81
hayotni sug‘urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i,
mehnat
qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog‘liq manfaatlarini sug‘urta qilish, bunda
shartnoma bo‘yicha sug‘urtaning eng kam muddati bir
yilni tashkil etadi hamda
sug‘urta pullarining sug‘urta shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan oshirilgan foizni o‘z
ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to‘lovlarini (annuitetlarni) qamrab oladi);
umumiy sug‘urta (shaxsiy, mulkiy sug‘urta, javobgarlikni sug‘urta qilish
hamda hayotni sug‘urta qilish sohasiga taalluqli bo‘lmagan boshqa sug‘urta
turlari).
Sug‘urta tavakkalchiliklari yoki ular guruhlarining va ular bilan bog‘liq
majburiyatlarning umumiy xususiyatlariga muvofiq sug‘urta sohalari sug‘urta
turlariga (klasslariga) bo‘linadi. Sug‘urta turlari (klasslari) O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27
noyabrdagi
413-sonli «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi qarorining 1-ilovasida sug‘urta faoliyatining
klassifikatori berilgan
bo‘lib, unga muvofiq hayotni sug‘urta qilish sohasi 4 ta klassga va umumiy
sug‘urta sohasi 17 ta klassga ajratilgan.
Hayotni sug‘urta qilish sohasi o‘z tarkibiga quyidagi klasslarni oladi:
Klass
tartib
raqami
Klassning
nomi
Mazmuni va sug‘urta qilish shartlari bo‘yicha
talablar
I klass
Hayot
va
annuitetlar
Quyidagi hollarda sug‘urta summalari to‘lash bo‘yicha
sug‘urtalovchining majburiyatlarini
nazarda tutuvchi,
bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi hayotni
sug‘urta qilish turlari jami:
- sug‘urta qilinuvchining sug‘urta
muddati tamom
bo‘lgungacha yoki sug‘urta shartnomasida belgilangan
yoshgacha yashashi;
82
- sug‘urta qilinuvchining vafot etishi;
shuningdek
sug‘urta shartnomasi amal qilishi
davridagi joriy to‘lovlar (annuitetlar), III klass bundan
mustasno
II klass
Do'stlaringiz bilan baham: