O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet12/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Asosiy tayanch tushunchalar
Iqtisodiy qonun - iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi barqaror takrorlanib turadigan muhim ichki sabab-oqibat aloqalari, ulaming o‘zaro bog‘liqligi.
Iqtisodiy kategoriya - barqaror takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi il-miy-nazariy tushuncha.
Uslubiyat - ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yoilari, qonun qoidalari va aniq hadislari.
Ilmiy abstraksiya usuli - tahlil paytida xalal berishi mumkin boigan ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalami fikrdan chetlashtirib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tibomi qaratish.


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Iqtisodiy qonunlar nima va ulaming qanday turlari mavjud?
2.Iqtisodiy qonunlaming iqtisodiy kategoriyalardan farqi nimada namoyon boiadi?
3. Iqtisodiyot nazariyasini o‘rganishda qanday usullardan foydalaniladi?


8 – Mavzu. Bоzоr tushunchаsi vа bоzоr iqtisоdiyotining аsоsiy mехаnizmi.


Reja.
1. Bozor tushunchasi
2. Bozor mexanizmi
1. Bozor tushunchasi
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasi bo‘lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo‘jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo‘ llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir.
Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning barcha fazalarini: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini qamrab oladi. Bozor esa faqat bitta fazani, ya’ni ayirboshlash fazasini o‘z ichiga oladi. Bozor tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga o‘xshab ko‘rinadi, ayrimlar bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o‘ylashadi. Lekin uning ichki mazmuniga e’tibor berilsa, u ko‘p qirrali bo‘lib, mazmuni o‘zgaruvchan ekanligini, turli davrlarda turli ma’noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor tushunchasi tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bogiiq bo‘lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni degan mazmunni anglatgan.
Bozor - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida vujudga keladigan munosabatlar majmuasi.
Bozorning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
- sotuvchi va xaridorlaming o‘zaro kelishuvi, ekvivalentlilik prinsipi asosida ayirboshlash;
- sotuvchilarning xarajatlari qoplanib, foyda olishi;
- to‘lovga layoqatli bo‘lgan xaridorlrning talabini qondirish va raqobatchilik.
Bozor tovarlami ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi, ularning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bo‘lib, hozirgi davrda keng tarqalgan obyektiv iqtisodiy jarayondir.Bozordagi tovar va xizmatlar miqdori talabga nisbatan kam bo‘lsa narxlar oshib ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovani sotuvchi me’yoridan ortiqcha daromad olish imkoniga ega bo‘ladi. Aksincha, bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib, sotuvchilar zarar ko‘radilar. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik, no‘noqlik va xo‘jasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilsa ham zarar oshib ketadi, chunki bozor bunday behuda sarflami hisobga olmaydi. Bulaming barchasini bozor o‘z mexanizmi orqali amalga oshiradi.
2.Bozor mexanizmi
Bozor mexanizmi - bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar.
Bozoming iqtisodiy mazmunini ochib berishda uning obyekti va subyektini ajratib ko‘rsatish lozim bo‘ladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling