O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


Majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta ta’minotining me’yorlashtirilishi


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   132
Majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta ta’minotining me’yorlashtirilishi. 
Sug‘urtaviy baholash va sug‘urtaviy qoplash tartibini soddalashtirish maqsadida 
sug‘urta bahosiga nisbatan foizlarda yoki bir ob’ektga so‘mlarda sug‘urta 
ta’minotining me’yorlari belgilanadi.  
Sug‘urtaning ixtiyoriy shakli quyidagi tamoyillar asosida qurilgan. 
Ixtiyoriy sug‘urta qonunchilik asosida va ixtiyoriy ravishda amal qiladi. 
Qonunchilik ixtiyoriy sug‘urtaga tegishli ob’ektlarni va sug‘urtaning umumiy 
shartlarini belgilab beradi. Konkret shartlar esa, sug‘urtalovchilar tomonidan ishlab 
chiqiladigan sug‘urta qoidalari orqali tartibga solinadi. 


90 
Sug‘urtada ixtiyoriy qatnashish to‘la holda faqat sug‘urtalanuvchilar 
uchun xarakterlidir. Agar sug‘urtalanuvchining xohishi sug‘urta qoidalariga zid 
kelmasa, sug‘urtalovchi ob’ektni sug‘urta qilishdan bosh tortish huquqiga ega 
emas. Bu tamoyil sug‘urtalanuvchining birinchi talabi bo‘yicha sug‘urta 
shartnomasi tuzilishini kafolatlaydi. 
Ixtiyoriy sug‘urtani tanlab qamrab olishi. Barcha shaxslar ham unda 
ishtirok etish istagini bildiravermaydilar. Bundan tashqari, shartnomalar tuzishda 
sug‘urta shartlari bo‘yicha chegaralashlar ham amal qiladi. 
Ixtiyoriy sug‘urta doimo sug‘urta muddati bilan chegaralanadi. Bunda 
muddatning boshlanishi va tugashi shartnomada qat’iy kelishib olinadi. Shundan 
kelib chiqib, sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasi sug‘urta holati faqatgina 
sug‘urta davrida sodir bo‘lgandagina to‘lanadi. Ixtiyoriy sug‘urtaning 
uzluksizligini faqatgina yangi muddatga qayta shartnoma tuzish yo‘li bilangina 
ta’minlash mumkin. 
Ixtiyoriy sug‘urta faqatgina bir martalik yoki davriy sug‘urta badallari 
to‘langandagina amal qiladi. Ixtiyoriy sug‘urta shartnomasining kuchga kirishi 
bir martalik yoki birinchi sug‘urta badalini to‘lanishi bilan asoslanadi. Uzoq 
muddatli sug‘urta bo‘yicha navbatdagi badalning to‘lanmasligi natijasida 
shartnomaning amal qilishi to‘xtaydi. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling