O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
#21335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49

Doro I (522–486) davrida O‘rta Osiyo hu -

dud  lari bosib olinadi. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, Doro I 

519–518-yil lardagi harbiy yurishlari davomida sak qabilalarini 

yengib, o‘ziga itoat qildirgan. Lekin bunga osonlikcha erishilgan 

emas. Yurt ning oddiy cho‘poni 

Shiroq  singari jasur yigitlarning 


54

bosqinchilar bilan mardona kurashganligi buning yorqin isboti-

dir.

Eron axamoniylariga qarshi O‘rta Osiyoning Parfiya, Mar g‘i -



yona hududlarida, saklar o‘lkasida ko‘plab xalq qo‘zg‘olonlari yuz 

be  rib turgan. Jumladan, Erondagi Behistun qoyasi yozuv lari da ayti-

lishicha, mil. avv. 522-yilda Marg‘iyonada ko‘tarilgan kuchli xalq 

qo‘zg‘oloniga 



Frada ismli shaxs yetakchilik qilgan. Doro I qo‘ shini 

qo‘zg‘olonchilardan qonli o‘ch oladi. 55 ming qo‘zg‘olonchi qatl eti-

ladi, 7 mingga yaqin kishi asir olinadi. Frada ham qo‘lga oli nib, qiy-

nab o‘ldiriladi. 



Eron axamaniylari hukmronligi davrida O



rta Osiyo hududlari 



uch satrapiya (harbiy okrug)larga bo



linib idora etilgan. Bular: 



Baqtriya 12-satrapiya 

Kaspiy bo



ylari va sak 



qabilalari 15-satrapiya 

Har bir satraplik 

majburiyati 

Xorazm, Sug‘diyona, 

Parfiya 16-satrapiya 

Yillik soliq to



lovi 



12-satrapiya – 360 talant

1

 

15-satrapiya – 250 talant 

16-satrapiya – 300 talant 

Saroylar va ibodatxonalar 

qurilishida mehnat 

majburiyatini o



tash 



1 talant miqdori 30 kg kumushga teng bo



lgan



2



Axamaniylar bosib olgan hududlarini 20 satrapiyaga bo‘lib, ulardan 

yiliga 14560 talant (400 tonna) kumush solig‘i undirilgan.

 

Mil. avv. VI–IV asrlarda ham O‘rta Osiyoning Baqtriya, Sug‘di-

yo  na, Mar g‘iyo na va Xorazm vohasi hududlarida sun’iy sug‘orishga 

asoslangan dehqonchilik madaniyati to‘xtovsiz rivojlanishda davom 

etgan. O‘lkaning o‘sha davrdagi asosiy qon tomirlari hisoblangan 

Samarqand (Afrosiyob), Marv, Baqtra, Yerqo‘rg‘on, Qiziltepa, Ko‘-

za liqirsingari shaharlari hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlari 

1

 Истoрия Узбекскoй ССР. Тoм 1. – Т.: «Fan». 1967. 79-bet.



2

 Всемирнaя истoрия, Тoм 2. – М.: «ГИПЛ». 1956. 27-bet.



55

sifa ti da qadimgi ajdodlarimiz hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. 

Bu davrda zarb etilib, muomalaga chiqarilgan dastlabki tanga pullar 

ham shaharlar hayotining o‘sganligidan guvohlik beradi.

O‘rta Osiyo xalqlarining yurt ozodligi va mustaqilligi yo‘lida 

olib borgan kurashlari pirovard oqibatda o‘z samarasini bermay qol-

madi. 

Mil. avv. IV asrga kelib Eron axamoniylari hokimiyati kuch siz-



la nib, zaiflashib qolgan. Bunday sharoitda birinchi bo‘lib Xo razm 

o‘z mus 


taqilligini tiklashga muvaffaq bo‘lgan. Usta diplomat, 

mohir siyo sat   chi 



Farasman mil. avv. IV asrda Xorazm mustaqilli-

gini qo‘lga kiri  tib, uni mustahkamlashga erishdi. O‘lkaning bosh-

qa hududlarida ham mahalliy xalqlarning Eron axamoniylaridan 

yurt ni ozod qilish bo rasi dagi qat’iy harakatlari avj olib bordi. Biroq 

afsuski, o‘lka miz xalqlarini bu davrda tarixning yana og‘ir sinovla-

ri kutmoqda edi.

Antik dunyo tarixida makedoniyalik Alek san  dr (Makedoniya 

pod shosi Filipp II ning o‘g‘li) olamga dov rug‘ ta rat gan jahon-

gir hukm  dor lardan bo‘lib, Yunoniston, Kichik Osiyo hududlari-

ni qudrat li harbiy kuch bilan egallab, o‘sha joylarda o‘z hukmron-

ligini o‘rnatgan. Aleksandr mil. avv. 331-yil ok ta brida Gavgame-

la yonida (shimoli-sharqiy Mesopotamiya) bo‘l gan jangda Eron 

qo‘shinlarini yengadi. Eron podshohi Doro III Aleksandrdan uzil-

kesil yengilib, mamlakat sharqiga, Baqtriyaga qo cha di. U yerda 

esa, Baqtriya sat rapi Bess tomonidan o‘ldirilgan. Tez ora da Alek-

sandr qo‘shini ortiq cha qarshiliksiz Baqtriya poytaxti – Baqtra 

(hozirgi Balx) shahrini hamda Aom, Drapsak singari mustahkam 

qal’alarni egallagan. Ko‘p o‘t may, Bess qo‘lga olinib, qatl etil-

gan. Xorazm shohi Farasman Baqtiryadagi Aleksandr qaror gohi-

ga o‘z elchisini jo‘natgan va ittifoq  chi lik bitimi imzolanadi. Mil. 

avv. 329-yilda Oks (Amu) dar yo   si sohili ga yetib kelgan yunon qo‘-

shin lari daryodan o‘tib Navtaka (hozirgi Qashqadaryoning Kesh – 

Shahrisabz vohasi)ga kirib boradi, harakat yo‘nalishi Sug‘ diyona 

poytaxti – Marokand (Samar qand)ga qaratilgan. Rim olimi Kur-

siy Rufning ma’lumot berishicha, Alek sandr armiyasi Marokand-

ni qiyinchiliklarsiz va kam talafot bilan ishg‘ol etgan va «shahar-

da o‘z lari ning garni zon larini qoldirib, yaqin atrof dagi qishloqlarni 

yon dirib va vayron etib», so‘ngra shimoli-sharqqa qarab harakat-

langanlar. U Sirdaryo (Yaksar)ning chap sohili 

ga Aleksandriya 

Esxata (Xo‘jand) qal’a sini qurdirgan.


56

Biroq Marokanddan so‘ng yunon-makedon qo‘shinlarining 

yurish   lari nihoyatda qiyin va murakkab kechdi. Chunki ular endi-

likda mahalliy xalqning kuchli qarshiligiga duch keldi. Mil. avv. 329-

yil kuzi  da Sug‘diyonada boshlanib, O‘rta Osiyo mintaqasining bosh-

qa hududlarida davom etgan xalq qo‘zg‘oloniga sug‘d xalqining mard 

o‘g‘loni Spita men boshchilik qildi. Sug‘diyona va Baqtriyada ma hal-

liy xalqlarning chuqur ishonchini qozongan, katta harbiy salohiyat 

sohibi Spitamen xalqdan lashkar tuzib, dastlab Aleksandr ning Ma ro-

kand da qoldirib ketgan harbiy garnizoniga hujum qilib, uni yan chib 

tashlagan. Bu xabar yerli aholiga katta ruhiy quvvat bag‘ishlab, ajna-

biylarga qarshi faol kurashga turtki bergan. Aleksandr o‘z qo‘ shi ni-

ning bir qismini sarkarda Menedem boshchiligida qo‘zg‘olon  chilarga 

qarshi Marokandga yo‘llaydi. Bu davrda Aleksandrning o‘zi Yaksart 

(Sirdaryo)ning chap sohilidagi shaharlar va aholi turar joylarini bo‘y-

sun dirish uchun og‘ir janglar olib borayotgan edi. Ajo yib jang tak-

tikasini qo‘llagan Spitamen Aleksandr lashkari Marokandga yaqin-

la shib kelayotganini eshitgach, darhol shaharni tark etib, Politimet 

(Zarafshon) daryosining quyi oqimi tomon jang qilib che kingan . 

So‘ng ra bu yerdagi dashtli ko‘ch man chi lar ning otliq askarlari bilan 

qo‘shilib, kutilmaganda qarshi hujumga o‘tgan. Bundan saro sima-

ga tushgan yunon qo‘shini katta talafotga uch rab, qolgan-qutgan 

jang chi lari bilan shaharga chekingan. Spita men Marokandni qamal 

qi lgan . Bundan xabar topgan Aleksandr Sir daryo bo‘yidagi hujum 

hara kat lari ni vaqtincha to‘xtatib, o‘zi qo‘shin ga bosh bo‘lib Spita-

menga qarshi yurish boshlaydi. U Marokandga yetib kelganida Spi-

tamen kuchlari allaqachon bu joyni tark etib, Sug‘ diyonaning cho‘l  

qismiga chekin gan edi. Aleksandr Spita mendan o‘ch ololma gach, 

butun kuchini Za raf  shon aholisiga qaratadi. U Spita men kuchla-

rini ta’qib qilib, Marokanddan cho‘lli hu  dudlar to mon borar ekan, 

yo‘l-yo‘lakay 120 ming dan ziyod tinch aholini qirib tash lagani tari-

xiy manbalarda uchraydi. Biroq mahalliy xalqlarni uzil-kesil bo‘y-

sun dira olmaydi.

Aleksandr Doroning yuz minglab muntazam lashkarlariga qarshi 

jang olib borishdan ko‘ra, Spitamen boshchiligidagi qo‘zg‘o 

lon -


chilarga qarshi kurashish qiyin ekanligini tushunib yetadi. Nega-

ki, yerli aholi o‘zining har bir qarich tuprog‘i, daryo-ko‘li, qir-adi-

ri uchun dushman bilan beayov kurashgan. Aleksandr lashkarining 

yen gil mas ligi to‘g‘risidagi afsonalar ham bizning yurtimizda barham 

topdi. Oxiri shunday bo‘lib chiqdiki, O‘rta Osiyo yerlarini kuch, 


57

qu rol bilan yenga olmasligiga ko‘zi yetgan Aleksandr aql-u zako-

vat, hiy la yo‘li bilan mahalliy aholining yuqori tabaqasi, zodagon-

lari bilan umu miy til topishishga, yerli xalqning milliy udumlari, 

urf-odatlari, ma ro simlarini qabul qilishga majbur bo‘lgan. Shu tari-

qa, Sug‘diyona ulug‘lari dan Oksiart, Xorien degan mahalliy aslzoda-

larning ishonchini qozongan. Aleksandrning Oksiartning go‘zal qizi 

Raxshanak (Roksana)ga uylanishi esa qarindoshlik aloqalarining 

kuchayishiga xizmat qiladi. U xalq qahramoni Spitamenni qo‘lga 

tu shirib, uni jismonan yo‘q qilish da ham mahalliy zodagonlar xiz-

matidan foydalangan.

Spitamenning mil. avv. 328-yil oxirida xoinona o‘ldirilishi, boshi 

yunon-makedon podshohiga tortiq qilinganligi fakti ham qo‘z  g‘o -

lonchi kuch  lar o‘rtasida birlik bo‘lmaganligining alomatidir. Shun-

ga qaramay, ajna biy bosqinchilarga qarshi xalq g‘alayonlari 327-yil 

bosh  lariga qa dar davom etdi. Garchand, Spitamen boshchi li gi  dagi 

keng ommaviy xalq harakati oxir-oqibatda mag‘lubiyatga uchragan 

bo‘lsa-da, ulug‘ ajdodlarimizning mardlik jasoratini, el-u yurt hurli-

gi, ozodligi yo‘li dagi fidoyiligini namoyon etdi.

Shunday qilib, muttasil uch yil davom etgan shiddatli jang-u 

jadal  lardan so‘ng Aleksandr Baqtriya, Sug‘diyona va Ustrushona-

ning faqat bir qisminigina itoat ettirib, bu hududlarga o‘z ishon-

chli odamlarini, o‘ziga sodiq sug‘dlik zodagon Oropiyni Sug‘diyona 

hokimi etib tayinlab, o‘zi mil. avv. 327-yilda Hindiston tomon qo‘-

shin tortadi.

Yunon-makedon qo‘shinlari O‘rta Osiyo yerlarida shu qadar hol -

dan toyib, o‘zining jangovarlik qobiliyatini yo‘qotdiki, buning oqiba-

tida ular Shimoliy Hind yerlariga arang kirib bordilar. Bu ho lat ni tan 

ol  gan Aleksandr tez orada Hindistondagi bosqinchilik harakatlarini 

to‘xtatib ort ga, Bobil shahriga qaytib ketishga buyruq bergan. Antik 

dunyo olim  larining yakdil ta’kidlashicha, yunonlar podshosining bu 

buyru g‘i ruhan cho‘kkan butun qo‘shinda katta qoniqish bilan qarshi 

olin gan ekan.

Shunday qilib, butun yer yuzini egallab, dunyo hukmdori bo‘-

lish  ga da’vo qilgan Aleksandrning sharqiy yurishlari oxir-oqibatda 

ko‘z  lan  gan yuksak natijalarsiz tugadi. Uning o‘zi mil. avv. 323-yilda 

Bo  bil da hayotdan ko‘z yumgan. Ayniqsa, uning ko‘p sonli lashkar-

larining Vatanimiz sarhadlarida mislsiz xalq qarshiligiga duch kelib, 

son-sanoqsiz qurbonlar berishi, pirovardida, uning jahongirlik da’vo-

sini puchga chiqardi.


58

O‘z galar yurtini zo‘rlik bilan egallash evaziga qudratli salta-

nat qurish, boshqalarga o‘z irodasini majburan o‘tqazish, pirovard 

natija da, qanday xunuk oqibatlarga olib kelishini Aleksandr tim soli 

yaqqol isbot etadi. Tarixning bu achchiq sabog‘ini hech mahal unut-

maslik kerak.



5. Baqtriyada davlat mustaqilligining tiklanishi

Aleksandr vafotidan keyin Turonzamin hududlari alohida satrap-

liklar (bek lik lar) sifatida salavkiylar sulolasi tomonidan idora etil-

di. Iskan darning iste’dodli sarkardalaridan bo‘lgan Salavk va uning 

vorislari ikki daryo oralig‘i (Tigr va Yefrat)dan tortib to O‘rta Osiyo, 

Xitoy ning g‘arbiy chegaralari, shimoliy Hindistonga qadar bo‘lgan 

katta hududlarda o‘z hukmronligini amalga oshirgan. Yunonlar-

ning bu hu dud larni boshqarishi, ularning xalqlarini itoatda tutishi 

g‘oyat da murakkab sharoitlarda kechgan. Negaki, tabiatan erkse-

var Vatani miz xalqlari yunonlar zulmi va asoratiga qarshi to‘xtov-

siz kurash olib bo rganlar. Buning oqibatida salavkiylar dav la ti tobora 

zaif lashib, ichdan yemirila borgan. Mil. avv. III asr o‘rta lariga kelib, 

Turon za min xalqla ri salavkiylar hukmronligi ta’siridan xalos bo‘lish-

ga va o‘z mustaqil davlat tuzilmalarini vujud ga keltirishga muvaffaq 

bo‘lgan. Shu b ilan birga, yunonlar ning sharqiy hududlarda xiyla uzoq 

davom etg an hukmronligi davomida yunon madaniyati bu hududlar-

ga yo yilib, ayni paytda, sharq xalqlari madaniyati bilan o‘zaro sin-

gishib, bir-birini boyitib bordiki, bu hol ellinizm nomi bilan mashhur 

bo‘ldi. Ellinizm madaniyati turli xalqlar madaniyatini o‘zida mujas-

sam etgan ilg‘or tarixiy hodisa sifatida o‘z davrida muhim ahamiyat-

ga ega bo‘lgan.

Vatanimiz xalqlarining salavkiylarga qarshi ozodlik kurashi mu -

vaf  faqiyatli yakun topgach, Baqtriya salavkiylar saltanatidan aj ra-

lib chiqadi va mil. avv. 250-yilda uning davlat mustaqilligi qayta 

tiklandi.

  Uning tarkibiga Baqtriya (hozirgi Qashqadaryo, Surxon-

daryo, Tojikiston janubi), Sug‘diyona (Zarafshon vohasi), hozirgi 

Afg‘onistonning shimoliy, Turkmanistonning sharqiy yerlari – Mar-

g‘i yo na ham kirgan. Bu davlatning Yunon-Baqtriya deb atalishining 

boisi shundaki, uning markazi Baqtriya hududlari edi, hukmdorlari 

esa asosan yunon aslzodalari bo‘lgan. Mustaqil Yunon-Baqtriya dav-



lati unga asos solgan, o‘zini shoh deb e’lon qilgan Diodot I, uning 

o‘g‘li Diodot II davrlarida bir muncha yuksaladi. Bu jara yon Yevti-



59

dem I va u boshlab bergan yevtidemiylar sulolasi bosh qa ruvi dav ri-

da yanada kuchayadi. Baqtriya davlati sarhadi keyin chalik Sharqiy 

Turkiston, Sharqiy Eron, Shimoli-G‘arbiy Hin diston, Sind o‘lka-

si hududlarigacha kengaygan. Uning xo‘jalik, ijti moiy-iqtisodiy va 

madaniy hayoti ham ancha yuksak darajaga ko‘taril ganligidan guvo-

hlik beradi. Shimoliy Afg‘onistonning Oyxonum, Tojikistonning 

Ko‘hnaqal’a, Kaykubodshoh, Surxondaryo vilo yati ning Dalvar zin-

tepa, Zartepa va boshqa joylarida olib borilgan ar xeo logik tadqiqotlar 

qadim da bu shahar-qal’alarda to‘laqonli hayot tarzi hukm surgan li-

gi dan, ularda savdo-sotiq, hunarmandchilik va boshqa kasb turlari 

ravnaq topganligidan dalolat beradi. Chunon chi, yunon olimi Yustin 

Yunon-Baqtriyani  «ming shaharli davlat» deb bejiz ta’riflamagan. 

Bu davlatning poytaxti Baqtra nomi bilan atalgan. Bu shahar xalqaro 

karvon savdosi – Buyuk Ipak yo‘lining muhim chorrahasida joylash-

gan ligidan unda savdo-hunarmandchilik sohalari bir muncha rivoj 

topgan. Mamlakatning Eron, Xitoy, Hin diston singari o‘sha davr-

ning rivojlangan davlatlari bilan olib borgan savdo-tijorat munos-

batlari asosan mana shu shahar orqali o‘tgan. Shuningdek, eski Ter-

miz, Marv, Kaykubodshoh, Ko‘hnaqal’a, Marokand (Samarqand) 

singari shaharlarning ham savdo-sotiqning yirik markazlari sifatidagi 

mavqeyi yuksak bo‘lgan.

Yunon-Baqtriya davlati o‘zining pul birligiga ega bo‘lgan. Ol tin, 

kumush va misdan tanga pullar zarb etilib muomalaga chiqaril gan. 

Bun dan tashqari mamlakatda turli xil don ekinlari, serunum yerla-

ri da uzumzor bog‘lar ko‘p bo‘lgan, sharbatli mevalar yetishtiril-

gan. Bu hol unda dehqonchilik madaniyati o‘sganligidan, sun’iy 

sug‘o rish inshootlari tizimi keng tarmoq otganligidan yaqqol dalo-

latdir. Garchand Yunon-Baqtriya davlatida quldorlik munosa bat-

lari mav jud bo‘lsa-da, biroq unda erkin dehqon jamoalari meh-

nati salmoqli rol o‘ynagan. Bu esa ishlab chiqarish jarayonlarining 

nisba tan tez o‘sishiga, shaharlar hayotining rivojlanishiga muhim 

turtki bergan.

Miloddan avvalgi II asr o‘rtalariga kelib bir qator ichki va tash-

qi vaziyat taqozosi bilan yuz bergan keskin o‘zgarishlar oqibati-

da Yunon-Baqtriya davlati tushkunlikka yuz tutdi. Buning muhim 

sa bab laridan biri qo‘shni Parfiya davlatining kuchayib ketishi va o‘z 

hududlarini Yunon-Baqtriya hisobiga kengaytirishga intilishi bo‘ldi. 

Bu hol Yunon-Baqtriya davlatini mushkul ahvolga solib qo‘ydi. Tez 

orada Hind yerlari hamda Sug‘diyona uning tarkibidan ajralib ketdi. 



60

Mamlakatning shimoliy va sharqiy hududlariga esa sharqdan kelgan 

ko‘p sonli katta yuyechji qabilalarining hujumi kuchayib, ular asta-

sekin Farg‘ona, Surxondaryo hududlari sari siljiy boradi. Buning 

natijasida 120 yilcha mustaqil davlat sifatida mavjud bo‘lgan Yunon-

Baq triya davlati halokatga uchradi.

O‘rta Osiyoda salavkiylar hukmronligining inqirozi natijasi-

da mil. avv. III asr o‘rtalarida vujudga kelgan mustaqil davlatlardan 

yana bi ri  Parfiyadir. Bu davlatga Girkaniya (Kaspiy) dengizining 

janubi-sharqida yashagan saklarning ko‘chmanchi parnlar (daxlar) 

qabila sining yo‘lboshchisi Arshak



 asos solgan. Arshakiylar sulolasi-

ning uzoq hukmronligi uning nomi bilan bog‘liq. Bu davlatning ilk 

poy taxti hozirgi Ashxabod shahri yaqinidagi qadimgi Nisodir. Bu 

sha har xarobalaridan topilgan juda ko‘plab noyob topilmalar, osori-

ati qa lar qadimgi Parfiyaning o‘z davrida ancha taraqqiy etgan, mod-

diy va ma’naviy-madaniyati yuksalgan davlatlardan biri bo‘lgan li-

gidan da lo lat beradi. Mohir sarkarda, usta diplomat Arshak Parfiya-

ni dov rug‘li davlatga aylantirish bilan birga uning hududlarini ken-

gaytirishga ham salmoqli hissa qo‘shgan.

Arshak avlodlaridan 



Mitridat I davrida (mil. avv. 170–138-

yil) bu dav  lat salavkiylar va Baqtriyaning katta hududlarini o‘ziga 

qo‘shib ola di. 155-yilda Midiya podsholigi bosib olinadi. Mil. avv. 

147-yilda esa mashhur Bobil shahri ham egallanadi. 



Mitradat  II 

da vri ga kelib (mil. avv. 123–88-yy.) Parfiya davlati qudrati beni-

hoya ku cha yib, u Rim im pe riya sining Sharqdagi asosiy raqobat-

chisiga aylanadi. Davlat hududlari g‘arbga tomon kengayib bor-

ganligidan uning poy taxti ham Ktesifon shahriga ko‘chirilgan. Mil. 

avv. 40-yillarda Ki chik Osiyo, Su riya va Falastin yerlari ham Par-

fiya qo‘l ostiga o‘tgan. Biroq tez ora da Rim imperiyasi bu hudud-

larda o‘z ta’sirini qayta tik lash ga muvaffaq bo‘lgan. Buning saba-

bi Parfiya davlati ichida vujud ga kelib ku chaya borgan mahal-

liy  


bosh doqlik, su 

lo laviy nizolar, so‘ng 

ra ko‘chmanchi alanlar-

ning hujumlari edi. Oqi bat  da bular uning ichki zaiflashuviga, siyo-

siy beqarorligining kuchayishiga olib kel di. Boz ustiga, to‘xtovsiz 

davom etgan tashqi va ichki urush lar mamlakatni holdan toydi-

rib, uni halokatga duchor etdi. Milodning 207–222-yillarida Par-

fiya hukmdori bo‘lgan 



Vologes V davrida salta nat ikkiga, ya’ni 

Mesopotamiya va Midiya davlatlariga ajraladi. Xud di shu davrda, 

fors hududlarida yangidan vujudga kelib, qudrati oshib borayotgan 

Eron sosoniylari davlati asoschisi 



Ardasher IV 224-yil da Parfiyaga 

61

hal qiluvchi zarbalar berib, uning yerlarini so so niy lar davlati tar-

kibiga kiritadi.

6. Miloddan avvalgi III–II asrlarda Qang‘ va

Davan davlatlari

Qang‘ davlati. O‘rta Osiyo yunon-makedon istilosi va salav kiy-

lar sulolasi hukm   ronligidan keyin mil. avv. III asr boshida hozirgi 

Tosh kent voha sida va Sirdaryoning o‘rta va shimoliy oqimi hudud-

larida Qang‘ davlati vu judga kelgan. Bu davlatning etnik tarkibini 

turli qabila, elatlar tashkil etgan. Unda yetakchi qang‘lardan tas-

hqari katarlar, kamar lar, toharlar, apasshaklar, asiylar va bosh-

qa qabila, urug‘lar ham yonma-yon istiqomat qilganlar. Mil. avv. 

II–I asr lar Qang‘ dav la ti  ning eng kuchaygan davri edi. Shu davr-

larda Qang‘ bir qator vilo yat larni o‘zi ga bo‘ysundirgan edi. Xitoy 

solnoma larida bu viloyat lar ning 5 ta nomi tilga olinadi. Bular – 

Susye (Kesh – Shah 

 ri sabz), Fumu (Zarafshon vodiysi), Yuni 

(Tosh kent viloyati), Gi (Buxoro vohasi), Yuegyan (Ur ganch shah-

ri va viloyati).

Mil. avv. II–I asrlarda Orol dengizining shimoli-sharqidagi 

Yan  t say (hozirgi Qizil O‘rda) va Yan yerlari ham qang‘arlar tobe-

li gi da bo‘lgan. Shunday qilib, o‘z davrida Qang‘ davlati Mar ka ziy 

Osiyo da yirik davlatga aylangan edi. Bu davlatning yirik shaharla-

ri sirasiga Aris daryosi sohilidagi O‘tror va hozirgi Toshkent vilo-

ya ti ning Oq qo‘r g‘on tumani hududida joylashgan Qanqa (Qang‘iz) 

sha har  lari kiradi. Bu shaharlar o‘sha davr shahar soz li gi ning yuk-

sak namu na larini o‘zida mujassamlashtirgan. Qang‘ dav lati ni bosh-

qa rish da pod shohning roli va o‘rni katta bo‘lgan. Shu bilan birga, 

davlat va jami yat hayotiga oid ko‘plab muhim masalalarni hal etish-

da urug‘ va qa  bila oqsoqollaridan iborat Oliy Maslahat ken gashining 

mavqeyi ham alohida o‘rin tutgan. Binobarin, podshoh o‘z ichki va 

tashqi siyosa tini yuritishda kengash bilan maslahatlashgan. Viloyat 

bosh liq lari turkiy maqomda jobg‘u yoki yobg‘ular, deb atal ganlar. 

Ular o‘z hu 

 dud  larini boshqarishda birmuncha mustaqillikka ega 

bo‘ lib, mar kaziy hokimiyatga boj to‘lab turganlar. Qang‘ hukm dor-

lari mintaqa da gi siyosiy vaziyatga ham faol aralashib, undagi muvo-

zanatni saq lash bobida izchil siyosat olib borganlar. 

Qang‘ davlati o‘z qo‘shnilari – Davan, Qashg‘ar, Yorkent sin-

gari mus taqil hududlarga nisbatan Xitoyning da’vosi va istilochi-


62

lik yurish  lariga keskin qarshi chiqqan va lozim bo‘lganda, o‘z har-

biy kuch lari bilan ularga yordamga kelgan. Mamlakat aholisining 

asosiy tar  kibi ni turkiy etnoslar tashkil etgan. Ularning ancha qismi 

o‘troq hayot kechirganlar. Aholining ma’lum qismi ko‘chmanchilik 

bilan shug‘ul langan. Daryo va soylarga tutash vohalarda dehqonchi-

lik ma da ni yati rivojlangan. Shaharlarda savdo-sotiq, hunarmandchi-

lik rivoj topgan. Mahalliy hunarmandlar tayyorlagan urush qurolla-

ri (qilich, xanjar, oybolta, o‘tkir uchli nayzalar), xo‘jalik asbob-us-

kunalariga talab-ehtiyoj katta bo‘lgan. Qoramozor, Qurama va Cho-

tqol tog‘ lari  dan temirchilik, miskarlik hunarini rivojlantirish uchun 

ke rakli miq dordagi mis, temir singari ma’danlar qazib olingan. Tosh-

kent atrofi dagi Oqtepa 1, Oqtepa 2, Choshtepa, Qovunchitepa, shu-

ning dek, O‘t  ror, Sirdaryo havzasida topilgan ko‘plab noyob dalil-

lar Qang‘ dav  lati  da yuksak moddiy va madaniy hayot tarzi mavjud 

bo‘lgan  ligidan dalolat beradi. Buni «Qovunchi madaniyati» nomi 

bilan tarixga kirgan qadimgi madaniyat namunalari ham isbotlay-

di. Qang‘aliklar chorvachiligi va yilqichiligi rivojlangan. Xitoyliklarni 

maftun etgan zotdor tulpor otlar xuddi mana shu hududda va qo‘sh-

ni Davan yaylovlarida boqilgan. Xitoy solnomachilari Qang‘da chor-

va mollarining mo‘l-ko‘lligini, sut-qatiqlarning g‘oyatda mazali va 

to‘ yim liligini ta’rif etganlar. Qang‘ davlatining xalqaro karvon savdo-

si da gi mavqeyi ham baland bo‘lgan. Bunda Buyuk Ipak yo‘li alohi-

da o‘rin tutgan.

III asr o‘rtalarida Qang‘ davlati zaiflasha boshlaydi. Qang‘ da v    -

lati  dan birinchi bo‘lib Xorazm ajralib chiqdi. Xorazm davlati ning 

poy taxti dastlab hozirgi Tuproqqal’a shahar xarobalarining o‘rni-

da bo‘lgan. Xorazmshoh Afrig‘ Kat shahrini qayta tiklab, mustah-

kam qasr va binolar qurdirib, 305-yilda poytaxtni Katga ko‘chira-

di. Ku mush tangalar zarb ettirib, davlatni har jihatdan mustahkam 

bosh qa ra  di. V asr Qang‘ davlati parchalanadi, uning o‘rnida kichik 

dav latlar tashkil topadi.


Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling