O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti falsafa kafedrasi


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/36
Sana09.10.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1695654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
etika n.r.ochilova

А Н Н О Т А Ц И Я
Настоящий сборник текстов лекции рассчитан для всех направлений бакалавриата и 
молодых преподавателей, ведущих занятия по этике. Сборник текстов лекций написан на основе 
новой типовой программы по этике и отвечает всем требованиям идеям национальный 
независимоти Республики Узбекистана.
 
 
 
 
 
 
 
A N N O T A T I O N
 
The collection of lectures is intented for bachelors of all specialists and young teachers who 
deliver lectures on the subjects of Ethics. 
The collection of lectures is written on the base of the new standart programme and according the 
requirements of the Idea of National Independence of the Republic Uzbekistan.
 
 
 
 
 
 
 



S O’ Z B O SH I
 
O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, barcha ijtimoiy fanlar kabi falsafa fanining ham muammolariga
munosabat o’zgardi.
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov ijtimoiy- gumanitar fanlarning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni iva ahamiyati 
ustida alohida to’xtab qo’yidagi fikrlarni aytgan edi: « Fanning vazifasi kelajagimizning shakli-shamoyilini yaratib berish,
ertangi kunimizning yo’nalishlarini, tabiiy qonuniyatlari, uning qanday bo’lishini ko’rsatab berishdan iborat, deb tushunaman. 
Odamlarga mustaqillikning afzalligining, mustaqil bo’lmagan millatning kelajagi yo’qligini, bu bir tabiiy qonuniyat 
ekanini isbotlab, tushuntirib berish kerak. Fan jamiyat taraqqiyotini olg’a siljituvchi kuch, vosita bilmog’I lozim».
1
Falsafa ko’p qirrali, umumiy ijtimoiy- ma’naviy bilimlar tizimidir. Falsafa ijtimoiy ongning nazariy shakli sifatida
jamiyatdagi аxloqiy, estetik, mantiqiy va boshqa ijtimoiy gumanitar fanlar bilan jamiyatning bir butun moddiy va ma’naviy 
hayoti bilan chambarchas borliqdir. 
O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach barcha ijtimoiy fanlar kabi axloqshunoslik yangi jamiyatda tobora o’z 
yuksak mavqeini egallab bormoqda. «O’zbekistonning kelajagi, buyukligi avvalo, yosh avlodning ma‘naviy-axloqiy, siyosiy 
va estetik jihatdan kamol topishi bilan chambarchas bog`liqdir. Bu esa ijtimoiy ong shakllari, shu jumladan, axloqiy - estetik 
ongni shakllantirish va rivojlantirishni talab etadi». 
Etika (axloqshunoslik) hamma davrlarda ham yuksak ahamiyat kasb etib kelgan fan. Faqat zulm va zuravonlikka, 
adolatsizlik va huquqsizlikka asoslangan totalitar tuzumlardagina u yolg’onga bo’ysundirilgan, soxtalashtirilgan hamda shu 
yo’l bilan ahamiyati pasaytirilgan. 
«Aslini olganda, - deb ta‘kidlaydi Prezident I.A.Karimov, - axloq – ma‘naviyatning o’zagi. Inson axloqi shunchaki 
salom-alik, xushmuomilalikdangina iborat emas. Axloq – bu, avvalo, insof va adolat tuyg’usi, iymon, halollik degani».
Bu fikrlar, bir tomondan, eski tuzumdan qolgan axloqsizlik, ko’rinishlariga loqayd qarovchilarga va bu fanlarni 
yengil-elpi, ikkinchi darajali fan sifatida tushunuvchilarga adolatli zarba bo’lsa, ikkinchi tomondan etikaning jiddiy nazariy 
tadqiqotlarga suyanishi keraqligini ta‘kidlaydi. Zero, hozirgi sharoitda milliy va umuminsoniy etik qadriyatlar hamda qadimiy 
urf-odatlar, an‘analar mustaqil O’zbekistonda yangi zamon ma‘naviy qadriyatlarini yaratishda asos bo’lib xizmat qilishi talab 
etadi.
Mazkur Etika (axloqshunoslik) fanidan yozilgan ma‘ruza matnlari oliy ta‘limdagi nofalsafiy bakalavriat tizimi 
talabalari uchun yangi namunaviy dastur asosida yozilgan hamda talabalarga axloqshunoslik tarixi hamda nazariyasidan 
zamonaviy bilim berishga, ularni yuksak axloq egasi qilib tarbiyalashni yuksaltirishga yo’naltirilgan. 
1
I.Karimov Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Т., «Sharq»nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati,1998, 25-bet .




Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling