*O`zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/95
Sana29.03.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1308776
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   95
Bog'liq
Педагогик маҳорат мажмуа 2022

Ma’lumotlar bazasi deganda, axborotni kompyuter texnikasi yordamida kiritish, tizimlashtir
ish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya qilish tushuniladi.  
Bir qator axborotlarni an‘anaviy qayta ishlash uchun ularni tayyorlashning standart shakllari ma
vjud bo‗lib, ularga bibliografiya, statistik ma’lumotlar, referatlar kiradi. Ma‘lumotlar bazasi
axborot tarkibiga statistik, matnli, grafik va ko‗rinishli axborotlarni cheksiz ko‗p miqdorda va
albatta, belgilangan shakllardagi ko‗rinishlarini qabul qiladi.
Bilimlar bazasi esa, yopiq tizimda, mazkur mavzu bo‘yicha qo‘shimcha axborotlarga ehtiy
oj sezmagan holda va uning har bir elementi, mantiq jihatdan bog‘langan boshqa element
larga chiqa olishi bo‘yicha tuzilmali axborotlashtirilgan tizimga ega bo‘ladi.
Bunda ushbu bilimlar bazasiga kiritilmagan, ya‘ni undan tashqi elementlarga murojaat qilin
ishiga imkon bo‗lmaydi. Bilimlar bazasining birlamchi bibliografik o‗xshashliklari sifatida tur
li ensiklopediyalar, lug‗atlar xizmat qiladi. O‗quvchilar bilimi sifatlarini test savollari yordam
ida aniqlash va psixofiziologik rivojlanayotganligini tashxis qilish maqsadida kompyuter tiz
imiga eksport tizimi qo‗shimcha kiritilgan bo‗lib, bu tizim yordamida elektron tarmoq orq
ali bilimlarni baholash va bu masala bo‗yicha 
yetarlicha natijalarni aniqlash mumkin. Bunday dasturiy vositalardan, ta‘limdagi holat va uni
ng maqsadiga ko‗ra, ba‘zan o‗quvchilarning ehtiyojlarini chuqurroq anglash zaruriyati nuqt
ai nazaridan, ularning ma‘lum fan sohasida bilimlarini tahlil qilish bo‗yicha boshqa bir ho
llarda esa, o‗qitishning psixologik tamoyillarini hisobga olish maqsadida keng foydalaniladi.
Kompyuter yordamida turli ilmiy axborotlar, o‗quv materiallari bo‗yicha axborotlarni tavsiy
a etishning boy imkoniyatlari, xususan ularga integrativ kurslarni kiritish, fanning tarixi va
metodologiyasi bilan tanishish, turli fanlar bo‗yicha ularning zamonaviy darajasiga oid bil
imlar, madaniyat va ijtimoiy ongga dahldor bilimlarni kiritish, ta‘lim mazmunini sezilarli o
‗zgartirish va keskin boyitishga yordam beradi, uni faollashtirish va rivojlantirishda muhim o
mil bo‗ladi. Kompyuter vositalari yordamida mustaqil ta‘limni tashkil etish nuqtai nazarida
n tahlil etadigan bo‗lsak, aksariyat uning interfaolligini, bevosita muloqot yordamida o‗quv
chi o‗quv rejasida ko‗rsatilgan, istalgan fan sohasida maxsus o‗quv dasturlari yordamida bi
lim olish imkoniyatiga ega ekanligi ma‘lum bo‗ladi. Kompyuter vositasi, o‗quvchi yoxud o
‗qituvchi murojaatlariga «javob beradi», ular bilan bemalol «muloqotga kirishadi», bular kompy
uter ta‘limi metodikasining asosiy xususiyatlaridan biri sanaladi. Ayniqsa, kompyuter texnologi
yasining ma‘lum mavzuni o‗qitish bo‗yicha yoki alohida didaktik masalalarni hal etishda f
oydalanish kabi holatlar («kirib boruvchi» texnologiya nomi bilan mashhur), shuningdek o‗qiti
shda ma‘lum texnologiyaning asosiy, aniqlovchi va eng muhim tavsiflovchisi sifatida kompy
uterni qo‗llanish holatida kompyuter va boshqa texnologiyalar orasidagi munosabatlar masa
lasi juda dolzarb sanaladi. Kompyuterli o‗qitish metodikasining boshqa bir muhim xususiya
ti, u o‗qitish jarayonining barcha bosqichlarida, jumladan yangi o‗quv materialini tushuntiri
shda, qaytarishda, umumlashtirishda, o‗quvchilarning ma‘lum fan bo‗yicha erishgan bilim,
malaka va ko‗nikmalarini tekshirishda namoyon bo‗ladi. Bunday jarayonda o‗qituvchi kom
pyuterning o‗quvchi uchun turli vazifalarni, xususan o‗qituvchilik, ishchi qurol, ta‘lim ob‘e
kti, o‗zaro muloqot kabi funksiyalarni bajarishini bilishi kerak. Bunda o‗qituvchining vazif
asi dars jarayonida o‗quvchilarni kompyuterdan to‗g‗ri foydalanishlarini nazorat qilishdan ibo
rat: 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling