O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


Download 3.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/164
Sana05.09.2023
Hajmi3.2 Mb.
#1673159
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   164
Bog'liq
Бухгалтерия ҳисоби ва солиққа тортиш Ўрмон1

 
Tayanch tushunchalar va iboralar: 
 
Debitor – muayyan korxonadan oladigan puli bo‘lgan korxona, tashkilot 
yoki shaxs. Tovarlar yuklab jo‘natilgan, ishlar bajarilgan, xizmatlar ko‘rsatilgan 
kundan boshlab 90 kun mobaynida, yetkazib berilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar 
hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun mablag‘ kelib tushmagan vaqtda debitorlik 
qarzi muddati o‘tkazib yuborilgan hisoblanadi. 
Kreditor - bu shunday korxona, tashkilot yoki shaxski, uning oldida boshqa 
korxonalarning hisob-kitoblar bo‘yicha to‘laydigan majburiyatlari bo‘ladi.
Turli debitor va kreditor qarzlar quyidagi hollarda yuzaga keladi: 
- korxonaning o‘zidan yoki uning mehnat jamoasi a’zolaridan ijro varaqalariga 
asosan pul undiriladigan bo‘lsa; 
- kommunal xizmati, turar joy haqi, turar joy bo‘lmagan xonalarning ijara haqlari 
bo‘yicha; 
- mehnat jamoasi a’zolarining buyrug‘i bilan bankka va boshqa joylarga pul 
o‘tkazish bo‘yicha; 
- boshqa hollarda.
Korxonada debitorlik va kreditorlik majburiyatlari yuzaga kelishining 
asosiy sababi - hisob-kitoblarda to‘lovlar muddati yoki sanasining turli hisobot 
davriga tushib qolishidir.


113 
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining undirish muddati 3 oy yoki 90 
kun qilib belgilangan. Ushbu muddatdan so‘ng debitorlik va kreditorlik 
majburiyatlari nazoratga olinadi va ularning holati bo‘yicha amaldagi 
qonunchilikka muvofiq javobgarlik shartlari (ma’muriy va moliyaviy) belgilanadi. 
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini hisobdan chiqarish muddati 
sifatida yuridik shaxslar o‘rtasida ham, korxona bilan jismoniy shaxslar o‘rtasida 
ham 3 yil muddat belgilangan. Ushbu muddatda to‘lanmagan yoki undirib 
olinmagan majburiyatlar, qarzlar korxonaning foyda va zararlariga olib boriladi.

Download 3.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling