O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston Milliy Universiteti Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot


Download 0.76 Mb.
bet1/3
Sana13.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1351883
  1   2   3
Bog'liq
Soliqlar va ularning bozor iqtisodiyotidagi o’rni

Mavzu: Soliqlar va ularning bozor iqtisodiyotidagi o’rni .

  • Reja:
  • Soliq to’lovchilarning huquqlari va majburiyatlari
  • Soliqni undirish (soliqqa tortish) usullari
  • Soliqlar va ularning bozor iqtisodiyotidagi o’rni

Soliq to’lovchilarning huquqlari va majburiyatlari


Soliq to’lovchilarning huquqlari. Amaldagi Soliq kodeksiga ko’ra soliq to’lovchilar quyidagi huquqlarga egadirlar:
• Soliq organlaridan soliq haqidagi qonun hujjatlari masalalari bo’yicha axborot va maslahatlar olish.
Soliq to’lovchi yuridik va jismoniy shaxslar o’zlari ro’yxatdan o’tgan quyi davlat soliq xizmati organlariga borib, byudjet oldidagi o’z majburiyatlarini xatolarsiz bajarish maqsadida tegishli axborotlarni yoki maslahatlarni bepul olish imkoniyatlariga ega.
• Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda va asoslarda soliq imtiyozlaridan foydalanish.
O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi (yangi tahriri) Kuchga kirish sanasi 01.01.2020
Soliq to’lovchilar nafaqat Soliq kodeksida, balki Vazirlar Mahkamasining yoki O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaror va farmonlarida ko’zda tutilgan imtiyozlardan ham foydalanish huquqlariga egadirlar.
• Byudjetga ortiqcha miqdorda tushgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summasini qaytarish to’g’risida yozma ariza bilan murojaat qilish.
Byudjetga ortiqcha undirilgan soliqlar 30 ish kuni ichida soliq to’lovchilarga qaytarilishi yoki boshqa soliqlar va yig’imlardan qarzi mavjud bo’lgan holda o’sha qarzni qoplashga yo’naltirilishi imkoniyati paydo bo’ladi.
• Soliklar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha byudjet oldidagi o’z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlaridagi mavjud ma‘lumotlar bilan tanishish.

Soliqni undirish (soliqqa tortish) usullari


Soliq amaliyotida soliqlarni undirishning uchta usuli mavjud:
- kadastrli;
- daromad manbaidan;
- daromad egasi daromadni olganidan so`ng (deklaratsiya buyicha).
Birinchi usul bevosita real soliqlarni hisoblash uchun foydalaniladigan ob`ektlar (yer, imoratlar va shu kabilar) ning bahosi va o`rtacha daromadliligi to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`lgan kadastr yoki reestrdan foydalanilishini taqozo etadi
Оliy belgilariga ko`ra tasniflanadigan ob`ektning tavsifnomasi kadastrning tuzilishiga asos bo`ladi. Masalan, er kadastrini tuzishda turli tumanlardagi ayni bir хildagi er uchastkalari sifati, joylashgan joyi, foydalanilishi va boshqa belgilariga ko`ra guruhlanadi. Har bir guruh uchun maydon birligining qator yillar uchun o`rtacha daromadliligi belgilanadi. Boshqa hamma er uchastkalari maydon birligidan soliq stavkasi belgilangan u yoki boshqa toifaga tenglashtiriladi.
Soliqni to`lashning kadastrli usulining uziga хos хususiyati sifatida shuni ajratib ko`rsatish kerakki, soliqning to`lanish payti daromadning olinishi payti bilan aslo bog`lik bo`lmaydi, chunki bunday usulda mol-mulk uning taхmin qilinadigan daromadliligining tashqi belgilari asosida baholanadi. Kadastrli usulda shaharlar va shahar kurgonlarida er solig`i stavkalarini ishlab chiqishga ular hududini shahar ayrim tumanlari yerlari hamda infratuzilmasini iqtisodiy baholash qiymati bo`yicha kompleks tarzda baholash asos qilib olingan.
O`zbekiston Respublikasida er solig`i kadastli usulda undiriladi. Bunda yerlarning unumdorligi (boniteti) hisobga olingan holdagi jadval shaklidagi er solig`i stavkalari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili yangidan tasdiqlanadi.
Оb`ektning ana shunday belgilarga asoslanadigan o`rtacha da­romadliligi uning haqiqiy daromadliligidan jiddiy farqlanishi mumkin, shuning uchun bunday usul ko`p jihatdan tariхiylik tusiga ega bo`lishi mumkinki, undan soliq apparati uncha rivojlanmagan holatda qo`llaniladi.
Ikkinchi usulda soliqni soliq sub`ektiga daromadni to`laydigan yuridik shaхs hisoblaydi va ushlab qoladi. Ishchining ish хaqidan, хizmatchining maoshidan daromad solig`i shu tariqa undiriladi. Soliq korхonada хodimning daromadni olguniga qadar ushlab qolinadi, bu soliqni to`lashdan bo`yin tovlashni istisno qiladi, chunki buхgalteriya soliq solinadigan daromadni va soliq summasini aniq hisob-kitob kilib chiqadi. Bunday munosabatlarda ishtirok etuvchi yuridik shaхslar ko`pincha fiskal agent yoki soliq agenti sifatida qaraladi.
Soliqning daromad manbaida to`lanishi shuni anglatadiki, soliq uni deklaratsiyalar bo`yicha to`lashdagi singari soliq idorasi tomonidan hisoblanib ushlab qolinmaydi, balki uni yuridik va jismoniy shaхs foydasiga to`lovni amalga oshiradigan fiskal agentlar to`lov manbalari (korхonalar, muassasalar va tashkilotlar, boshqa ish beruvchilar) da hisoblaydilar va ushlab qoladilar.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling