59
Vaqtinchalik xarajatlar smetasi - tashkilotlarning
xarajatlar smetasi
tasdiqlangunga va ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar amal qiluvchi hujjat bo‘lib, unda
Budjet tashkilotlari uchun ko‘zda tutilgan, qonunchilikka o‘zgartirishlarni hisobga
olgan holda, har oyda avvalgi moliya yilining oxirgi choragidagi Budjetdan
ajratiladigan mablag‘larning uchdan bir qismidan ortiq bo‘lmagan
miqdorlardagi
Budjetdan ajratilgan mablag‘lar (xarajatlar rejasi) aks ettiriladi.
Budjet tashkilotlarining Budjetdan tashqari mablag‘lari - qonunchilikda
nazarda tutilgan Budjetdan tashqari manbalar hisobidan tashkilotlar ixtiyoriga
kelib tushadigan mablag‘lar.
5.1-mashq. Xarajatlar smetasining xarajat moddalari tarkibi
Topshiriq: Yuqorida berilgan chizmaga xarajatlar smetasining xarajat moddalari
tarkibini yozing va ularni izohlab bering.
5.2-mashq. O‘rmon xo‘jaligi tashkilotida shtatlar jadvalini tuzish
O‘rmon xo‘jaligi tashkilotida shartli ravishda jami 2017 yil 1 yanvar
holatiga 75 nafar ishchi-xodim shtati mavjud. Shundan, 1
nafar rahbar, 2 nafar
rahbar muovini, 18 ta o‘rmon mutaxassisi, 7 ta bo‘lim boshlig‘i, 2 nafar qorovul, 3
nafar farrosh hamda 42 nafar o‘rmonchi - ishchi ishlaydi.
Ularning razryadlari
quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: