O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet79/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Asosiy tayanch tushunchalar
Legal (qonuniy) monopoliya - qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holat.
Sun’iy monopoliya - monopol foyda olish maqsadida tashkil eti­luvchi birlashmalaming shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib tu- rish uchun) nomi.
Kartel - ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o‘z mulkiy egaligini saqlab qolib, Yaratilgan mahsulotlami sotish esa kvota asosida amalga oshiriladigan bitta sanoat tarmog‘idagi bir necha korxonalaming uyushmasi.
Sindikat - ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik birlashma ishtirokchilarining o‘zida saqlanib qolgani holda, ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish maxsus tashkil etilgan yagona savdo tashkiloti orqali amalga oshiriluvchi, bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalaming birlashmasi.
Trest - ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalik-dagi mulkiy egalikni ta’minlovchi ishlab chiqamvchilaming yuridik shaxs ko‘rinishidagi birlashmasi.
Konsorsium - tadbirkorlaming yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi.
Konsern - rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o‘z ichiga oluvchi birlashma.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Monopoliyaning ijobiy va salbiy tomonlari nimalarda namoyon bo‘ladi?
2. Monopoliyaga qarshi siyosat va monopoliyaga qarshi qonunchilikning mohiyati qanday?
3. Raqobat muhitining shakllanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
4. 0 ‘zbekistonda raqobatni qo‘llab-quwatlovchi va monopoliyaga qarshi kurashuvchi qanday tashkilotlar mavjud?


27-MAVZU. NARX VA UNIHG SHAKILLANISH MEXANIZMI


REJA.
1. Narx va unihg shakillanish
2. Tovardagi ikki xil xususiyatlaming


1. Narx va unihg shakillanish

Tovarlar qiymati va ulaming nafliligi o‘zlarining namoyon bo‘lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqa-ruvchilami, naflilik esa iste’molchilami rag‘batlantiruvchi, ulami harakatga keltimvchi kuch sifatida amal qiladi.


Tovaming bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan, lekin doimo bir-birini taqozo etadigan, birisiz ikkinchisi bo‘lmaydigan ikki xususiyatga, ya’ni ma’lum bir naflilikka (iste’mol qiymatiga) va qiymatga ega ekanligi, tovar yoki xizmat shu ikki xususiyat birligidan iborat ekanligi o‘quvchiga oldingi boblardan ma’lum. Oldingi o‘rinlarda biz tovaming qiymati har qanday sarflami emas, balki mavjud sharoitda shu tovami ijtimoiy zaruriy miqdorda va sifatda ishlab chiqarish, ya’ni ijtimoiy-zaruriy naflilikni yaratish uchun zamr bo‘lganijtimoiy zaruriy sarflami ifoda yyetishini aytib o‘tgan edik. Narxlar mazmunini aniqlashda tovardagi mana shu ikki xil xususiyatning, ya’ni ijtimoiy qiymat va ijtimoiy naflilik birligini, bunda iste’mol qiymati (naflilik) qiymatni o‘zida olib yuruvchi moddiy asos ekanligini to‘g‘ri hisobga olmaslik, uning mazmunini ochishda masalaga bir tomonlama yondashish natijasida narx mazmuni turli olimlar va oqimlar tomonidan turlicha aniqlanmoqda va unga turlicha ta’rif berilmoqda. Buning ustiga narxning darajasiga (yuqori yoki past bo‘lishiga), uning o‘zgarishiga turli xil omillar ta’sir qiladiki, bu ham masalani to‘g‘ri tushunishni bir oz chigallashtiradi. Masalan, ingliz klassik
siyosiy iqtisod maktabi vakillari g‘oyalarida hamda oldingi siyosiy iqtisod darsliklarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi deyilgan bo‘lsa, marjinalizm yo‘nalishidagi va hozirgi davrdagi P.Samuelson, K.Makkonnell va S.Bryulaming «Ekonomiks» darsliklarida, shuningdek, yaqinda chop etilgan ayrim iqtisodiyot nazariyasi o‘quv qo‘llanmalarida tovar narxining asosini uning nafliligi, aniqroq aytganda, qo‘shilgan miqdor nafliligi tashkil qiladi degan fikrlar beriladi. Bunda so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligiga alohida e’tibor beriladi. Uchinchi guruh olimlar esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi deyishadi. Ulaming har biri o‘zlaricha turli dalillar topib, o‘z g‘oyalarini isbotlashga harakat qiladilar.
Rossiyada chop etilgan bir qator «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida tovarning ikki xil xususiyati va binobarin, har ikki nazarimohiyati, mazmuni va ulaming narxni to‘g‘ri aniqlashdagi roli beriladi, lekin narxning asosida nima yotishi haqida aniq fikr berilmaydi.
Alohida tovarlarga qilingan mehnat sarflari turlicha bo‘lib, ular-dan ayrimlari ijtimoiy mehnat sarfi sifatida to‘liq tan olinsa, boshqasi qisman tan olinadi, uchinchisi esa umuman tan olinmasligi mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, bozordagi mavjud narxlarga mehnat sarflari yoki qiymatning aynan o‘zi deb qarash noto‘g‘ridir. Chunki unga mehnat sarfidan boshqa omillar ham ta’sir qilib, natijada narx qiymatdan past yoki yuqori bo‘lishi mumkin. Jumladan, o‘zgarib
turuvchi talab va taklif ta’siri ostida biror tovarning bozor narxitebranib, uning qiymatidan u yoki bu tomonga farqlanishi mumkin.
Raqobat ham qiymat - narx nisbatiga xuddi talab va taklif kabi ta’sir ko‘rsatadi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, xaridor u yoki bu tovarni sotib olishda, nafaqat uning qancha turishini, balki mazkur tovarning iste’mol xususiyatlari o‘zining ehtiyoji va didiga qanchalik mos kelishini, ya’ni uning nafliligini ham hisobga oladi. Tovaming xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni bildiradi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling