O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


Majburiy sug‘urta qonun yo‘li bilan o‘rnatiladi


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   132
Majburiy sug‘urta qonun yo‘li bilan o‘rnatiladi. Shunga mos ravishda 
sug‘urta qildiruvchi tegishli ob’ektlarni sug‘urtalashga, sug‘urtalovchilar esa, 
sug‘urta hodisalari ro‘y berganda tegishli sug‘urta to‘lovlarini to‘lashga 
majburdirlar.
Qonunchilik odatda quyidagilarni belgilab beradi: 
o majburiy sug‘urtalanishi lozim bo‘lgan ob’ektlar tarkibini; 

sug‘urta javobgarligi hajmini; 


89 

sug‘urta ta’minoti darajasi va me’yorlarini; 
o tarif stavkalari miqdorlari va ularni o‘rnatish tartibini; 

sug‘urtalovchi 
va 
sug‘urtalanuvchilarning 
asosiy 
huquq 
va 
majburiyatlarini. 
Qonunda ko‘rsatilgan majburiy sug‘urta ob’ektlarini yoppasiga 
sug‘urtaga qamrab olish. Buning uchun sug‘urta organlari mamlakatda har yili 
sug‘urtalangan ob’ektlarni, hisoblangan sug‘urta badallarini va ularni o‘rnatilgan 
muddatlarda undirilishini hisobga olib boradilar. 
Qonunda ko‘rsatilgan ob’ektlarga majburiy sug‘urtaning avtomatik 
ravishda qo‘llanilishi. Sug‘urtalanuvchi yangi ob’ekt paydo bo‘lganligi haqida 
sug‘urta organlariga xabar berishi shart emas. Bu ob’ekt sug‘urta sohasiga 
avtomatik ravishda qo‘shiladi. Navbatdagi ro‘yxatga olish davrida hisobga olinadi 
va sug‘urtalanuvchiga to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta badallari ko‘rsatiladi. 
Majburiy sug‘urtani sug‘urta badallari to‘lanishidan qat’iy nazar amal 
qilishi. Agarda sug‘urta qildiruvchi tegishli sug‘urta badallarini to‘lamagan 
hollarda, badallar sud orqali undirib olinishi mumkin. Sug‘urta badallari 
to‘lanmagan ob’ektga nisbatan sug‘urta javobgarligi amal qilaveradi, faqatgina 
sug‘urta badallari bo‘yicha qarz va kechiktirilgan kunlar uchun jarima summasi 
ushlab qolinadi. 
Majburiy sug‘urtaning muddatsizligi. Majburiy sug‘urta sug‘urtalangan 
ob’ekt mavjud bo‘lgan davrning to‘la qismida amal qiladi.  

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling