O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


 Sug’urta fondlaridagi mablag’larning ishlatilishi


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   132
 
6.2. Sug’urta fondlaridagi mablag’larning ishlatilishi.
Sug’urta 
fondlaridagi 
mablag’larning 
ishlatilishi 
deganda 
sug‘urtalovchining amalda sarflayotgan xarajatlari tushuniladi. Chunki, 
sug‘urtalovchining amalda sarflayotgan xarajatlari sug‘urta fondini taqsimlash 
jarayonida shakllanadi. Xarajatlar tarkibi va strukturasini ikki o‘zaro bog‘liq 
iqtisodiy jarayonlar: sug‘urtalanuvchilar oldidagi majburiyatlarni qoplash va 
sug‘urta tashkiloti faoliyatini moliyalashtirish aniqlab beradi. Shundan kelib 
chiqib, sug‘urta ishida xarajatlarni quyidagicha turkumlash qabul qilingan: 
sug‘urta qoplamalari va sug‘urta summalarini to‘lash xarajatlari; zahira va rezerv 
fondlariga ajratmalar; oldini olish tadbirlariga ajratmalar; ish yuritish xarajatlari. 
Bu xarajatlar birgalikda sug‘urta operatsiyalarining tannarxini bildiradi
O‘z salmog‘i va ijtimoiy-iqtisodiy mazmundagi ahamiyati bo‘yicha 
sug‘urtalovchi xarajatlarining asosiy moddasini sug‘urta qoplamalari va sug‘urta 
summalarini to‘lash xarajatlari tashkil qiladi. To‘lov paytida sug‘urtalovchining 
sug‘urtalanuvchi oldida shartnoma tuzish paytida olgan yoki qonun asosidagi 
(majburiy sug‘urta bo‘yicha) majburiyatlarini bajarilishi ro‘y beradi.
Zahira fondlari yoki badal rezervlariga ajratmalar sug‘urta ishidagi kelasi davr 
xarajatlarining o‘ziga xos bir variantini bildiradi. Ular sug‘urta qoplamalari va 
sug‘urta summalarining me’yoriy va haqiqatdagi kattaliklari o‘rtasidagi farq 
sifatida aniqlanadi. 


72 
Sug‘urtalanuvchi xarajatlarining boshqa elementlari singari oldini olish 
tadbirlariga ajratmalar ham tarif stakasi tuzilishida me’yorlashtirilgan. Davlat 
sug‘urta boshqarmasi amal qilgan davrlarda oldini olish tadbirlarini 
moliyalashtirishga mo‘ljallangan mablag‘lar budjetga yo‘naltirilgan. Endi bu 
mablag‘lar sug‘urta tashkilotlarining o‘zlarida bo‘lmokda. 
Sug‘urta ishida ish yuritish xarajatlari muhim rol o‘ynaydi. Ular 
sug‘urtalovchilar faoliyatini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, brutto-
stavkaning yuklamasiga kiritiladi va sug‘urta operatsiyalari tannarxining muhim 
elementi hisoblanadi. O‘z tarkibiga mehnatga haq to‘lash xarajatlari, xo‘jalik va 
idora xarajatlari, xizmat safarlari va ba’zi boshqa xarajatlarni oladi. 
Jahon amaliyotida ish yuritish xarajatlari akvizitsion, inkassa, bartaraf 
(likvidatsiya) qilish va boshqaruv xarajatlariga bo‘linadi. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling