O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/25
Sana17.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1706351
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
«ingliz tili o‘qitish metodikasi va amaliyoti» kafedrasi

Talabaga tavsiya! 
Kurs ishini yozishdan avval chiroyli 
yozish texnikasini mashq qilib oling, 
chunki barmoqlaringiz uyali telefonda 
sms yozishdan ancha charchagan! 


12 
xatboshidan katta harf bilan boshlab yoziladi. 
Illyustrativ materiallar, masalan, rasmlar, diagrammalar ko‘rish uchun qulay 
tarzda joylashtirilishi kerak. Kurs ishiga PowerPoint dasturida tayyorlangan tayyor 
slaydni joylashtirishga ruxsat berilmaydi, slayddagi materialni Word dasturida 
tayyorlab, so‘ngra kurs ishi matniga kiritish maqsadga muvofiq, chunki 
PowerPoint dasturida tayyorlangan slaydlar taqdimot qilish uchun mo‘ljallangan, 
unda qisqa ma’lumotlar, bog‘langan blok-chizmalar, rasmlar, boshqa rangli 
tasvirlar bo‘ladi, kurs ishi esa ma’lum talablar asosida tayyorlangan jiddiy ilmiy 
ish bo‘lib, agar kafedra tomonidan kurs ishi himoyasi taqdimot ko‘rinishida amalga 
oshirilishi talab etilsagina, PowerPoint dasturida tayyorlangan taqdimotni printerda 
chop etib, kurs ishiga ilova qilishingiz mumkin. 
Barcha surat (grafik, chizma, diagramma)lar bo‘lim bo‘yicha ketma-ket arab 
raqamlari bilan “1-rasm”, “2-rasm” shaklida raqamlanadi (kurs ishining ilovalarida 
keltirilgan suratlar bundan mustasno) va rasmga izoh beruvchi yozuvdan nuqta 
bilan ajratiladi (grafik, chizma, diagrammalarni rasmiylashtirish tartibi 6-ilovada 
ko‘rsatilgan). 
Raqamli materiallar jadval ko‘rinishida rasmiylashtirilishi lozim. Har bir 
jadval sarlavhaga ega bo‘lishi kerak. Sarlavha bosh harf bilan boshlanadi
sarlavahaning tagiga chizilmaydi. 
Jadvalning sarlavhasi uning yuqorisiga, o‘rtaga yozilishi tavsiya etiladi. 
Jadval ustunlarining sarlavhalari bosh harflar bilan, sarlavhachalar esa, agar ular 
sarlavhadagi gapning davomidan iborat bo‘lsa, kichik harflar bilan, agar ular 
mustaqil bo‘lsa, katta harflar bilan boshlanishi kerak. 
Ko‘plab ustunlardan iborat bo‘lgan jadvalni qismlarga bo‘lish va bir qismni 
ikkinchi qismdan keyin joylashtirishga ruxsat etiladi. 
Kurs ishining bo‘limlari tarkibidagi jadvallar izchil, ketma-ket arab 
raqamlari bilan belgilanadi. Masalan: “1-jadval”, “2-javdal” va h.z. 
Jadvalning biror qismi ishning keyingi betiga o‘tish holatlarida “jadval” 
so‘zi, uning tartib raqami va sarlavhasi bir marta jadvalning bosh qismi ustida 
ko‘rsatilib, keyingi betga o‘tgan qismlar ustiga “davomi” degan so‘z yoziladi. 
Kurs ishini yozish davomida foydalanilgan manbalarga havola(“snoska”)- 
larni satr osti eslatmalarida keltirish lozim. Havola har bir betda 1 raqamidan 
boshlab tartib bilan, sanoq ketma-ketligida, arab raqamida keltirilishi lozim. 
Havolalar quyidagi holatlarda qo‘llaniladi: 
- matnda qo‘llanilgan hujjat yoki ta’rifni tasdiqlash uchun; 
- foydalanilgan adabiyotlar va birlamchi manbalarni ko‘rsatish uchun; 
- matnda keltirilgan biror muammo, xulosa yoki taklifning olingan 
adabiyoti yoki boshqa manbasini ko‘rsatish uchun; 
- davlat arboblari, olimlar va mutaxassislar fikrlaridan iqtibos keltirilganda; 
- statistik ma’lumotlar va to‘plamlardan iqtibos keltirilganda; 
- me’yoriy-huquqiy hujjatlardan iqtibos keltirilganda va boshqa holatlarda. 
Har bir betda havolalar ko‘payib ketmasligi, iloji bo‘lsa, bir betda uchtadan 
ko‘p havola ishlatmaslikka harakat qilish kerak. Rasmlar va jadvallarga qilingan 
havolalar sarlavhaning oxirgi so‘ziga qo‘yiladi (6-ilovalarga qarang). 
Adabiyotlarni rasmiylashtirish tartibi, ya’ni foydalanilgan manbaning nomi, 


13 
muallifi, nashriyotning nomi, nashr etilgan yili va hajmi kabi ma’lumotlarni 
adabiyotlar ro‘yxatida qanday tartibda keltirish lozimligi quyida ko‘rsatilgan
2


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling