*O`zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti


O‘qituvchilik mas‗uliyati, vijdoni, sha‗ni va qadr-qimmati


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/95
Sana29.03.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1308776
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   95
Bog'liq
Педагогик маҳорат мажмуа 2022

4. O‘qituvchilik mas‗uliyati, vijdoni, sha‗ni va qadr-qimmati 


Shaxs axloqini tavsiflaydigan belgilardan biri mas‗uliyatdir. Boshqa kishilar oldidagi o‘z 
burchini anglash va uni kishi xulqining rag‘batiga aylantirish, odam o‘z faoliyatini boshqalarga 
ko‘proq yaxshilik qtsilishga ongli va ixtiyoriy ravishda yo‘naltirishi mas‗uliyat tushunchasining 
mazmunini tashkil etadi. 
O‘qituvchining mas‗uliyati-mas‗uliyat tushunchasining butun mazmunini saqlagan holda 
muallimning faoliyati va ta‗lim-tarbiya jarayonining aniq vazifalarini ham o‘z ichiga oladi. 
O‘qituvchi zimmasiga bola shaxsini barkamol inson sifatida tarbiyalash mas‗uliyati yuklanadi. 
Muallim o‘quvchilarga chuqur nazariy bilimlar berishi, uni hayotga, mehnatga tayyorlashi lozim. 
Shu bilan birga, u boladagi mavjud layoqat va qobiliyatlarni payqab, alohida yondashishi, unda 
mavjud bo‘lgan ijobiy axloqiy fazilatlarni avaylab ustirishi lozim. 
Jamiyatning kelajagi, ota-onaning umidi, nuri-diydasi-farzandning taqdiri, kelajagi uning 
qo‘liga ishonib topshirilgan. O‘qituvchilik kasbini tanlagan kishilar o‘z zimmalariga qanchalik 
yuksak sharafli mas‗uliyat olayotganliklarini etishlari lozim.
O‘QITUVCHILIK SHA‗NI VA QADR-QIMMATI 
Kishining qadr-qimmati, avvalo, umumiy ishga qo‘shayotgan hissasining salmog‘i va 
sifati bilan belgilanadi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda inson o‘z mehnatining 
salmog‘i va sifati bilan, aqliy va jismoniy mehnatining samarasi bilan, ishbilarmonligi bilan 
qadrlanadi. Halol mehnat kishining qadrini, izzat-hurmatini oshiradi. Kishi o‘z mehnatining 
qadriga yetishi, u bajarayotgan ish jamiyatda ahamiyatli ekanligini tushunishi lozim. Kishining 
umumiy ishga qo‘shayotgan hissasining salmog‘i, u qaysi vazifani bajaryotganligida emas, balki 
o‘z ishini qanchalik yaxshi, sidqidildan bajarishiga bog‘liq. Insonning qadr-qimmati uning 
mansabi, kasbi-koridan ko‘ra ham ko‘proq o‘z kasbini qanday bajarishiga, uning odobi va xulq-
atvoriga bog‘liqdir. Bu fazilat o‘qituvchi odobida muallimning qadr-qimmati, sha‗ni deb ataladi. 
U avvalo, o‘qituvchidan o‘z ishining ustasi, kamtar bo‘lishni, shu bilan birga pedagoglar va 
o‘quvchilar jamoasida o‘zini tuta bilishini talab etadi. Sinfga maktab direktori, nazoratchi yoki 
boshqa kishilar darsni kuzatishga, tekshirishga kirgan paytlarida muallim ―g‘falatda‖ qolmasligi 
lozim. Bunday paytlarda o‘qituvchi, avvalo, o‘z o‘quvchilari oldida sinovdan o‘tadi.
Kishining sha‗ni – yuksak insoniy fazilat bo‘lib, o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabati, unga 
atrofdagi kishilar va jamiyatning munosabatini ham bildiradi. Kishining sha‗ni-shaxsning 
xizmatlarini jamiyat tomonidan tan olinishidir. Sha‗n, kishining sha‗ni deganda, odamning yoki 
u mansub bo‘lgan sotsial guruhning qadr-qimmati, yaxshi nomi, obro‘si, shuhrati, dong 
chiqarishi kabilar ham nazarda tutiladi (Oila sha‗ni, olimlik sha‗ni, o‘qituvchilik sha‗ni, rahbarlik 
sha‗ni kabi). Sha‗n tushunchasi bilan qadr-qimmat uzviy bog‘liqdir. Qadr-qimmat kishi tevarak 
atrofidagi odamlar ning hurmatiga sazovor bo‘laganini jamoatchilik tomonidan tan olinishidir. 
Kishining sha‗ni va qadr-qimmatini oyoq osti qilish mumkin emas. U bizning mamlakatimizda, 
davlatimizda qonun bilan ham, jamoatchilik fikri bilan ham himoyalanadi. O‘qituvchi odobida 
muallimning shuhratparsatligi va manmanligi qoralanadi. Buning boisi shundaki, o‘qituvchilik 
faoliyati avvalo, umumxalqning baxt-saodati uchun xizmat qilishga yo‘naltirilgan.
O‘qituvchi, avvalo, o‘z qadr-qimmatini o‘zi saqlay bilmog‘i kerak, pedagoglar 
jamoasidagi urf-odatlar, an‗analar, axloqiy munosabatlar ham o‘qituvchilik sha‗ni va qadr-
qimmatini asrashga qaratilmog‘i lozim. Pedagoglik sha‗ni va qadr-qimmatini noto‘g‘ri tushunish 
ta‗lim-tarbiya ishida salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak. Masalan, 
ko‘ra-bila turib o‘quvchining bahosini oshirib qo‘yish, maktabga nazoratchilar kelganda 
o‘qituvchilarning faoliyati aktivlashib qolgan yoki hisobot uchun nomigagina tarbiyaviy 
tadbirlarning sonini ko‘paytirish kabilar o‘quvchilar tarbiyasiga salbiy ta‗sir etadi, bu bolalarni 
qalbakichilikka o‘rgatadi. O‘quvchilar oldida o‘qituvchining va jamoaning obro‘siga ta‗sir etadi. 


O‘qituvchining pedagoglar jamoasi sha‗nini o‘quv yurti sha‗nini saqlab qolaman deb sha‗n, 
qadr-qimmat tushunchalarini noto‘g‘ri anglab qilgan xatti-harakatlari pedagogik odob 
normalarining buzilishiga olib keladi va o‘quvchilar tarbiyasiga zarar yetkazadi. Bunday 
hodisalar ayrim hollarda uchrab turadi. 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling