Darsning maqsadi: Achitqi va jigar tarkibida uchraydigan nukleoproteidlarni
cho’ktirish ususlida ajratib olish va ularga xos tajribalar o’tkazish.
Nazariy qism. Jigar, taloq, oshqozon osti bezi, buyraklar va
achitqi nukleoproteidlarga
boy hisoblanadilar. Ular ishqoriy eritmalarda erib, kislotali eritmalarda cho‘kmaga
tushadi. Dezoksiribonukleotidlar tuzli eritmalarda ham yaxshi eriydi.
Nukleoproteidlarni achitqidan ajratib olish
Reaktivlar va materiallar: a) achitqi. b) dietil efiri v) natriy ishqori 0,4%-li g) 5%-li
sirka kislota d) shisha kukuni yoki tozalab yuvilgan -qum.
Ishning bajarilishi: 5 g achitqi 1 ml dietil efiri va 1 ml suv bilan ho‘llanadi va forfor
havonchada shisha kukuni qo‘shib, 0,4%- li natriy ishqori bilan eziladi (bunda
natriy
ishqoridan sekin-astalik bilan 5-10 ml chamasi solib turiladi). Hammasi bo‘lib, 50 ml
ishqor sarf bo‘ladi. Achitqini 15-20 minut davomida to‘xtovsiz ezib turiladi.
Havonchadagi hosil bo‘lgan massa filtrlanadi yoki 10 minut davomida sentrifugirlanadi
(2500 G). Filtrat yoki sentrifugat stakanga quyiladi va unga tomchilatib 5%-li sirka
kislotadan nukleoproteidlar to‘liq cho‘kmaga tushguncha tomizilib turiladi (Odatda 10-15
ml eritma sarflanadi). Cho‘kma sentrifugalash usuli bilan ajratib olinadi.
Jigardan nukleoproteidlarni ajratib olish.
Kerakli asbob va reaktivlar: 1) mol yoki cho‘chqaning muzlatilgan
yangi jigar yoki
talog‗i. 2) natriy xlorning 5% li eritmasi. 3) taxta tayoqcha, 4) achitqi 5)
difenilamin
reaktivi: 1 gr difenilamin 100 ml muzlagan sirka kislotasida eritiladi. Eritmaga 2,75 g
konsentrlangan N
2
SO
4
qo‘shiladi (Ro= 1,836) v) 0,4% NaOH eritmasi.
Ishni bararish tartibi. 2-2,5 g taloq yoki jigarni mayda bo‘lakchalarga bo‘lib
xovonchada 5% li NaCl va maydalangan shisha bo‘lakchalari yordamida yaxshilab
eziladi. Tuzli eritmani oz-ozdan solib boriladi. Jami 80 ml tuzli eritma sarflanadi.
Taloq 12-15 daqiqa davomida gomogen massa hosil bo‘lgunga qadar eziladi. Hosil
bo‘lgan
massani probirkalarga solib, 10-15 daqiqa davomida sentrifugalanadi. So‘ng
sentrifugatni shisha silindrga solib hajmi o‘lchanadi.
Shisha stakanga distillangan suv quyilib (suvning hajmi sentrifugadan 6 marta ko‘p
bo‘lishi kerak) taxta tayoqcha yordamida sekinlik bilan aralashtirilgan holda ustiga
sentrifugat quyiladi. Dezoksiribonukleoproteidlar ip ko‘rinishida cho‘kmaga
tusha
boshlaydilar va tayoqchaga o‘raladi.
DNK ga xos sifat reaksiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: