O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI BIOLOGIYA FAKULTETI 203 – B GURUH TALABASI PARDABOYEV MAHMUDJONNING BIOKIMYO VA MOLIKULAR BIOLOGIYA FANIDAN YOZGAN
REFARTI
Mavzu : Noorganik ionlar , ularning funksiyalari
Topshirdi: Pardaboyev Mahmud
Qabul qildi: Dolimova Surayyo
TOSHKENT - 2020
Mavzu: Kalsiy va uning birikmalari
Reja :
Kalsiyning tabiatda tarqalishi.
Kalsiyning olinishi va xossalari.
Kalsiyning ishlatilishi va biologik ahamiyati.
Kalsiyning birikmalari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyot.
1. Kalsiyning tabiatda tarqalishi
Kalsiy (lot. Calx, Calcis — ohak so’zidan olingan; Calcium), Ca — Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element. Ishqoriy-yer metallariga kiradi; tartib raqami 20, at m. 40,08. Tabiiy kalsiy oltita barqaror izotopdan tuzilgan: 40Ca (96,94%), 44Ca (2,09%), 42Ca(0,67%), 48Ca (0,187%), 43Ca (0,135%) va 46Ca (0,003%). Oksidlanish darajasi +2, goho + 1; ionizatsiya energiyasi Ca°—> Ca+—" Ca2+, tegishlicha 6,11308 va 11,8714 eV ga teng; Poling bo’yicha elektromanfiyligi 1,0; atom, radiusi 0,197 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsiyasi son keltirilgan) Ca+2 0,114 nm (6), 0,126 nm ( , 0,137 nm (10), 0,148 nm (12).
Yer po’stida tarqalganligi jihatidan beshinchi o’rinda (O, Si, Al, Fe dan keyin) turadi, massasi jihatidan 3,38%ni tashkil qiladi. Tabiatda faqat minerallar (400 ga yaqin) holida uchraydi. Kalsiyning turli silikat va alyumosilikatlari, mas, anortit Ca[Al2Si208], diopsid CaMg[Si2O6], vollastonit Ca3[Si309] keng tarqalgan. Bulardan tashqari, kalsiy CaCO3 (tabiiy shakllari — ohaktosh, bo’r, marmar), dolomit CaMg(CO3)2, fosforit Ca5(PO4)3 (H2SO4), apatitlar Ca5(PO4)3 gips CaSO4·2H2O, flyuorit CaF2 va boshqalar sanoat ahamiyatiga ega. Kalsiy birikmalari tabiatdagi tog’ jinslari, suvlar va tuproq, tarkibida ham bor. Kalsiy biogen elementlardan biri bo’lib, o’simlik, odam va hayvonlar suyagining asosini tashkil etadi. CaCO3 — mollyuskalar, shilliqqurtlar va tuxum po’stlog’i tarkibida ko’p miqdorda bo’ladi.
Ca II guruhning bosh guruhchasi elementlari bo’lib, ishqoriy-yer metallar qatoriga kiradi. Kalsiyning elektron qavatlarida ikkita s-elektron bor va shuning uchun u s-elementlar oilasiga kiradi. Kimyoviy reaksiyada bu metallar qaytaruvchi sifatida ikkita elektronini berib, +2 zaryadli ionga aylanadi. Barcha birikmalarida
+2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.Yer qobig’ida kalsiyning oltita izotopi bo’lib,bulardan eng ko’p tarqalgani 40Ca (96,97%).
Tabiatda tarqalishi; Kalsiy tabiatda juda keng tarqalgan
elementlardandir.Yer qobig’ida kalsiy 3,5% ni tashkil etadi. Tabiatda kalsiyning ko’p qismi tog’ jinslarining silikatlari va alyumosilikatlari (granitlar, gneyslar) holida uchraydi. Cho’kindi tog’ jinslar ichida ohaktosh va bo’r ko’p tarqalgan minerallardir. Bulardan tashqari minerallar; kalsit CaCO3, dolomite CaCO3 MgCO3, kabilar kalsiyning tabiiy manbalari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |