O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet10/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Iqtisodiy kategoriya - barqaror takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifodalovchi ilmiy-nazariy tushuncha.
Iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) lar alohida kishilar tomonidan o‘ylab topilmagan, balki real iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha boiib, ilmiy fikrlash tafakkur mahsulidir. Masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar bilan iqtisodiy kategoriyalaming farqi shundaki, birinchisi iqtisodiyotning turli bo‘g ‘inlari, sohalari, boiaklari orasidagi bogiiqlikni, ulaming biri o‘zgarsa, albatta, ikkinchisi ham o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) lar esa iqtisodiy hodisalarning bir tomonini, uning mazmunini ifoda etadi. Masalan, narx, talab degan tushunchalar orqali biz eng awalo bu tushunchalaming iqtisodiy mazmunini tushunib olamiz. Talab qonuni orqali esa, talab hajmi bi­lan narx o‘rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz.Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bogiiq boiib, ular bir-birini toidiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini aks ettiradi.
Haqiqiy fanning amalda vujudga kelishi faqatgina tadqiqot predmetining shakllanishi bilan emas, shu bilan birga uning bilish uslubiyatining qaror topishi, takomillashib borishi bilan ham bogiiqdir. Real iqtisodiy jarayonlarda ilmiy izlanish va tahlillami amalga oshirish, respublikamizning mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yoiidagi sa’yi-harakatlari va ulaming natijalarini baholash uchun ham iqtisodiyot nazariyasining ilmiy tadqiqot usullari va uslubiyatidan xabardor boiish, iqtisodiy tafakkurlash imkoniyatlariga ega boiishni taqozo etadi.
Uslubiyat - bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari,qonun-qoidalari va aniq hadislaridir. Bu obyektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun taiimotdir. Uslubiyat umumilmiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘zining predmetidan kelib chiqib, o‘zining ilmiy bilish usullariga ega boiadi. Shuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni vaqtda xususiy boiadi.
Dialektik usul qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli b o iib xiz- mat qiladi. Iqtisodiyot nazariyasida qoilaniladigan bu tamoyillaming ayrimlari quyidagilardir:
1) iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bogiiqlikda, zid
diyatda, o‘zaro ta’sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, boiaklardan iborat yaxlit bir jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan o‘zgarib turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada boiadi;
2) iqtisodiy jarayonning har bir bo‘lagini alohida olib, uning o‘ziga xos xususiyatlarini, kelib chiqish va yo‘q bo‘lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bogiiqlik tomonlarini zamon va makonda o‘rganish;
3) iqtisodiy jarayonlami oddiydan murakkabgacha, quyidan yuqorigacha rivojlanishda, deb qarash. Bu yerda son jihatidan o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat jihatidan o'zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur.
4) ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ulaming o‘zaro kurashiga rivojlanishning manbai sifatida yondashish.
Iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlar tabiiy, moddiy, shaxsiy omillar va pul mablagiari kabi omillarga tayangan holda kechadi, bu omillar o‘zaro chambarchas b o g iiq hamda ziddiyatda boiadi va birbiriga ta’sir ko‘rsatadi, ular doimo sifat va miqdor jihatdan o ‘zgarib turadi, turli davrlarda turlicha ijtimoiy shaklga ega boiadi, eski iqti­sodiy qonunlar, tushunchalar o‘miga yangilari paydo boiadi. Ana shular hisobga olinsa, bu fan uchun dialektika qoidalarini qoilashning qanchalik zarurligi va muhimligi darhol namoyon boiadi. Shu bilan birga, iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘ziga xos tadqiqot usullari ham mavjuddir, ulardan eng muhimi ilmiy abstraksiyadir. Iqtisodiy jarayonlaming mohiyati o‘zgarishini o‘rganishda mikroskoplardan, kimyoviy laboratoriyalardan foydalanib boimaydi, bunda abstraksiya kuchi ishga solinadi.
Ilmiy abstraksiya usuli - tafakkur va tahlil paytida xalal berishi mumkin boigan ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratishdir. Bu usul yordamida o‘rganilayotgan voqea va hodisaning ichki, ko‘zga ko‘rinmaydigan mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi.Aslida har bir iqtisodiy jarayon yoki hodisa o‘n!ab omillaming ta’siri ostida ro‘y beradi. Mazkur jarayon yoki hodisaning chuqur mazmunini ochib berish maqsadida har bir omilni o‘rganish, bir tomondan, o‘ta mushkul va sermashaqqat hisoblansa, boshqa tomondan, u qadar muhim boimagan jihatlami ham yuzaga chiqarib, tadqiqotchini voqeaning asl mohiyatidan chalgitadi. Shunga ко‘га, tadqiqotchi uchun jarayon va hodisalarni ilmiy tahlil qilishda birinchi darajali, ahamiyatli va asosiy omillami ajratib olib, diqqat markazini shunga qaratish muhim hisoblanadi. Bu harakatlar amalda tadqiqotchining ongida, fikran va muntazam ravishda sodir bo‘ladi. Aynan shu jarayon ilmiy abstraksiyalashdir.
Ilmiy abstraksiyalash natijasida hodisa va jarayonlaming eng umumiy xususiyat va aloqalarini namoyon etuvchi ilmiy tushuncha - kategoriyalar ishlab chiqilishi mumkin. Masalan, dunyoda ishlab chiqarilayotgan millionlab turlicha tovarlaming tashqi xossalaridagi ko‘plab tafovutlardan abstraksiyalashgan holda, biz ulami yagona iqtisodiy kategoriya - tovar tushunchasi orqali ifodalaymiz. Bunda turli tovarlami birlashtimvchi eng asosiy jihat - bu sotish, ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan mahsulot ekanligini qat’iy e ’tirof etamiz. Biroq, ilmiy abstraksiyalash uchun tadqiqotchi muayyan hodisa va jarayonning mazmun-mohiyatiga oid bilimlar bilan yetarli darajada qurollangan bo‘lishi lozim. Aks holda, u asosiy va ikkilamchi darajali omillami to‘g ‘ri ajrata olmay, pirovardida noto‘g‘ri xulosa chiqarishiga olib keladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling