O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti falsafa kafedrasi


 Axloqshunoslik fanining boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/36
Sana09.10.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1695654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
etika n.r.ochilova

1.2. Axloqshunoslik fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. 
Falsafiy bilimlar doirasi juda keng bo’lib, ularning tarkibiga axloqiylik va go’zallik haqidagi 
bilimlar tizimini o’z ichiga oladigan etika va estitika ham falsafiy bilimlar qatoriga kiradi. 
Etika (Axloqshunoslik) va Estetika bu ikkala fan shu qadar bir-biriga yaqinki, hatto ba’zi 
davrlarda ular yetarli darajada o’zaro chegaralanmagan. Chunki, insonning hatti-harakati va niyati 
ko’pincha ham axloqiylikka, ham nafosatga tegishli bo’ladi, ya’ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik, 
ham nafosat xususiyatlarini o’zida birvarakay mujassam qiladi. Shu sababli “Avesto”, “Bibliyo” va 
“Qur’on” kabi muqaddas kitoblarda, Suqrot, Aflotun, Forobiy singari qadimgi faylasuflar ta’limotlarida 
axloqiylikni – ichki go’zallik, nafosatni- tashqi go’zallik tarzida talqin etganlar. Bundan tashqari, ko’rib 
o’tganimizdek, san’at estetikaning asosiy tadqiqot obyektlaridan hisoblanadi. Har bir san’at asarida esa 
axloqning dolzarb muammolari ko’tariladi va ijodkor eng yuksak axliqiy darajani badiiy qiyofalar orqali 
in’ikos ettiradi. Bu in’ikos bevosita ijobiy qahramonlar qiyofasida amalga oshsa, bilvosita salbiy voqea- 
hodisalarga muallif nuqtayi nazari orqali ro’y berishi mumkin. Ya’ni, biror-bir badiiy asarda ijobiy 
qahramonlar umuman bo’lmaydi,lekin undagi voqea- hodisalarga ijodkor o’z zamonasi erishgan axloqiy 
yuksaklikdan turib baho beradi. Shu bois axloqsiz badiiy asarning bo’lishi mutlaqo mumkin emas. 
Darhaqiqat, axloqiylik faqat insonning hatti- harakati, qilmishi orqali yuzaga keladi; odam toki 
harakatsiz ekan, biz uning na yaxshiligini, na yomonligini bilamiz. Muayyan hatti- harakat sodir 
qilinganidan keyingina biz uni yo ezgulik, yo yovuzlik, yo yaxshilik, yo yomonlik sifatida baholaymiz. 
Go’zallik esa, o’zini harakatsiz ham namoyon etaveradi. Olaylik, Ko’kaldosh madrasasi. U hech qachon 
harakat qilmaydi, lekin go’zallik sifatida mavjud, harakatsizligidan uning go’zalligiga putur yetmaydi. 
3
I.Kant. Leksii po etiki (1780-1782). // Eticheskaya misl.Nauchno- publisicticheckiye’ cheteniya. M., «Ipl», 1990, 297-322b. 



Bundan tashqari, axloqning qonun- qoidalariga, nasihatlar, hikmatlar umumiylikka, barchaga bir xilda 
taalluqlilik xususiyatiga ega. Estetika esa muayyanlikni aniqlikni yoqtiradi. Masalan, 
axloqshunoslikdagi «yaxshi odam» tushunchasi hammaga- ayolga ham, erkakka ham, yoshu qariga ham 
tegishli bo’lishi mumkin. Estetikada esa «go’zal odam» tushunchasi yo’q; yo «go’zal yigit», yo «go’zal 
qiz» degan tushunchalargina mavjud. Chunki, erkak kishidagi chiroyli mo’ylov faqat erkakning yuzida, 
ayol kishidagi husnlardan biri-ko’krak faqat ayol kishi vujudida go’zallikka ega. Endi mo’ylov burab 
so’zlayotgan ayolniyu, siynaband taqib yurgan erkakni tasavvur qiling! Boyagi go’zalliklar xunuklikka 
aylanadi-qoladi. Shuningdek, go’zallik bir vujudda ham faqat o’z o’rnini talab qiladigan «o’ta injiqlik» 
xususiyatiga ega. Shu joyda olmon nafosatshunosi Fexner qo’llagan misolni keltirish o’rinlidir. 
Mutafakkirlarning fikricha, qiz bola yuzidagi qizillik uning go’zalligidan galolat beradi. Biroq, qizillik 
uning burni ustiga ko’scha –xunuklikka aylanadi. Demak, axloq uchun- umumiylik, nafosat uchun esa –
muayyanlik mavjudlik sharti hisoblanadi.
Etika (Axloqshunoslik) va Huquqshunoslik. Qadimgi Rim huquqshunoslaridan biri Ulpianning
ta’kidlashicha «huquqni o’rganuvchi, avvalo huquq (ins) so’zining kelib chiqishini yaxshi bilmog’i 
kerak». «Huquq»odil sudlov (institia) so’zidan olingan bo’lib adolat va yaxshilik haqidagi fandir.  
Axloq jamiyat paydo bo’lishi bilan birgalikda mavjud bo’ladi. Huquq esa jamiyatning tadrijiy 
rivojlanishining ma’lum bosqichida paydo bo’ladi. Huquq tushunchasi amerikalik huquqshunos olim 
Loures Fredmanning tarifiga ko’ra «lahza kabi o’tkinchi, suv pufagi kabi nobarqaror, chinni idishlar kabi 
nozik, benihoya ko’p qiralarga ega bo’lgan» tushunchadir
1
.. Shuning uchun ham huquq va axloq 
munosabatlari, huquqning ijtimoiy normalar tizimida tutgan o’rni haqida gap ketar ekan huquqning 
falsafiy mohiyatini yanada mukammalroq bilish kerak bo’ladi.
Axloqshunoslik pedagogika fani bilan chambarchas aloqada. Pedagogikadagi shaxsni 
shakllantirish, tarbiyalash, ta‘lim berish jarayonlarini, pand-nasihatlarsiz, odobnoma darsliklarisiz 
tasavvur qilib bo’lmaydi. Axloqshunoslik o’zining nazariy va amaliy jihatlari bilan pedagogikaning asosi 
hisoblanadi. Maorif tizimidagi ta‘lim-tarbiya ham axloqiy tarbiya sifatida namoyon bo’ladi.
Axloqshunoslik bilan dinshunoslik o’zaro aloqadorlikda bo’lib, har ikkalasi ham axloqiy mezon 
muammosini hal etishga qaratiladi. Din ham ijtimoy ong shakllaridan biri bo’lib, umumjahoniy dinlar 
vujudga kelgunga qadar mavjud bo’lgan urf-odatlar va qadriyatlar, muayyan diniy qonun-qoidalarga
muqaddas diniy kitoblarga katta ta‘sirini o’tkazgan. Qur‘oni Karim, Hadisi Sharif, Ijmo‘ muayyan 
mezonlar va talablar musulmon Sharqi millatlari axloqiy darajasining shaklanishida katta ahamiyat kasb 
etgan. Shuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi. Farqi, shundaki 
axloqshunoslik bu muammoga zamonaviy tarbiya nuqtai-nazardan yondoshadi. 
Qadimgi davrdanoq axloqshunoslik ruhshunoslik (psixologiya) bilan aloqada bo’lib kelgan. Bu 
ikki fan ham kishilar hatti-harakati, fe‘l-atvori va mayl-istaklarini o’rganadi. Ruhshunoslik u yoki bu 
hatti-harakat, fe‘l-atvor, sababiy asos (motiv) larning ruhiy tabiati, shakllanish shart-sharoitlarini ochib 
beradi, axloqshunoslik esa ruhshunoslik tadqiq etgan Hadislarning axloqiy ahamiyatini tushuntiradi.
Axloqshunoslik sotsiologiya fani bilan aloqada bo’lib, bu ikkala fan ham inson faoliyatini 
boshqarishning ijtimoiy tomoni – axloqni o’rganadi. Lekin, axloqshunoslik sotsiologiyaga nisbatan keng 
tushunchadir. Sotsiologiya jamiyatdagi insonlarning ommaviy hatti – harakatlari va ularning 
qonuniyatlarini faqat muayyan ijtimoiy tuzum yoki davr doirasidan chiqib, inson axloqining yuksak 
yutug’i sifatida kelgusi davrlar uchun ham tarixiy, ham axloqiy ahamiyat kasb etgan shaxsiy, istisnoli 
hatti - harakatlarni hamda ularning sababiy asoslarini o’rganadi.
Axloqshunoslik siyosatshunoslik fani bilan chambarchas bog’liqdir. Siyosat, davlat ishlari 
faoliyati bilan shug’ullanar ekan, davlat ishlaridagi har bir jarayonda axloq, odob, hulq e‘tiborga olinadi. 
Davlatda ichki va tashqi siyosat namoyon bo’ladi. Bu jarayon ziddiyatli o’tadi. Siyosat qay darajada 
axloqiylik kasb etsa, shunchalik u oqilona bo’ladi. Siyosatda faoliyat ko’rsatadigan har bir jarayon, 
faoliyat odob orqali amalga oshishi kerak. Rahbarlik odobi, partiyaviy odob, etiket singari 
axloqshunoslikning muomala madaniyati doirasiga kiruvchi maxsus sohalar ham siyosatshunoslik bilan 
chambarchas bog’liq.
Axloqshunoslik ekologiya fani bilan ham aloqadorlikda. Axloqshunoslik ko’proq insonning o’zi, 
o’zgalar va jamiyat oldidagi majburiyatlarini hal etish bilan shug’ullangan, uning tabiatga bo’lgan 
munosabatini chetda qoldirib kelgan. Bugunda tabiatga bo’lgan insonning munosabati achinarli holdadir. 
1
Fridman L. Vvedenenie v amerikanskoe pravo. M.: 1992, C.8 



Tabiatning ekologik muvozanati buzildi. Ekologik bo’ron ekologik manzarani buzdi. Endilikda global 
(umumbashariy) muammolar ko’proq odamlarning ijtimoiy-axloqiy nuqtai nazarlariga bog’liq ekanligi 
ma‘lum bo’lib qoldi.
Hozirgi kundagi ekologik muammolarni bartaraf etishda axloq, muhim rol o`ynaydi. Insonlarning 
tabiatga bo’lgan munosabatidan ekologik axloqshunoslik maydonga keldi.
Axloqshunoslik milliy istiqlol g’oyasi bilan ham o’zaro aloqadorlikda bo’lib, uning ildizi qadimgi 
tarixga borib taqaladi. Milliy mafkura tizimida axloqiy g’oyalar albatta o’z o’rniga ega bo’ladi, axloqiy 
g’oyalar zamirida milliy mafkura g’oyalari yotadi. 
Axloqshunoslik fani jamiyat a‘zolari va har bir fuqaroga milliy istiqlol g’oyasini singdirish 
vositasi sifatida katta ahamiyat kasb etadi. Axloqshunoslik milliy istiqlol g’oyasini axloqiy anglash 
vositasida ro`yobga chiqadigan tamoyillar sifatida olib qaraladi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling