II-BOB. BUXGALTERIYA BALANSI, SCHOTLAR VA IKKI YOQLAMA
YOZUV
Mavzuning maqsadi: buxgalteriya balansi, aktiv, passiv, balans bo‘limlari
va moddalari, schotlarning tuzilishi: debet, kredit, aylanma va qoldiq (saldo), aktiv
va passiv schotlar, ikki yoqlama yozuv, uning nazorat funksiyasi, schotlar
bog‘lanishi, Budjet tashkilotlarida ma’lumotlarni to‘plash va umumlashtirish
haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lish, ko‘nikma va malaka shakllantirish
Tayanch so‘zlar va iboralar
Buxgalteriya balansi - «Balans» so‘zi lotincha bo‘lib, uning aynan
tarjimasi bis - «ikki karra» va lans - «tarozi pallasi», ya’ni tarozi ikkita pallasining
tengligi degan ma’noni, muvozanat tenglik ramzini bildiradi.
Buxgalteriya hisobining schotlari – bu xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘lar
manbalari va xo‘jalik jarayonlarini nazorat qilish va boshqarish uchun zarur
axborotlarga ega bo‘lish maqsadida, ularni dastlabki hujjatlar ma’lumotlariga
asosan joriy tartibda hisobga olish, guruhlash va bir tizmga keltirish usuli.
Saldo - «Saldo» italyancha so‘z bo‘lib, aynan tarjimasi «hisob-kitob» degan
ma’noini bildiradi.
Sintetik schotlar – bu xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari va
xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘risida umumlashgan ma’lumotlarni faqat pul o‘lchovida
hisobga oladigan schotlarga aytiladi.
Analitik schotlar – bu xo‘jalik mablag‘lari va mablag‘larning manbalari va
xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘risida to‘la tavsif beradigan va ularni pul, natura va
mehnat o‘lchovida hisobga oladigan schotlarga aytiladi.
Doimiy schotlar – bu hisobot davri oxiriga saldoga ega bo‘lib, buxgalteriya
balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar, sarmoyalar schotlaridir.
Aktiv schotlar (A) – bu aktivlarni aks ettirishga mo‘ljallangan schot bo‘lib,
unda iqtisodiy resurslarning qoldig‘i va ko‘payishi schotning debetida kamayishi
esa kredit bo‘yicha aks ettiriladi.
34
Do'stlaringiz bilan baham: |