NAZORAT SAVOLLARI
1.
Qanday xarajatlar Budjet mablag‘lari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar deyiladi?
2.
Haqiqiy xarajatlarning analitik hisobi qanday normativ-huquqiy hujjatlarda
yuritiladi.
3.
Budjet mablag‘lari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar schotida qoldiq shakllanadimi?
4.
Budjet mablag‘lari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar schoti yil yakuni bo‘yicha
qaysi schot bilan bog‘langan holda hisobdan o‘chiriladi?
5.
O‘rmon xo‘jaligi tashkilotlarida Budjetdan moliyalashtirish schotining
ahamiyati nimalardan iborat?
6.
Yil yakunlari bo‘yicha Budjetdan moliyalashtirish schotining yopilish tartibi
qanday?
7.
O‘rmon xo‘jaligi tashkilotlarida Budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga
moliyaviy natijalar schotining ahamiyati nimalardan iborat?
8.
O‘rmon tashkilotlarining daromadlari to‘g‘risida tushuncha bering?
9.
O‘rmon tashkilotlarining xarajatlari haqida tushuncha bering?
10. Yil yakuni bo‘yicha tashkilotda salbiy moliyaviy natija va ijobiy moliyaviy
natijaning ahamiyati nimadan iborat?
139
NAZORAT TESTLARI
1. Budjet tashkilotlarida moliyaviy natijalarni shakllantirish nechta
bosqichdan iborat bo‘ladi?
A) 2 ta
B) 3 ta
C) 4 ta
D) 5 ta
2. Tashkilotning barcha daromadlari va hisoblangan barcha haqiqiy
xarajatlarining o‘zaro solishtirilishi (ayrilishi) natijasida kelib chiqadigan
moliyaviy munosabatga nima deyiladi?
A) daromadlar
B) xarajatlar
C) moliyaviy natijalar
D) sof foyda
3. Budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar hisobi qaysi
subschotlarda yuritiladi?
A) 230, 231, 232
B) 240, 241, 242
C) 250, 251, 252
D) 260, 261, 262
Do'stlaringiz bilan baham: |