8. Bankdagi schotlarda qancha pul mablag‘i qoldig‘i borligi, qancha pul
kelib tushgan va chiqib ketganligini qaysi hujjat orqali bilamiz?
A) Bank ko‘chirmasi
B) Naqd pul topshirish haqidagi e’lon
C) Akkreditiv ochish uchun ariza
D) To‘lov topshiriqnomasi
9. Tovar va mahsulotlarni sotish natijasida kassaga olingan naqd pulning
bankdagi pul mablag‘lariga o‘tkazish uchun inkassatorlarga topshirilgan,
ammo bank tomonidan qabul qilinganligi tasdiqlanmagan pul mablag‘lari
................ deyiladi. Nuqtalab o‘rniga kerakli so‘zlarni toping.
A) Yo‘ldagi pul mablag‘lari
111
B) Pul ekvivalentlari
C) Chet el valyutasidagi pul mablag‘lari
D) Chek daftarchalari
10. D-t 130 K-t 100 buxgalteriya provodkasi qachon beriladi?
A) Hisob-kitob schotidan akkreditiv schotga pul mablag‘lari o‘tkazilganida
B) Foydalanilmagan akkreditiv summasi hisob-kitob schotiga qaytarilganida
C) Mamlakat ichidagi valyuta schotidan akkreditiv schotiga mablag‘
o‘tkazilganida
D) Hisob-kitob schotidan bankdagi boshqa maxsus schotlarga pul mablag‘i
o‘tkazilganida
112
X BOB. TURLI DEBITOR VA KREDITORLAR BILAN HISOB-
KITOBLAR HISOBI
Mavzuning maqsadi: o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlarida debitor qarzlarning
ahamiyati, ularning vujudga kelish holati, hujjatlashtirish tartibi, kreditor
qarzlarning ahamiyati, ularning vujudga kelish holati, hujjatlashtirish tartibi,
ularning tarkibi va solishtirma dalolatnomalarni tuzish hamda hujjatlashtirish
tartibi, ularni undirish choralari bo‘yicha hisob-kitoblar bo‘yicha tasavvur va
bilimga ega bo‘lish, ko‘nikma va malaka shakllantirish
Do'stlaringiz bilan baham: |