12-MA`RUZA: SUYUQLIK QAYNASHDA ISSIQLIK BERISH
Ma’ruzada yoritiladigan savollar:
Qо‘zg‘almas bug‘ning plyonka qatlamli va tomchidor kondensatsiyasi.
Xarakatlanuvchi bug‘ning kondensatsiyasi.
Muayyan bosimda suyuqlik qattiq jismni aylanib oqishida jism sirtining temperaturasi fazaviy о‘zgarish temperaturasidan oshganda suyuqlikning agregat xolati о‘zgaradi. Issiqlik berish suyuqlikning qaynashi bilan sodir bо‘ladi. Qaynayotgan suyuqlikning temperaturasi xar doim tо‘yinish temperaturasidan yuqori bо‘ladi. Qaynash jarayoni boshida issiqlik temperaturali devordan bevosita unga tegib turgan suyuqlik qatlamiga, suyuqlikdan esa – xosil bо‘ladigan bug‘ pufakchalarga beriladi. Pufakchalarning (bug‘ xosil bо‘lish) markazlari sifatida devorning notekisligi, gaz pufakchalari va chang zarrachalari xizmat qiladi. Bunday qaynash rejimiga pufakli qaynash deb ataladi.
1-rasm. MPa bо‘lganda temperatura farqidan suvni qaynashda issiqlik berish koeffitsiyenti va solishtirma issiqlik oqimining о‘zgarishi.
temperaturalar farqi biror kritik qiymatga erishganda pufakchalar yaxlit bug‘li plenka qatlamga birlashadi va plyonka qatlamli qaynash rejimi boshlanadi.
Pufakli qaynash davrida - issiqlik berish keskin oshadi va maksimumga erishadi (1-rasmda –S-kritik nuqta). Bug‘li plenka qatlam xosil bо‘lgandan sо‘ng kamayadi. Pufakli qaynashdan plyonka qatlamli qaynashga о‘tishda mos bо‘lgan kritik parametrlar suv uchun quyidagiga Vt/(m2K) teng.
Vt/(m2 soat) .
Plyonka qatlamli qaynash rejimi issiqlik almashish apparatlarining unumdorligini pasaytiradi. Shu sababli, va kritik kattaliklar muxim axamiyatga ega va issiqlik almashish apparatlarining maqbul ishchi rejimi pufakli qaynash rejimiga moslashtirilishi lozim. Plyonka qatlamli qaynash rejimida issiqlik almashtirgichlarning о‘ta qizishi vujudga kelishi va metall devorlarning kuyishi va apparat ishdan chiqishi mumkin.
Issiqlik berishni amaliy xisoblashlarda empirik о‘lchamli munosabatlardan foydalaniladi. Suv uchun MPa bо‘lganda quyidagi munosabatlar tavsiya etiladi:
yoki (1)
bu yerda - suv bug‘ining tо‘yinish bosimi, MPa
Vt/m2; Vt/(m2K).
Do'stlaringiz bilan baham: |