O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar


Download 0.5 Mb.
bet60/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlarining mohiyatini va tarkibini tushuntiring.
2. Ichki va tashqi xarajatlar o‘rtasidagi farq nimadan iboratligini misol orqali tushuntiring.
3. 0 ‘rtacha doimiy, o‘zgaruvchi va umumiy xarajatlarning mazmuni hamda ulaming ahamiyatini tushuntirib bering.
4. Sarflartiing quyidagi turlari xarajatlarning qaysi turkumiga tegishli ekanligini aniqlang: mahsulot reklarflasiga sarflaf, korxona chiqargan zayomlar bo‘yicha foiz to‘lovlari; xom-ashyoga sarflar, ko‘chmas mulkka soliq toiovlari, boshqaruv xodimlari maoshi; ishehilarga ish haqi toiovlari; amortizatsiya ajratmasi.


19-MAVZU. FOYDANING MAZMUNI.
REJA.
1.Foydaning mazmuni.
2.Foyda normasi va massasi
1.Foydaning mazmuni.

Korxonalaming faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlaming hajmi, ularga qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi.


Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mabIag‘lar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi.Aytaylik, korxonada bir oy davomida 100 ming dona «А» mahsuloti ishlab chiqarildi. Har bir mahsulotning narxi 1000 so‘m. Agar barcha mahsulotlar sotilgan taqdirda, korxonaning bir oylik pul tushumi 100 mln. so‘m (100000 x 1000) ga teng bo‘ladi.
Biroq, korxonaning pul tushumlari uning faoliyatining samaradorligiga baho bera olmaydi. Chunki, bu pul tushumlari qanday xarajatlar evaziga olinganligi aks ettirmaydi. Shunga ko‘ra, korxona pul tushumlaridan hamma xarajatlar ajratib tashlansa qolgan qismi - foyda hisoblanadi, u korxona ishlab chiqarish samaradorligini aniqlashda muhim o‘rin tutadi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqarish jarayonida Yaratilgan mahsulot yoki xizmatlaming qiymati sotilgandan keyin ikki qismga: ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va foyda qismlariga bo‘linadi. Agar yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, ishlab chiqarish jarayonida Yaratilgan qo‘shimcha mahsulot foydaga aylanadi. Albatta har bir korxonada olingan foyda miqdori Yaratilgan qo‘shimcha mahsulotga teng bo‘lmasligi, ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin. Bu hoi soliqlar va
baholar mexanizmi ta’sirida sodir bo‘ladi.
Korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim adabi-yotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi.
Bizning misolimizdagi korxonada «А» mahsulotni ishlab chiqarishning bir oylik xarajatlari 60 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsin. U holda, korxonaning bir oylik foydasi 40 mln. so‘m (100 mln. - 60 mln.) ga teng bo‘ladi.
Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o‘tadi:
birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chog‘ida vujudga keladi. Yangidan Yaratilgan qiymat tarkibidagi qo‘shimcha mahsulot foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon bo‘lmaydi;
ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida Yaratilgan foyda tovarlami sotilgandan so‘ng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi ko‘rinishida to‘liq namoyon bo‘ladi. Demak, tovar va xizmatlar sotilganda ulaming umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo‘shimcha mahsulot esa foydaga aylanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, foydaning haqiqiy manbai qo‘shimcha mahsulotdir. Odatda ishlab chiqarish sohasidagi yirik korxonalar tovarlami katta hajmda ish­
lab chiqarib, ulami savdo vositachilariga ulgurji narxlarda sotadilar. Shunga ko‘ra, ular tovaming ulguiji narxi uning tannarxidan yuqori bo‘lgan taqdirda foyda oladilar. Demak, ishlab chiqaruvchi foydasi (F.ch) - bu mahsulot tannarxi (T) va ulgurji narxi (Nu) o‘rtasidagi farqdan iborat:
F,ch= H u- T
Bundan ko‘rinadiki, mahsulot birligidan olinadigan foyda ikkita asosiy omilga bogiiq boiadi: 1) mahsulot tannarxi darajasi; 2) ulgurji narxlar darajasi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling