyati natijalarini umumlashtirish orqali esa - milliy iqtisodiy otga baho berish, uning umumiy natijalarini aniqlash mumkin. Shu bilan birga, sintez usuli iqtisodiyot nazariyasi fanida ko‘plab iqtisodiy ta’limot va nazariyalaming ilmiy asosga ega bo‘lgan, to‘g‘ri va muhim jihatlarini ajratib olgan holda, ulami umumlashtirish orqali yangi g‘oya va nazariyalami hosil qilish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir. Jumladan, narxning mazmunini, uning nimalar asosida shakllanishini ilmiy asosda ochib berishda qiymatning turli nazariyalarini sintez qilish usulidan foydalanish buning yaqqol dalilidir.
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Iqtisodiyot nazariya- sida tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tadqiqot olib borish zamrligini taqozo qiladi. Chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai nazardan emas, shu bilan birga asosiy ichki zamr qonuniy bog‘lanishlar bo‘yicha ham tahlil qilinadi. Masalan, biz pulning iqtisodiy tabiatini o‘rganishda uning tarixiy jihatlari, jumladan, qiymat shakllarining rivojlanishini ko‘rib chiqamiz. Bu esa, bizdan tarixga, tovar-pul munosabatlarining dastlabki kurtaklari paydo bo‘lgan jamiyatga nazar tashlab, o‘sha davrdagi iqtisodiy munosabatlami tahlil qilishni taqozo etadi. Biroq, bu holat o‘tmishdagi barcha iqtisodiy munosabatlarga emas, balki aynan pulning dastlabki asoslari bilan mantiqiy bog‘langan munosabatlargagina taalluqlidir.
Pulning kelib chiqish sabablari, shakllanish jarayonlari puxta o‘rganilgandan keyin mantiq va tafakkurlash kuchi ishga solinib, uning xozirgi davrdagi asl mazmuni, vazifalari xususiyatlari bilib olinadi. Shundagina pulning keng va chuqur mazmunga ega bo‘lgan obyektiv tarixiy kategoriya ekanligi ma’lum bo‘ladi.Foydalanilayotgan usullar ichida eksperiment usuli ma’lum o‘rin egallaydi, iqtisodiy o‘sishning keskin o‘zgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi. Iqtisodiy islohotlami amalga
oshirish paytida eksperiment alohida o‘ringa ega. Iqtisodiy islohotlami amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish, ya’ni ilmiy tajriba, eksperiment o‘tkazish hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yo‘nalishlami ishlab chiqisTi talab etiladi. Iqtisodiyot sohasida o ‘tkaziladigan eksperimentlarga erkin iqtisodiy hududlami tashkil etish, muayyan iqtisodiy tadbirlami alohida korxona yoki hududlarda sinovdan o‘tkazish kabilami misol tariqasida keltirish mumkin. Jumladan, 0 ‘zbekistonda zarar ko‘rib ishlovchi shirkat xo‘jaliklarini fer-mer xo‘jaliklarga aylantirish jarayoni dastlab Qoraqalpog‘iston Res- publikasining Ellikqal’a tumanida tajribadan o‘tkazilib, keyinchalik boshqa tuman va viloyatlarda bosqichma-bosqich amalga oshirilganligini ham iqtisodiy eksperiment sifatida baholash mumkin.
Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo‘shib olib borish. Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lmish korxona, firma va fermer xo‘jaliklarining ichki jarayonlarini alohida iqtisodiy subyektlaming xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Bu tahlilda alohida olingan tovarlaming xarajatlari, kapital va boshqa resurslardan foydalanishning, narx tashkil topishining, ish haqi to‘lashning, talab va taklif tarkib topishining shakl va mexanizmlarini o‘rganish markaziy o‘rin tutadi.
Makroiqtisodiy tahlil makro darajada (mamlakat yoki jahon miqyo- sida) milliy iqtisodiyotning to‘laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shug‘ullanadi. Milliy mahsulot yalpi ichki mahsulot dinamikasi narxlar darajasining o‘zgarishi, inflyatsiya, ishchi kuchining bandligi masalalari bu tahlil obyekti bo‘lib hisoblanadi. Mikroiqtisodiy ot va makroiqtisodiyot o ‘zaro bog‘langan va bir-biri bilan o ‘zaro ta’sirda bo‘ladi.
Induksiya va deduksiya bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan, ammo o‘zaro bog‘liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardanumumiy faktlarga qarab harakati induksiya, aksincha, umumiyfaktlardan xususiy faktlarga tomon harakati deduksiya deb ataladi. Misol uchun, biz «А» korxonadagi ishchilar ish haqining oshiril-ganligi, boshqa sharoitlar o‘zgarmagani holda, mehnat unumdorligi-ning oshishiga olib kelganligining guvohi bo‘ldik, deb faraz qilaylik. Bundan, butun iqtisodiy tizim uchun tegishli bo‘lgan «ishchilar ish haqining oshirilishi, boshqa sharoitlar o‘zgarmagani holda, mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi», degan umumiy xulosa chiqarishimiz induksiyadir. Aksincha, bunday nazariy qoidani oldindan bilgan holda, uning turli tarmoqlar, alohida korxonalardagi amal qilish holatini aniqlashimiz va baholashimiz deduksiyani anglatadi.
Iqtisodiy jarayonlami o‘rganish va tahlil qilishda ikki tomonlama yondashuv usuli muhim o‘rin tutadi. Bunda barcha iqtisodiy hodisa va jarayonlar bir-biriga qarama-qarshi ikki tomon birligidan iborat deb qaraladi. Masalan, tovar qiymati va naflilikning birligidan iborat degan nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yo‘l qo‘yilib, yanglish tasawurga va noto‘g‘ri xulosalarga olib kelishi mumkin.
Iqtisodiy jarayonlami miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik, matematik va grafik usullaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda grafik usulni keng o‘zlashtirish va qo‘llash zamrdir. Grafiklar nazariya modellarini ifodalashda vositachi b o iib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul o‘zgamvchi miqdorlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi.
Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmunini, ulardagi o‘zgarishlami, kelib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin boiadi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling