O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


III BOB. HUJJATLASHTIRISH, INVENTARIZATSIYA, HISOB


Download 3.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/164
Sana05.09.2023
Hajmi3.2 Mb.
#1673159
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   164
Bog'liq
Бухгалтерия ҳисоби ва солиққа тортиш Ўрмон1

III BOB. HUJJATLASHTIRISH, INVENTARIZATSIYA, HISOB 
REGISTRLARI VA SHAKLLARI 
 
Mavzuning maqsadi: dastlabki hujjatlar va ularni rasmiylashtirish
hujjatlar rekvizitlari; hujjatlar aylanishi va uni tashkil etish; inventarizatsiya va 
uning turlari; o‘tkazish muddatlari, usullari va tartibi; natijalarini 
rasmiylashtirish va hisobda aks ettirish; dastlabki hujjatlarni saqlash tartibi, hisob 
registrlari va shakllari haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lish, ko‘nikma va 
malaka shakllantirish
 
Tayanch so‘zlar va iboralar 
 
Hujjat – bu amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyasi to‘g‘risida yozma 
guvohlik bo‘lib, buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga yuridik kuch bag‘ishlaydi. 
Hujjatlashtirish - bu korxona xo‘jalik faoliyatini kuzatib borish, hisobga 
olinadigan xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish va aks ettirishning asosiy 
usulidir.
Inventarizatsiya - bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan haqiqatdagi 
ma’lumotlar o‘rtasidagi tafovutni bartaraf qilish maqsadida korxona mablag‘lari 
natura holatini, ushbu korxonaning boshqa korxonalar bilan hisob-kitob ishlarini 
tekshirish usulidir.
Buxgalteriya 
hisobining 
registrlari 
O‘zbekiston Respublikasi 
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunning 15-moddasida quyidagicha ta’rif 
berilgan: «Buxgalteriya hisobi regestrlari ikki yoqlama yozuv usuliga muvofiq 
yuritiladigan jurnallar, qaydnomalar, kitoblar va tasdiqlangan blankalardan 
(shakllardan) iborat». 
Buxgalteriya hisobi regestrlari texnika vositalaridan, axborot tizmlaridan va 
axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda elektron hujjat tarzda yaratilishi, 
ishlov berilishi va saqlanishi mumkin.
Buxgalteriya hisobi regestrlarida boshlang‘ich hisob hujjatlaridagi 
ma'lumotlar tizimlashtirilishi va to‘planishi kerak.


46 
Buxgalteriya hisobi regestrining majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat: 
regestrning nomi; 
buxgalteriya hisobi subektining nomi
regestrni yuritish boshlangan hamda tugallangan sana va (yoki) regstr 
tuzilgan davr; 
xo‘jalik operatsiyalarining xronologik va (yoki) tizimli guruhlanishi;
xo‘jalik operatsiyalarining o‘lchov birligi ko‘rsatilgan holda puldagi o‘lchov 
miqdori; 
regestrni yuritish uchun ma'sul bo‘lgan shaxslarning lavozimlari, familyalari 
hamda ismi hamda otasi ismining bosh harflari ko‘rsatilgan holdagi imzolari yoki 
ushbu shaxslarni indentifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa rekvezitlar. 
Buxgalteriya hisobi regestriga tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 

Download 3.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling