O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


 Sug‘urta agenti kimning topshirig‘iga ko‘ra ish ko‘radi


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   132
5. Sug‘urta agenti kimning topshirig‘iga ko‘ra ish ko‘radi. 
A)Sug‘urtalanuvchining
B)Sug‘urta kompaniyasining
C) Ichki ishlar organining 
D) vositachilik
 
6. Sug‘urta syurveyeri nima faoliyat bilan shug‘ullanadi? 
A) Vositachilik 
B)Sug‘urta shartnomasi tuzulgungacha sug‘urta obektini ko‘zdan kechirish va 
ekspert xulosasisini berish 
C) Kreditlash 
D) Sug‘urtalash 
 
7. Birgalikda sug‘urta nima? 
A)Qayta sug‘urta
B)Bir sug‘urta kompaniyasining bir necha ob’ektini sug‘urtalash
C)Bir sug‘urta ob’ektini ikki yoki undan ortiq sug‘urta kompaniyasi sug‘urtalashi 
D)Bir kompaniya bir shartnoma Bilan bir necha riskni sug‘urtalash 
 
 
 
 
 


78 
7-BOB. SUG‘URTANI KLASSIFIKATSIYALASH 
O’quv maqsadi: Sug‘urta munosabatlarida klassifikatsiya tushunchasi va 
uning sug‘urta sohasidagi ahamiyati, sug’urta munosabatlarini tarmoqlar va 
notarmoq bo‘yicha klassifikatsiyalash, sug‘urta klassifikatsiyasi, Evropa 
Ittifoqida sug‘urta klassifikatsiyasi haqida nazariy bilimlar berish va amaliy 
ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.
 
Tayanch iboralar: shaxsiy sug‘urta; mulkiy sug‘urta; javobgarlik 
sug‘urtasi, ttavakkalchilik sug’urtasi, ixtiyoriy sug‘urta; majburiy sug‘urta; 
sug‘urta klassifikatsiyasi. 
 
7.1 Klassifikatsiya tushunchasi va uning sug‘urta sohasidagi 
ahamiyati. 
Sug‘urta ixtisoslashtirilgan sug‘urta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Ular davlat va nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar bo‘lishi mumkin. Ularning 
faoliyat doirasi ichki, tashqi yoki aralash sug‘urta bozorlarini qamrab olgan 
bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga rivojlangan sug‘urta bozori sharoitida ham davlat 
ichkarisida, ham chetda amalga oshirilishi mumkin. Bu sug‘urtaning tashkiliy 
turkumlanishidir. Ammo, sug‘urta munosabatlarining mazmuni sug‘urta ob’ekti va 
xavf-xatar turlari bo‘yicha turkumlanishi yordamida namoyon bo‘ladi. 
Sug‘urta sug‘urtalanuvchilarning turli toifalarini qamrab oladi. Uning shartlari 
sug‘urta mas’uliyatining hajmlari bo‘yicha farq qiladi; u qonun kuchida va 
ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi mumkin. Sug‘urta munosabatlarining 
turlichaligini tartibga solish va o‘zaro bog‘liq yagona tizimni shakllantirish uchun 
sug‘urtani turkumlash ya’ni klassifikatsiyalash maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Aynan sug‘urtani klassifikatsiyalash sug‘urtaning mohiyatini to‘laqonli 
namoyon qilish, u bo‘yicha maqsad va manfaatlarni yetarlicha aks ettirish 
imkonini beradi. 
Sug‘urta klassifikatsiyasi sug‘urtani ob’ektlari bo‘yicha turkumlashga xizmat 
qiladi. Sug‘urtani ob’ektlari bo‘yicha turkumlanishi natijasida bo‘g‘inlar hosil 


79 
bo‘ladi. Barcha bo‘g‘inlar shunday joylashganki, har bir navbatdagi bo‘g‘in 
avvalgisining tarkibiy qismi hisoblanadi. Yuqori bo‘g‘in sifatida – soha, o‘rta 
bo‘g‘in – tarmoq, quyi bo‘g‘in – sug‘urta turlari hisoblanadi.
Sug‘urtani tarmoqlar bo‘yicha bo‘lish barcha sug‘urta munosabatlari 
yig‘indisini to‘rtta sohaga ajratib o‘oganish imkonini beradi: 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling