11.1-mashq. O‘rmon xo‘jaligi tashkilotlarining mas’ul javobgar shaxslari
bilan hisob-kitoblar hisobi
11.1.1 Toshkent viloyati o‘rmon xo‘jaligi tashkiloti hisobot yili boshida balans
moddalari bo‘yicha qoldiqlari quyidagicha:
Boshqa Budjetdan tashqari mablag‘lari 11636750 ming so‘m, noturar joy
imoratlar 1332500 ming so‘m, qurilish materiallari 538500 ming so‘m, noturar
joy imoratlarining eskirishi 15438 ming so‘m, mashina va jihozlarning eskirishi
41767 ming so‘m, mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar 5980 ming
so‘m, boshqa Budjetdan tashqari daromadlar 15197690 ming so‘m,
inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar 79700 ming so‘m,
mashina va jihozlar 151500 ming so‘m, oziq-ovqat mahsulotlari 1359500 ming
so‘m, inventar va xo‘jalik jihozlari 632900 ming so‘m, mashina va jihozlarning
ehtiyot qismlari 952500 ming so‘m, dori-darmonlar va yarani bog‘lash vositalari
465150 ming so‘m, yonilg‘i, yoqilg‘i-moylash materiallari 597500 ming so‘m,
ma’muriy xarajatlar 623000 ming so‘m, tayyor mahsulotlar 250 ming so‘m,
124
boshqa daromadlar bo‘yicha haqiqiy xarajatlar 190850 ming so‘m, boshqa tovar-
moddiy zaxiralar 340000 ming so‘m, tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar 25000
ming so‘m, tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan Budjet mablag‘lari
52094675 ming so‘m, Budjetdan moliyalashtirish 125600000 ming so‘m, valyuta
hisobvarag‘i 3500000 ming so‘m, akkreditiv 59750000 ming so‘m, tugallanmagan
qurilish 12350000 ming so‘m, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga
to‘lanadigan schotlar 7100000 ming so‘m, Budjet mablag‘lari bo‘yicha haqiqiy
xarajatlar 1500000 ming so‘mni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |