O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


 Mahsulot sonini ishbay narxiga ko‘paytirish yo‘li bilan ish haqi miqdori


Download 3.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/164
Sana05.09.2023
Hajmi3.2 Mb.
#1673159
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   164
Bog'liq
Бухгалтерия ҳисоби ва солиққа тортиш Ўрмон1

10. Mahsulot sonini ishbay narxiga ko‘paytirish yo‘li bilan ish haqi miqdori 
aniqlansa bu ishbay haq to‘lashning qaysi shakli hisoblanadi? 
A) Oddiy ishbay 
B) Ishbay mukofot 
C) Bilvosita ishbay 
D) Ishbay-progressiv 


135 
XII BOB. BUDJET MABLAG‘LARI BO‘YICHA JORIY YILGA 
MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI 
 
Mavzuning maqsadi: Budjet mablag‘lari bo‘yicha moliyalashtirilgan pul 
mablag‘larining ishlatilishi va ularning ustidan olib boriladigan nazoratning 
ahamiyati, Budjet mablag‘lari bo‘yicha moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi, 
Budjet mablag‘lari bo‘yicha moliyaviy natijalarni shakllantirishning analitik 
hisobi, ularni hujjatlashtirish tartibi bo‘yicha tasavvur va bilimga ega bo‘lish, 
ko‘nikma va malaka shakllantirish 
 
Tayanch tushunchalar va iboralar: 
 
Yakuniy moliyaviy natija - bu Budjet tashkilotining hisobot yili yakunida 
daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi bo‘yicha daromadlar bilan haqiqiy xarajatlar 
o‘rtasida yuzaga keladigan farqidir. 
Respublika Budjeti deganda davlat Budjetining umumdavlat tusidagi 
tadbirlarni moliyalashtirish (mablag‘ bilan ta’minlash)da foydalaniladigan qismi bo‘lib, 
unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili 
mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori 
nazarda tutiladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Budjeti deganda davlat Budjetining 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi pul mablag‘lari fondini tashkil etuvchi bir qismi 
bo‘lib, Budjetda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek 
moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari 
va miqdori nazarda tutiladi. 
Mahalliy Budjet deganda Davlat Budjetining tegishli viloyat, tuman, shahar 
pul mablag‘lari fondini tashkil etuvchi, bir qismi bo‘lib, unda daromadlar manbalari 
va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar 
uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi 
Moliya yili deganda esa birinchi yanvardan o‘ttiz birinchi dekabr kuni 
oxirigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oluvchi davr tushuniladi. 


136 

Download 3.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling