O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet65/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

2.Nominal va real ish

Albatta ishchi kuchini takror hosil qilishda ish haqidan tashqari foiz, renta, foyda, dividend, turli imtiyozlar va nafaqalaming ham roli bor. Ish haqining mazmunini to‘laroq tushunish uchun nominal va real ish haqi tushunchalarini bilish zarur.


Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu sababli nominal va real ish haqi farqlanadi.
Nominal ish haqi - bu ma’lum vaqt davomida olingan pul sum-masi yoki pul shaklidagi ish haqi. Misol uchun, mexanika zavodi ishchisi yanvar oyida 200 ming so‘m, fevral oyida 190 ming so‘m, mart oyida 220 ming so‘m ish haqi oldi. Bular nominal ish haqi hisoblanadi.
Real ish haqi - bu nominal ish haqi summasining qanchalik tovarlar va xizmatlar miqdorini sotib olishga yetadigan quwa- tidir. Boshqacha aytganda real ish haqi - bu nominal ish haqining «xarid qilish» qobiliyatidir. 0 ‘z-o‘zidan aniqki, real ish haqi nomi­nal ish haqi miqdoriga va xarid qilinadigan tovarlar (va xizmatlar) narxiga bogiiq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil boiganda, nominal ish haqiga to‘g‘ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir. Bu miqdorlar nisbatini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin:bu yerda:
Vp- real ish haqi; V - nominal ish haqi; R - iste’mol buyumlari va xizmatlaming narx darajasi.
Bizning misolimizda ishchining nominal ish haqi yanvar oyiga nisbatan fevral oyida 95 foizni, mart oyida 110 foizni tashkil etgan edi.
Real ish haqi darajasining o'zgarishini aniqlash uchun esa iste’mol buyumlari va xizmatlaming narx darajasi to‘g‘risida maiumot zarur boiadi. Aytaylik, narx darajasi yanvar oyiga nisbatan fevralda 1,08, mart oyida esa 1,2 baravar oshgan boisin. U holda ishchining real ish haqi fevral oyida 176 ming so‘mni, mart oyida esa 183 ming so‘mni tashkil etadi. Ya’ni, ishchining real ish haqi yanvar oyiga nisbatan
fevral oyida 88 foiz, mart oyida 91,5 foiz darajasida boiadi.
Real ish haqi darajasiga tovarlar va xizmatlar narxidan tashqari belgilangan soliqlar miqdori va boshqa turli sharoitlar ham ta’sir qiladi. Masalan, soliq turlari va miqdori qancha ko‘p boisa real ish haqi shuncha pasayadi, yoki aksincha.Nominal ish haqi ishchining ishlab topgan pul daromadi darajasini, real ish haqi esa uning iste’moli va farovonlik darajasini tavsiflaydi.Ish haqi aholi daromadlarining asosiy tarkibiy qismlaridan birini tashkil qilib, u istiqbolda ham o‘zining yetakchi rolini saqlab qoladi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling