O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o`zbekiston tarixi


-mavzu. IX-XII asrlarda O`zbek davlatchiligi. Siyosiy


Download 1.98 Mb.
bet29/90
Sana28.10.2021
Hajmi1.98 Mb.
#169435
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90
Bog'liq
d. Alimova

7-mavzu. IX-XII asrlarda O`zbek davlatchiligi. Siyosiy,

ijtimoiy-iqtisodiy hayot Tohiriylar va Somoniylar davrida Movaraunnahr
IX asrga kelib O`rta Osiyo, xususan Movaraunnahrda arab halifaligiga qarshi olib borilgan kurashlar natijasida mahalliy sulola vakillarining mustaqillikka bо`lgan intilishlari kuchayib ketdi. Chunonchi, halifalikning ichki hududlarida ham ziddiyatlar keskinlashib borayotgan Xalifa Xorun ar-Rashid vafotidan keyin uning o`g`illari Ma'mun va Amin o`rtasida o`zaro kurash boshlanib ketdi. Mahalliy sulola vakillari bu kurashlarga aralasha boshladilar.

Hirot viloyatining Bushang shahridan bо`lgan Tohir ibn Husayn o`z nomidagi sulolaga asos soldi. Bu davrda Xorun ar-Rashidning kichik o`g`li Ma'mun (asli ismi Abdulla bо`lgan) Xurosonning noibi edi. Amin va Ma'mun o`rtasida hokimiyat uchun bo`lgan kurashda Tohir ibn Husayn Ma'mun tomonidan turib Aminga qarshi kurashdi. Ayrim manbalarning guvohlik berishicha, 813-yilda Ma'mun xalifalik markazi Bog`dodni egallaydi hamda bir necha yil mobaynida Tohir ibn Husayn xalifa saroyida yuqori lavozimlarda xizmat qiladi. 821-yilda esa Tohir ibn Husayn Xurosonga noib etib tayinlanadi (O`sha davrda Movaraunnahr ham Xuroson tarkibiga kirar edi). Tohir ibn-Husayn Nishopur shahrini o`zining qarorgohi etib tanladi. U o`zi noiblik qilayotgan viloyatlarni xalifalikdan mustaqil boshqarishni orzu qilar edi. Natijada Tohir xalifaliklar mustaqil siyosat yurgizishga harakat qildi. Noiblikka o`tirgandan so`ng oradan ko`p o`tmay Tohir xutba nomozidan xalifaning nomini chiqarib tashlaydi. Bu esa uning xalifa Ma'munga qarshi ochiqdan ochiq isyoni belgisi edi.

Ba'zi manbalarda qayd etilishicha, 822-yilda Tohir ibn Husayn Ma'mun odamlari tomonidan o`ldirildi. Uning o`rniga Talxa ibn Tohir (822-830-y.) noib etib tayinlandi. Buning sababi shunda ediki, xalifalik aynan mahalliy hukmdorlarning kuchidan arablarga qarshi, qo`zg`olonlarni bostirishda foydalanar edi. Xuroson noibining muhim vazifalaridan biri esa o`ziga qarashli hududlarda viloyat hokimlarini saylash bо`lgan. Xususan, Tohir dastlabki somoniylar vakillarini Samarqand, Ustrishona, Farg`ona va Shoshga hokim qilib tayinlagan.

Talxadan keyin taxtga o`tirgan Abdulloh ibn Tohir o`zigacha bо`lgan noiblar siyosatini davom ettirdi. Bu davrda Xuroson noibligiga Movarounnahr, Xorazm, Seyiston, Ko`histon, Tabariston va Jurjon hududlari kirgan. Har bir viloyat bir necha ma'muriy birliklarga bo`lingan. Bu birliklar katta va kichik tumanlardan iborat bо`lgan. Abdulloh o`z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida ayrim harbiyi islohotlar o`tkazgan edi. Bundan tashqari Tohiriylar yuritgan siyosatning xususiyatlaridan yana biri, ularning islomlashtirish siyosati edi. Ayrim ma'lumotlarga ko`ra, Tohiriylar davrida O`rta Osiyoning barcha hududlarida islom dini tarqaladi.

Tohiriylar davlat boshqaruvida turli toifa va qatlamlar mavjud edi-Shunga alohida e'tibor berish kerakki, Tohiriylar qishloq xo`jaligin1 rivojlantirish maqsadida yer-suv masalalariga alohida e'tibor qaratdilar.

Shu soha bilan shug`ullanuvchi qonunshunoslar "Kitob alkuniy" nomli qonunlar to`plamini tuzdilar. Bu to`plam yerdan unumli foydalanish va sug`orish tizimi masalalariga qaratilgan edi.

IX asrning 60-70-yillaridan e'tiboran tohiriy hukmdorlarga qarshi xalq harakatlari kuchaydi. Bu harakatga G`oziylar boshchilik qildilar. ("G`oziylar" asosan ko`chmanchi qabilalar hujumini bartaraf qilish maqsadida kambag`al hunarmandlar va yersiz ziroatchilardan tashkil topgan qurolli qo`shin). G`oziylar harakatini aka-uka Yoqub va Amir binni Lays boshqardilar, Ular dastlab Seyislonda hokimiyatni qo`lga olgach, 873 yilda tohiriylarning qo`shinlariga katta zarba berib, Xuroson poytaxti Nishopurni egalladilar. Shu davrdan e'tiboran tohiriylar sulolasi barham topdi va Xurosonda hokimiyat Safforiylar (misgarlar, Yoqub va ; Amir asli hunarmand-misgar-"saffbr" edilar.) qo`liga o`tib ketdi. Rasmiy jihatdan Xuroson va Movaraunnahr ustidan hukmronlik qilib turgan tohiriylar sulolasining inqirozga uchraganligi Movaraunnahrdagi mahalliy hokimlarning o`lkani to`la mustaqilligvni ta'minlash sari harakatlari uchun qulay imkontyatlar yaratib berdi. Endi bu davrda somoniylar siyosiy maydondagi kurashda erkin harakat qila boshladilar va ular Movaraunnahrda markazlashgan bir butun davlat barpo qilishga kirishdilar. Birlashtirish g`oyasini shaharliklar ham, dehqonlar ham qo`llab quvvatladilar. Chunki birlashgan va markazlashgan yagona va qudratli davlatgina ko`chmanchi qabilalarning hujumini daf qila olishi mumkinligini ular yaxshi bilar ediiar. Markaziashgan yagona hamda qudratli daviat kuchli harbiy kuch yaratish imkoniyatini berardi.

Somoniylar davlatiga Somon qishlog`i (Balx yaqinida, ba'zi manbalarda esa, - Termiz yaqinida) oqsoqoli Somonxudotning avlodlari . asos solgan. Xalifa Ma'munga bo`lgan sadoqatlari evaziga 819-820-yillarda Sotnonxudotning nabiralari Nuh Samarqandga, Ahmad Farg`onaga, Yahyo Choch va Ustrushonaga, Ilyos Hirotga hokirn etib tayinlandilar,

839-840-yillarda Nuh ibn Asad Isfijob viloyatini bosib oldi va uni mustahkamladi. U SO`g`dning bir qismi va Farg`onaga hokim bo`lib oldi. Lekin somoniylar davlatini bunyod etishda Ahmadning hissasi ko`proq bo`ldi. Uning Nasr, Ya'qub, Yahyo, Asad, Ismoil, Is'hoq va Homid ismli o`g`illari bor edi. Nuh ibn Asad 842 yili vafot etgach, Samarqandni ukalari Ahmad va Yahyo boshqardi; keyin hokimlik Nasr (865-892) Ro`liga o`tdi. 859-yilda Yahyo ibn Asad vafot etgach, Choch va trushona Ahmadning ikkinchi o`g`li Ya'qubga nasib etdi. Keyin ashabbus Ismoil ibn Ahmad qo`liga oHdi. Buxoroda tohiriylar mavqei sust edi. 874 yilda Husayn ibn Tohir Xorazm shaharlarini talayotgan bir paytda Buxoro zodagonlari iltimosi bilan Nasr Buxoroga Ismoil ibn Ahmad (849-892)ni hokirn qilib jo`natadi.

Nasr Movaraunnahrda markazlashgan davlat tuzishga kirishdi. Xalq bu ishda unga xayrxoh edi. 875-yilda u Shovga (Turkiston yaqinida)ni qo`lga kiritdi. Xalifa Mu'tamiddan Movaraunnahrni boshqarish uchun yorliq olishga muvaffaq bo`ldi. Bu paytda Buxoroda kuchayib ketgan Ismoil akasiga tobe' bo`lishni istamadi. 888-yili ikki o`rtadagi jangda Nasr yengildi. 892-yilda Nasr vafot etgach, Ismoil Movaraunnahrning yagona hukmdori bo`lib qoldi (892-907). 893 yilda u Tarozni, so'n Ustrushonani qo`lga kiritdi.

Mustahkamlanib borayotgan Somoniylar davlatini zaiflashtirish maqsadida Arab xalifasi 898 yilda Movarounnahr hokimligidan Ismoilni tushirib uning o`rniga safforiylar sulolasidan Amr ibn Laysni hokim etibj tayinlash haqida yorliq jo`natadi. Ismoil 899 va 900 yillardagi harbiy to`qnashuvlarda Amr ibn Lays boshliq safforiylar qo`shinlarini tor-mor keltirdi. Xalifa Ismoil ibn Ahmadni hokim sifatida tan olishga majbur bo`ldi.

Shunday qilib, Xorazm, Isfijob, Chag`oniyon va Xuttalondan tashqari (ularning hokimlari somoniylarga tobe' edilar). ulkan hudud (Movarounnahr va Xuroson) somoniylar tomonidan bo`ysundirilgan edi. Ular bu yerda 100 yilcha hukmronlik qildilar. 992-yili Qoraxoniylar xoni Bug`roxon Buxoroni egalladi. Xurosonda Abu Ali Simjuriy va Balxda Foyiq amirga qarshi isyon ko`tardi. Nuh II yordam so`rab G`azna hokimi 1 Sabukteginga murojaat etadi. Sabuktegin 20.000 nafarli qo`shin bilan kelib, Simjo`riy va Foyiq kuchlarini tor-mor keltiradi. Sabuktegin bu xizmati uchun xalifadan "Nasir-ud-din va ad-davia" (dinu davlat homiysi), uning o`g`li Mansur esa "Sayf- ud-davla (davlat shamshiri)" laqabini oladi.

997 yili Nuh II ham, Sabuktegin ham vafot etadi. Nuh II ning o`g`li I Mansur ibn Nuh (997-999)ga qarshi Nishopur hokimlari Bektuzin va Foyiq isyon ko`tardilar. Amirning Mansurga e'tiqodi zo`rligini nazarda j tutib, isyonchilar amirning ko`ziga mil tortadilar. Mansur ibn Nuhl vafotidan so`ng uning ukasi Abdulmalik II ibn Nuh Buxoro taxtiga o`ltirdi. Mahmud intiqom bahonasida Bektuzin va Foyiqqa qarshi qo`shinl tortib butun Xurosonni bosib oldi. Abdulmalik ibn Nuh qo`lida faqat 1 Movaraunnahr qoldi.

Ko`p o`tmay qoraxoniylar xoni Nasr Iloqxon Buxoroni zabt etdi-Amir xonadoni asirga olindi. Somoniylar davlati tugatildi.

Somoniylar Movaraunnahr va Xurosonda mustaqil davlat tuzish uchun avvalambor, kuchli markazlashgan hokimiyat tuzish kerakligini yaxshi tushunishgan. Bu ayniqsa Ismoil Somoniy hukmroniigi davrida kunning doizarb masalasiga aylandi. Chunki Ismoil Somoniy Vlovaraunnahr va Xurosonni birlashtirishga va yagona markazlashgan davlat tuzishga muvaffaq bo`ldi. Endi bu davlatni idora qilish lozim edi. Shuning uchun Ismoil bir qancha islohotlar O`tkazdi. Mana shunday isiohotlardan biri davlatni boshqarish ma'muriyatini joriy qilish bo`ldi. Bu islohotga binoan davlatni idora qilish saroyi (dargoh) va 10 ta devon (harbiy -fuqaro mahkamalari) tashkil etildi. Ismoil Somoniy davlatning majmuini tashkil etishda Sosoniylar Eron va Arab xalifaligida qabul qilingan tajribalardan foydalandi va uni zamon talabiga qarab mukammallashtirdi.

Hokimiyatning eng yuqori pog`onasida somoniylar turib, ular amir unvoni bilan davlatni idora qilganlar. Davlat majmuini mustahkamlashda, Nasr II Somoniyning ma'rifatli vazirlari Abuabdullo Muhammad Jayhoniy va Abufazl Muhammad Balamiylarning xizraatlar katta bо`lgan. Umuman, Somoniylar hukmdorligi davrtda vazirlik mansabiga asosan shu ikki sulola vakillari tayinlangan. Davlat majmuini dargoh va devonlarga boMinishi ma'lum darajada rasmiy bо`lgan. Chunki saroyning nufuzli kishilari ko`p xollarda devonlarning ishlariga aralashib turganlar. Saroyda siyosiy hokimiyat "Sohibi xoras" qo`li ostida bо`lgan. Sohibi Xoras Amirning farmonlari bajarilishini nazorat qilgan. Saroyda Sharbatdorlar, Dasturxonchilar, Tashtadorlar, Otboqarlar, xo`jalik beklari kabi turli xizmatchilar bо`lgan. Saroydagi hamma xo`jalik ishlarini "vakil" boshqargan. Vakil saroydagi e'tiborli kishilardan biri hisoblangan. Narshaxiyning yozishicha, Nasr II Somoniy hukmronligi davrida o`n devonga Buxoro registonida o`nta maxsus bino qurilgan.

Devonlar orasida vazir yoki "xo`ja buzurg" devoni alohida o`rin tutgan. Bu devonga boshqa hamma devonlar bo`ysungan. U hamma «na'muriy, siyosiy va xo`jalik mahkamalarini nazorat qilgan.

Davlatni idora etishda "mustaufiy devon" ham muhim ahamiyatga ega bо`lgan. Bu devon davlatning butun moliya ishlarini boshqargan va nazorat qilgan. Devon xazinador tomonidan boshqarilgan.




Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling