O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet61/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

2.Foyda normasi va massasi


Tannarx - bu mahsulotning har bir birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarning puldagi ifodasidir.
Iqtisodiy foyda va buxgalteriya foydasini o‘zaro farqlash lozim.Iqtisodiy foyda umumiy pul tushumidan barcha ichki va tashqi xarajatlar, shuningdek, me’yordagi foydani chegirib tash- lash orqali aniqlanadi.
Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy pul summasidan ishlab chiqarishning tashqi xarajatlari chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Shu sababli buxgalteriya foydasi iqtisodiy foydadan ichki xarajatlar miqdoriga ko‘proqdir. Bunda ichki xarajatlar har doim o‘z ichiga me’yordagi foydani ham
oladi.
Korxona foydasining mutlaq miqdori uning massasini tashkil
qiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydalaniladi. Bular foydaning joriy sarflarga - korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablagiarga (asosiy va aylanma kapital) nisbatidir.
Bular quyidagicha aniqlanadi:
1. P' = ( P/ W) x 100%,
bu yerda: R’ - foyda normasi; P - foyda massasi; W - ishlab
chiqarish xarajatlari;
2. Р ' = ( Я Д г а )х100%,
bu yerda: R’ - foyda normasi; P - foyda massasi; Kavans- korxona
avanslangan mablag‘lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o‘rtacha yil-
lik qiymati.
Bizning misolimizdagi korxonaning «А» mahsulot ishlab chiqarishdan olgan foyda massasi 40 mln. so‘mni, foyda normasi esa 66,7 % ((40 mln. so‘m / 60 mln. so‘m) x 100%) ni tashkil etadi.
Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to‘g‘ri mutanosib hamda ishlab chiqarish xarajatlari yoki avanslangan mablag‘lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shu tufayli foyda normasi korxona ish samaradorligining integral ko‘rsatkichi hisoblanadi.Foydaning o‘sishiga chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmagan holda ikki yo‘l bilan: 1) ishlab chiqarish xarajatlarini ka­maytirish hisobiga; 2) narxni oshirish hisobiga erishish mumkin.
Asosiy tayanch tushunchalar
Iqtisodiy yoki sof foyda - yalpi pul tushumidan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi.
Foyda normasi - foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga boigan nisbatining foizdagi ifodasi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling