O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


Jahon iqtisodiyotida dastlabki sug‘urta tashkilotlarining vujudga


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   132
2.2.Jahon iqtisodiyotida dastlabki sug‘urta tashkilotlarining vujudga 
kelishi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijasida sug'urtaning mazmuni takomillashib, 
uning yangi turlari paydo Xususan, Qadimgi Rimda kasbiy (savdogarlar, 
hunarmandlar, harbiylar) va diniy belgilarga ko’ra o’z ustavlariga ega bo'lgan 
kollegiya, ittifoqlar bo'lgan Kollegiya yoki ittifoqa’zolari sug’urta badallarini 
to'lashgan hamda Ustavda qayd etilgan shartlarda ko'rilgan zararni qoplash uchun 
qoplamalar olish huquqiga ega bo'lgan. Qadimgi Rimda birinchi bizning eramizdan 
133 yil oldin Lanuviylar kollegiyasi tashkil topgan va faoliyat yuritgan. 
Lanuviylar Ustaviga muvofiq, unga a'zo bo'ladigan shaxslar 100 sistern 
miqdorida kirish badalini to'lashgan. Oylik badal summasi - 5 assani tashkil etgan. 
Mabodo, kollegiya a’zosi vafot etsa, uning merosxo'riga 300 sisterni ajratilgan. 
Agar, kollegiya a'zosi o'zini-o'zi o'ldirsa yoki varot etish arafasida oylik badallar 
to'lash muddati 6-10 oy cho'zilgan bo'lsa, bunday holatda uning merosxo'rlariga 
sug’urta summasi to'lanmagan.
Qadimgi Rimda notijorat sug'urtaning rivojlanganligiga yana bir misol 
keltirish mumkin. Harbiy kollegiyaga a’zo bo'lgan shaxslar kassaga 750 dinariy (1 
dinariy 4 sistern) to'lashgan. Bu badal bir marotaba to'liq to'lanmasdan, oyma-oy 
to’lanishiga ruxsat etilgan. To’langan badal evaziga, kollegiya a’zosi xizmat 
yuzasidan ko'tarilsa, unga 500 dinariy; boshqa legionga o'tkazilganda 500 dinariy; 
vafot etsa, uning merosxo'riga 500 dinariy to'langan. 
X-XIII asrlarda sug'urta gildiy va sexlar tomonidan amalga oshlrila boshladi. 
Masalan, X asrda Angliyada gildiya a’zolariga tegishli o’g’irlangan hayvonlarni 
qoplash uchun anglosaksoniya Gildiyasi tashkil etilgan. XI asrda Daniyada gildiya 
a'zolari, ulardan qaysi biri kema avariyasiga uchrasa yoki asirga tushsa, unga 


24 
umumiy kassa hisobidan zarar qoplangan yoki asirdan qutqarish uchun sotib 
olingan. 
Keyinchalik gildiya sug’urtasi himoya qiluvchi va kasbiy gildiyalariga 
bo’lingan. Himoya qiluvchi gildiyalar o’z a’zolarining mol-mulkini turli xavf-
xatarlardan himoya qilishgan.
Hunarmandchilik bilan shug'ullanuvchi shaxslarga sexlarga birlashishgan. 
Sexda baxtsiz hodisalar ro'y berganda, qarilik tufayli mehnat qobiliyatini 
yo'qotganda va vafot etganda yordam ko'rsatgan. Sex halok bo’lgan a'zosining 
oilasini boqish majburiyatini olgan.
Tijorat sug'urtasi paydo bo’lishining birinchi bosqichida sug’urta xizmati 
oldi-sotdi obyektiga aylandi; ikkinchidan, sug’urta faoliyati shakllanayotgan bozor 
xo’jaligining muhim tarmog’iga aylandi; uchinchidan, sug’urta bitimlari shartnoma 
asosida tuziladigan bo'ldi. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling