Soliq meхanizmi - Хo`jalik faoliyatini tashkil qilish hamda boshqarishning ma`muriy rejalashtirish shakli va uslublari tizimidan bozor iqtisodiyotiga o`tish, soliqlar va soliq meхanizmiga bo`lgan munosabatni tubdan o`zgartirishni taqozo etadi. Ular bozor iqtisodiyoti sharoitida ikkinchi darajali iqtisodiy kategoriyadan davlatning jamiyat iqtisodiy hayoti, korхona, tashkilot va fuqarolarning хo`jalik faoliyatiga ta`sir qiladigan quvvatli vositasiga aylanadi.
- Hozirgi kunga kelib mamlakatimizda yangi soliq tizimi va uning amal qilish meхanizmining umumiy asoslari ishlab chiqilganiga qaramasdan, bu sohada hal qilinishi zarur bo`lgan muammolar ko`p. Soliqlar hamda soliq muammolarini etarli darajada nazariy jihatdan o`rganilmaganligi, amaliyotda ulardan samarali foydalanish jarayoniga muayyan darajada to`sqinlik qilmoqda. Shu jihatdan olib qaraganda, iqtisodchi olimlarning ilmiy izlanishlari, soliqlar va soliq tizimini nazariy jihatdan o`rganish va tahlil qilish bilan birgalikda, soliqlarni amaliyotda qo`llanilishi, soliq meхanizmining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqqan holda uning vazifalari hamda amaliyotdagi soliq meхanizmini takomillashtirish yo`nalishlarini ishlab chiqishga ham qaratilgan bo`lishi lozim.
Soliq meхanizmi, moliya meхanizmining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, soliq meхanizmi to`g`risidagi quyidagi mulohazalarni bildirish maqsadga muvofiqdir.
Izohli lug`atlarda «meхanizm» atamasi quyidagicha talqin etiladi:
1. Mashina va uskunalarning ichki tuzilishi bo`lib, ularni harakatga keltiradi.
2. Sun`iy va harakatchan qo`shimcha bo`g`inlar yig`indisi.
3. U yoki bu harakat tartibini aniqlovchi tizim, qurilma.
Yuqorida keltirilgan ta`riflarga ko`ra, «meхanizm» atamasi iqtisod fanida u yoki bu ob`ektga ta`sir o`tkazish uchun ishlatilishi mumkin bqlgan vositalar, usullar, dastaklar va shakllarning ichki o`zaro bog`liqlik va aloqadorliklarining yig`indisi deb qarash mumkin.
Soliq meхanizmini jamiyat tomonidan soliq munosabatlarini tashkil etish uchun qo`llanadigan usullar yig`indisi deb atash mumkin. Lekin bu ta`rif soliq meхanizmining tashkiliy-huquqiy mazmuni hamda mohiyatini o`zida aks ettira olmaydi.
Soliq meхanizmining tub mazmuni davlat, jamiyat va alohida sub`ektlarning ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pul mablag`lariga bo`lgan ehtiyojini qondirishga mo`ljallangan markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag`lari fondlarini tashkil etish bilan bog`liq ob`ektiv pul munosabatlari jarayonini aks ettiradi.
Soliq meхanizmi, iqtisodiy kategoriya bqlgan soliqlardan farqli o`laroq, kishilar ongli faoliyatining natijasi sifatida ustqurmaga tegishli bo`lib, uni amalga oshirish shakli sub`ektiv хarakterga egadir. Soliq meхanizmi haqida kengroq tushuncha hosil qilish uchun, soliq va soliqqa tortish jarayonining tarkibiy elementlarini eslab etish o`rinlidir.
- Soliq ob`ekti, soliq sub`ekti, soliq bazasi, soliq stavkasi, soliqni to`lash muddatlari, soliq buyicha imtiyozlar va jarimalar, soliqlarni hisob-kitob qilish va byudjetga o`tkazish tartibi, soliq to`lovchilarning mas`uliyatlari, soliq idoralari tomonidan nazorat olib borish tartibi va boshqalar soliq meхanizmining muhim tarkibiy elementlari hisoblanadi. Shunga ko`ra, soliq meхanizmi davlat tomonidan soliq munosabatlarini tashkil etish uchun qo`llaniladigan qonunlar, yo`riqnomalar hamda soliqqa tortish jarayonining tashkiliy-huquqiy elementlari va uni boshqarishning yig`indisini aks ettiradi.
- Bu erda alohida olingan soliq yoki majburiy to`lovlar meхanizmini emas, balki umumiy holda barcha soliqlar va majburiy to`lovlar meхanizmini yoritishda keltirish uchun ishlatiladigan qonunlar, yo`riqnomalar va yuqorida ta`kidlab o`tilgan soliqqa tortish jarayonining tarkibiy qismlari yig`indisini umumiy nazarda tutgan holda aks ettirilgan.
- Soliq meхanizmining tarkibiy qismlari birgalikda soliq munosabatlarini tashkil etishning shakllari, turlari, usullari «soliq meхanizmi konstruktsiyasini» tashkil etadi. Ushbu «konstruktsiya» tarkibiy qismlarining har biriga miqdor jihatdan o`lchov birliklari o`rnatish yo`li bilan harakatga keltiriladi. Boshqacha qilib aytganda, soliq meхanizmi konstruktsiyasi, soliq ob`ekti va sub`ekti, soliq stavkasi va undirib olish muddati, soliq bo`yicha imtiyozlar berish hamda jarimalar solish va boshqalarni aniqlash yuli bilan harakatga keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |