121
XI BOB. XODIMLAR BILAN HISOB-KITOBLAR HISOBI
Mavzuning maqsadi: o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlarida xodimlar bilan hisob-
kitoblar hisobining ahamiyati, xodimlar bilan hisob-kitob ishlarida dastlabki
hujjatlashtirish tartibi, xodimlar bilan hisob-kitoblarda ish haqi hisoblash
shakllari, xodimlar bilan hisob-kitoblarning analitik hisobi, xodimlar bilan hisob-
kitoblarda ushlanmalar hisobi, ularni hujjatlashtirish tartibi, xo‘jalikda ishchi
xodimlarning turkumlanishi hamda ish haqi hisoblash bo‘yicha tasavvur va
bilimga ega bo‘lish, ko‘nikma va malaka shakllantirish
Tayanch tushunchalar va iboralar:
Mehnat va ish haqi hisobi - hisob ishlarining aniq va operativ ma’lumotlar
talab qiluvchi eng muhim hamda qiyin sohalaridan biridir. Unda xodimlar sonining
o‘zgarishi, ish vaqtining sarflanishi, mehnatga haq to‘lash fondi, to‘lov turlari va
xodimlar toifasi bo‘yicha hamda mehnatga haq to‘lash
fondidan tashqari amalga
oshiriladigan boshqa to‘lovlar, korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks
ettiriladi. Bu ma’lumotlar asosida mehnat unumdorligi mehnat resurslaridan
foydalanish,
xodimlar soni, ish haqi fondining sarflanishi va boshqalar bo‘yicha
reja topshiriqlarining bajarilishi ustidan nazorat ana shu ma’lumotlar asosida
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: