O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o`zbekiston tarixi


Download 1.98 Mb.
bet36/90
Sana28.10.2021
Hajmi1.98 Mb.
#169435
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90
Bog'liq
d. Alimova

Mahmud Qoshg`ariy faoliyati bilan bevosita shug`ullanuvchi olimlarning fikricha bu zot 1029-1038 yillar orasida Qashg`arda tug’ilgan. U o’ziga to`q, ziyoli oiladan bo’lib, Qashg`arda yaxshi bilim oladi, Hatto u Buxoro va Nishopur shaharlarida o`z bilimlarini kengaytirib katta-katta olimlar bilan suhbatda bo’ladi. Mahmud Qoshg`ariy yashab ijod etgan yillar Qoraxoniylar davlatining gullab-yashnagan davriga to’g’ri keladi. Mahmud Qoshg`ariy juda ko`p safarlarda bo`ladi va o`zining asarlari uchun boy ma’lumotlar to`playdi. Ko`p yillik izlanishlar natijasida "Devoni lug`ati-turk" va "Javohiri-nahv" "Turk tili sintaksisi asoslari" asarlarini yozadi. Ming afsuslar bo`lsinki, oxirgi asar hanuzgacha topilmagan. Mahmud Qoshg`ariyni butun ilm olamiga tanitgan asari uning "Devoni lug`ati- turk" asaridir. Bu kitob arab tilida yozilgan. Unda olim ko'p yillar davomida turkiy qabilalar orasida olib borilgan kuzatishlar asosida turkiy tillarni qiyosiy va tarixiy usullar bilan tahlil qilgan va bu tillarning o`ziga xos xususiyatlarini ochib berishga harakat qilgan. Olimlarning fikricha, muallif ushbu tadqiqotida juda ko`p so’zlarning etimologiyasini ham juda aniq va to’g’ri izohlab bergan.

Asar ikki qism (muqaddima va lug’at)dan iborat. Olim asarga o`zi tuzgan dunyo xaritasini ham ilova qiladi. Bu hol asarning qimmatini yanada oshiradi. Xarita doira shaklida chizilgan bo`lib, unda mamlakat, shahar, qishloq, tog`, cho'1, dovon, dengiz, ko'l, daryo va hokazolar nomlari yozilgan. Haritada yozilmay qolgan nomlar esa asar matnida berilgan. Xarita asosan hozirgi Sharqiy yarim sharga to`g`ri keladi. Mahmud Qoshg`ariyning o`zi bu haqda shunday yozgan: "Rumdan Mochingacha bо`lgan... shaharlar o`rnini aniqlash maqsadida ularning hammasini yer shaklidagi doirada ko’rsatdim".

Asarda turli urug`-qabilalardan qipchoq, o’g’iz, tatar, yamak, basmil, yabonu, qay, boshqirt, qirg`iz, uyg`ur, jamil, taru, ichroq, tuxsi, yag`mo, chigil, tangut, tabg`och, shuningdek, fors, arab, xitoy, rus xalqlari haqida ham ma’lumotlar keltiriladi. Asarda bulardan tashqari bir necha turkiy tildagi hikmatli so`zlar berilgan.

Mahmud Qoshg`ariyning bu asarida o`rta Osiyo hududidagi bir qancha shaharlar nomlarining kelib chiqishi masalalari ham alohida ko`rsatilgan. Kitobda turkiy yozuv to`g`risida aniq ma’lumotlar berilib, 18 harfdan iborat turk (uyg`ur) alifbosi ham ko`rsatib o`tilgan.

Mahmud Qoshg`ariyning bu kitobi dunyo xalqlarining juda ham ko`p tillariga tarjima qilingan. Asarning bunchalik katta ahamiyatga ega bo`lishi muallifning hayotni yaxshi bilganligi, turli bilimlarni puxta o`zlashtirganligi va asarni hayot tajribasiga asoslanib yozganligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham asar o`z ilmiy qimmatini bugungi kunda ham yo`qotgani yo`q.

Qoraxoniylar davrida yashagan yana bir o`z davrining atoqli shoiri, donishmand va davlat arbobi Yusuf Xos Hojibdir (XI asr). Uning tarjimai holi, tug`ilgan yili va hayoti to`g`risida yozilgan biron-bir asar saqlanib qolmagan. U Qoraxoniylar sulolasining poytaxti Bolasog`unda tug’ilgan va shu yerda ijod etgan. Hozirgi kunda Yusuf Xos Hojibning "Qutadg`u bilik"("Baxt-saodatga boshlovchi bilim") deb nomlangan didaktik, badiiy-falsafiy asari bizgacha yetib kelgan bo`lib, boshqa asarlari ma'lum emas. Shoirning o`zi bu ishga roppa-rosa 18 oy sarflagan va unga juda ham puxta tayyorgarlik ko`rgan.

Asar nasriy muqaddimadan so`ng 77 baytdan iborat bо`lgan she'riy rauqaddima bilan boshlanib, 73 bobning mundarijasi beriladi. Boshlang`ich boblar o`sha davr an'analariga binoan boshlanib, Olloh va Payg`ambar, islom dinining foydasi va dunyoviy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ilmiy masalalar bilan tugallanadi.

Asar shunchalik ko`p qamrovli-ki, unda ko`tarilgan masalalarni oddiy sanab o`tishning o`zi ham bir necha sahifalarni tashkil etadi:

Masalan: Yetti sayyora va o`n ikki burj.

Inson farzandlarining qadri bilim va tafakkurda.

Tilning fazilat va manfaatlari.

Kitob egasining uzri.

Bilim va aql-idrokning farqi to`g`risida.

Bahad madhi.

Oy to`ldining baxt haqidagi hikoyasi.

Ana shu sanab o`tilganlardan ham ko`rinib turibdiki, asarda shoir inson masalasini ajratib oladi. Insonning ijtimoiy mohiyati. uning hayotdagi o`rni, vazifasi har tomonlama tahlil qilinadi.

"Qutadg`u bilig" asarida bilim haqidagi alohida bob bo`lib, unda biliradan hech bir ziyon bo`lmasligi, u kishilarga faqat foyda keltirishi tnumkinligi, kishilarga bilim qadr-qimmat, hurmat va ehtirom keltirishi mumkinligi aytib o`tiladi. Shuningdek, asarda markazlashgan davlatni mustahkamlashga qaratilgan nizolarga chek qo`yish kabi o`sha davr uchun juda katta ahamiyatga molik bо`lgan masalalarga ham alohida e'tibor beriladi. Shu bilan birga, davlatni idora etish yo`llari, buning uchun beklar bu yo`lda o`z atrofiga bilimdon, aqlli odamlarni to`plashi lozim ekanligini alohida ta'kidlaydi. El-yurtni boshqarish asosida ikki narsa yotadi deb ko`rsatgan shoir. Biri adolat ko`rsatish bo`lsa, ikkinchisi, ulardan marhamatni ayamaslikdir. Yuqorida qayd qilinganidek, shoirning bu asari dunyo jamoatchiligi tomonidan yaxshi qabul qtlingan eng yaxshi asarlar qatoridan o`rin olgan.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling