O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


Download 3.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/164
Sana05.09.2023
Hajmi3.2 Mb.
#1673159
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   164
Bog'liq
Бухгалтерия ҳисоби ва солиққа тортиш Ўрмон1

 
Tayanch tushunchalar va iboralar: 
 
Tovar-moddiy zaxiralar - keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat 
yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, 
shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish 
jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun 
foydalaniladigan moddiy aktivlar tovar-moddiy zaxiralar deyiladi. 
Idish - mahsulotlar (tovarlar)ni saqlash, o‘rab-joylash va tashish uchun 
ishlatiladigan buyumni ifoda etuvchi moddiy ob’ekt.
«Qurilish materiallari» subschotida qurilish va montaj ishlari jarayonida 
foydalaniladigan qurilish materiallari hisobga olinadi. 
«Oziq-ovqat mahsulotlari» subschotida tashkilotlardagi oziq-ovqat 
mahsulotlari hisobga olinadi. Kelib tushgan oziq-ovqat mahsulotlarining hisobi 
oziq-ovqat mahsulotlari kirimga olinadigan 300-son shakldagi oziq-ovqat 
mahsulotlarining kirimi bo‘yicha jamlanma yuritiladi. 
«Dori-darmonlar 
va 
yarani 
bog‘lash 
vositalari» subschotida 
kasalxonalardagi, davolash-profilaktika, davolash-veterinariya va xarajatlar 
smetalarida ushbu maqsadlar uchun mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan 
tashkilotlardagi dori-darmonlar, komponentlar, bakteriyali preparatlar, zardoblar


80 
vaktsinalar, qon va yarani bog‘lash vositalari va boshqa dori-darmonlar hisobga 
olinadi. 
«Inventar va xo‘jalik jihozlari» subschotida tashkilotning kundalik 
ehtiyojlari uchun foydalaniladigan xo‘jalik materiallari va kantselyariya buyumlari 
(elektr lampalari, sovun, cho‘tka va h.k.), shuningdek boshqa inventar va xo‘jalik 
jihozlari hisobga olinadi. 
«Yonilg‘i, yoqilg‘i-moylash materiallari» subschotida omborlarda, 
shuningdek bevosita moddiy javobgar shaxslar ixtiyorida turadigan barcha turdagi 
yonilg‘i, yoqilg‘i-moylash materiallari (o‘tin, ko‘mir, torf, benzin, kerosin, mazut 
va h.k.) hisobga olinadi. 

Download 3.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling