*O`zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti
O`qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Педагогик маҳорат мажмуа 2022
O`qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish
Respublikamiz hukumati xalq ta'limi sohasida o‘rtaga qo‘yayotgan vazifalarni bajarish ko‘p jihatdan o‘qituvchiga bog‘liq. Hozirgi sharoitda ta'lim tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadlarga yetishish, o‘kuvchilarning xilma - xil faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, e'tiqodli, mehnatsevar, barkamol inson qilib o‘stirish o‘quvchi zimmasiga yuklatilgan xalqimizning kelajagi , mustaqil O‘zbekistonning istiqloli ko‘p jihatdan o‘qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligi, fidoyiligiga, yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. Uzluksiz pedagogik ta'lim g‘oyasi amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan o‘qituvchilar malakasini ishirish va ularni qayta tayyorlash ishi davlat va jamoatchilik diqqat markaziga qo‘yildi. O‘qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Yaxshi o‘qituvchi bo‘lishi uchun pedagogik nazariyani egallashning o‘zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o‘qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar umumlashtirilgan, usuliy g‘oyalar bayon etiladi. O‘qituvchilarning yosh individula xususiyatlarini e'tiborga olish ta'kidlanadi. Maktab hayoti amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o‘qituvchidan keng bilimdonlikni , puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi. Shuning uchun ham mustaqil O‘zbekiston davlatining umumiy ta'lim maktabida ishlaydigan o‘qituvchi •pedagogik faoliyatga qobiliyatli ijodkor, ishbilarmon; •milliy madaniyat va umuminsoniy, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan diniy ilmlardan ham xabardor, ma'naviy barkamol ; •O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etishiga ishonadigan vatanparvarlik burchini to‘g‘ri anglagan e'tiqodli fuqaro; •ixtisosga doir bilimlarni, psixologik pedagogik bilim va mahoratli shuningdek, nazariy ishlarni mukammal egallagan bo‘lishi kerak. Biror kasbning haqiqiy ustasi bo‘lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma'lum jismoniy va ruhiy xislatlar jo bo‘lishi kerak. Pedagogik o‘qituvchilik faoliyatini yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash ishini samarali bajarish, ota - onalar va bolalarni izzat - hurmatiga sazovor bo‘lishi uchun ham kishida qobiliyat, mahorat, qiziqish bo‘lmog‘i lozim. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling