O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar


Download 0.5 Mb.
bet62/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar

1. Foydaning mazmuni va manbaini tushuntiring.


2. Iqtisodiy foyda va buxgalteriya foydasining farqi nimada?
Ulaming shakllanish tartibini tushuntirib bering.
3. Yalpi foydaning taqsimlanish tartibini tushuntirib bering. Mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllarining turliligi foydaning taqsimlanish tartibiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
4. Foyda massasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillami izohlab bering.
20-MAVZU. ISH HAQINING IQTISODIY MAZMUNINI


REJA.
1.Yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari
2Nazariy fikrlar va amaliy tajribalami

1.Yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari

Ish haqining mazmunini to‘g‘ri tushunib olish uchun eng awalo Yaratilgan jami mahsulotning taqsimlanish tartibi to‘g‘risida tasawurga ega bo‘lish lozim. Mamlakatda ishlab chiqarilgan jami mahsulotning (tovar va xizmatlaming) taqsimlanish tamoyillari bo‘yicha turlicha nazariyalar mavjud. Bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlaming ko‘pchiligida «uch omil» deb nomlanuvchi nazariya keng tarqalgan. Bu nazariya-ning asoschilaridan biri fransuz olimi J.B.Sey «ishlab chiqarishning uch omili» degan g‘oyani ilgari surib, unda tovarlami ishlab chiqa-rishda mehnat, yer va kapital bab-baravar qatnashadi, ular hamma daromadlar manbaidir va binobarin daromadlar ham shu omillar o‘rtasida taqsimlanadi, deb ko‘rsatadi. Uning bu g‘oyasi amerikalik iqtisodchi olim J.B.Klarkning qo‘shilgan omil (so‘nggi qo‘shilgan kapital yoki ishchi kuchi) unumdorligi degan g‘oyasiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Klark o‘zining «Boyliklaming taqsimlanishi» nomli asarida Yaratilgan boylik uchala omil o‘rtasida ulaming har biri yaratgan mahsulot miqdoriga (ya’ni unumdorligiga) qarab taqsimlanadi, deb ko‘rsatdi.


Sey va Klark g‘oyalarining ijobiy tomoni quyidagilardan iborat:
a) kapital, yer va ishchi kuchi (jonli mehnat) ning har uchalasi tovar yoki xizmatning nafliligini yaratishda qatnashishi ko‘rsatiladi;
b) Yaratilgan naflilik miqdori bilan bu uchala omilning miqdori va unumdorligi o‘rtasida bogiiqlik mavjudligi, agar bu uchala omil bir-biriga mos ravishda miqdor va sifat jihatidan oshsa, tovarlar va xizmatlar hajmi ham ko‘payishi asoslanadi.
Ammo bu g‘oyalaming kamchiligi ham mavjud boiib, ular hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitiga to‘g‘ri kelmaydi.
1. Sey va Klark iqtisodiyot nazariyasi hali yetarli darajada rivojlanmagan davrda yashab, ijod etganliklari uchun, tovar va xizmatlarda gavdalangan mehnatning ikki yoqlama tavsifini va undan kelib chiquvchi tovaming ikki xil xususiyatini tushunmaganliklari tufayli, kapital va yer tovar nafliligini yaratishda passiv ravishda qatnashsada, qiymat yaratmasliklarini, ular faqat eskirishiga teng, ya’ni
amortizatsiya ajratmalariga teng qiymatni yangi tovarga jonli mehnat ta’sirida o‘tkazishini, yangi qiymat esa faqat jonli mehnat tomonidan yaratilishini tushunib yeta olmaydilar va binobarin ko‘rsatib berolmaganlar.
2. Klark tomonidan Yaratilgan qo‘shilgan mehnat unumdorligining kamayib borish qonuni turli omillaming bir-biriga mosligi ta’minlanmagan, ko‘r-ko‘rona xarajatlar oshirib borilgan hamda ilmiy-texnika taraqqiyoti mutlaqo to‘xtab qolgan davrga (holatga) mos kelib, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitiga to‘g‘ri kelmaydi.
3. Sey va Klark aytganlaridek, hozirgi davrda Yaratilgan boylik, to‘g‘rirog‘i milliy mahsulotning hammasi bu uchala omilning miqdori va unumdorligiga qarab taqsimlanmaydi, balki uning amortizatsiya ajratmalari, markazlashgan fondlar tashkil qilingandan keyin qolgan qismi shu omillarga qarab uning egalari o‘rtasida
taqsimlanadi.
Sey va Klarklardan tashqari ayrim oqimlar, masalan lassalchilar mehnat hamma boylikning va madaniyatning manbaidir, shuning uchun hamma daromad jamiyat a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanishi zarur, deb ko‘rsatadilar. Lassalchilar, birinchidan, boylik faqatginamehnatning natijasi bo‘lmasdan, uni yaratishda yer (tabiat resurslari) va kapital ham qatnashishini, ya’ni uning nafliligi har uchala omil natijasi ekanligini tushuna olmadilar. Ikkinchidan, ulaming Yaratilgan mahsulotni barcha jamiyat a’zolari o‘rtasida teng taqsimlash zarur de­gan g‘oyalari mutlaqo noto‘g‘ri bo‘lib, bunday holatda mahsulotni ko‘paytirishga ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida hech qanday qiziqish bo‘lmasligi o‘z-o‘zidan tushunarlidir. Keyinchalik sobiq sotsialistik mamlakatlarda, jumladan sobiq Sovet Ittifoqida mahsulot va daromadlar davlat qo‘lida bo‘lib, mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi degan g‘oya hukmron bo‘ldi. Lekin bu g‘oya va uning
talablari amalda bajarilmadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling