O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


II-BOB. BUXGALTERIYA BALANSI, SCHOTLAR VA IKKI YOQLAMA


Download 3.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/164
Sana05.09.2023
Hajmi3.2 Mb.
#1673159
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   164
Bog'liq
Бухгалтерия ҳисоби ва солиққа тортиш Ўрмон1

II-BOB. BUXGALTERIYA BALANSI, SCHOTLAR VA IKKI YOQLAMA 
YOZUV 
Mavzuning maqsadi: buxgalteriya balansi, aktiv, passiv, balans bo‘limlari 
va moddalari, schotlarning tuzilishi: debet, kredit, aylanma va qoldiq (saldo), aktiv 
va passiv schotlar, ikki yoqlama yozuv, uning nazorat funksiyasi, schotlar 
bog‘lanishi, Budjet tashkilotlarida ma’lumotlarni to‘plash va umumlashtirish 
haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lish, ko‘nikma va malaka shakllantirish 
 
Tayanch so‘zlar va iboralar 
 
Buxgalteriya balansi - «Balans» so‘zi lotincha bo‘lib, uning aynan 
tarjimasi bis - «ikki karra» va lans - «tarozi pallasi», ya’ni tarozi ikkita pallasining 
tengligi degan ma’noni, muvozanat tenglik ramzini bildiradi.
Buxgalteriya hisobining schotlari – bu xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘lar 
manbalari va xo‘jalik jarayonlarini nazorat qilish va boshqarish uchun zarur 
axborotlarga ega bo‘lish maqsadida, ularni dastlabki hujjatlar ma’lumotlariga 
asosan joriy tartibda hisobga olish, guruhlash va bir tizmga keltirish usuli. 
Saldo - «Saldo» italyancha so‘z bo‘lib, aynan tarjimasi «hisob-kitob» degan 
ma’noini bildiradi. 
Sintetik schotlar – bu xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari va 
xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘risida umumlashgan ma’lumotlarni faqat pul o‘lchovida 
hisobga oladigan schotlarga aytiladi. 
Analitik schotlar – bu xo‘jalik mablag‘lari va mablag‘larning manbalari va 
xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘risida to‘la tavsif beradigan va ularni pul, natura va 
mehnat o‘lchovida hisobga oladigan schotlarga aytiladi. 
Doimiy schotlar – bu hisobot davri oxiriga saldoga ega bo‘lib, buxgalteriya 
balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar, sarmoyalar schotlaridir.
Aktiv schotlar (A) – bu aktivlarni aks ettirishga mo‘ljallangan schot bo‘lib, 
unda iqtisodiy resurslarning qoldig‘i va ko‘payishi schotning debetida kamayishi 
esa kredit bo‘yicha aks ettiriladi. 


34 

Download 3.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling