O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/95
Sana06.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1436459
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   95
Bog'liq
Педагогик маҳорат мажмуа 2022 (1)

Nutq texnikasi – muhim ahamiyatga ega bo'lib, o'quv soatlarining to'rtdan bir, ba'zan 
ikkidan bir qismi o'qituvchi nutqi orqali amalga oshiriladi. O'quvchilar o'qituvchi nutqiga 
nisbatan juda sezgir bo'lib, o'qituvchining xatolari, noto'g'ri talaffuz bolalarda kulgu uyg'otsa, 
monoton ohang ularni zeriktiradi, noto'g'ri intonasiya esa nutqning yasama ekanligini ko'rsatadi 
va bolalarni o'qituvchidan uzoqlashtiradi. Fiziologlar fikricha o'zgartirib bo'lmaydi deb 
hisoblanadigan tovush tembrini ham mashq qilish asosida o'zgartirish mumkin ekan. Masalan 
Qadimgi Greqiya yashab o'tgan buyuk orator Demosfen o'zidagi barcha jismoniy kamchiliklarni 
mashq qilish orqali bartaraf etadi. 
Demak, nutq texnikasi o'quvchilarga nutqning to'liq mohiyatini yetkazishga yordam 
beradigan nafas olish, tovush hosil qilish va diksiyadan iborat malakalar kompleksidir.
Nutq texnikasining nafas, tovush va diksiya kabi elementlari mavjuddir. 
Nutq texnikasi jamoa va shaxs bilan muloqot qilish mahorati, muloqot jarayonini nazorat 
qila olish, jamoani tashkil qilish, o'z kayfiyatini, ovozini va harakatlarini boshqara olish mahorati 
kabilar bilan bir qatorda pedagogik texnikaning tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Inson nutqi amalga oshirilishiga ko'ra ichki va tashqi nutqqa, tashkil etilishiga ko'ra og'zaki 
va yozma nutqqa bo'linadi. Sharoitga qarab nutq turli xilda namoyon bo'ladi. U bazan istak-tilak, 
ba'zan chaqiriq-murojaat, ba'zan esa inson quvonchi yoki ruhiy iztirobi shaklida ifodalanadi. 
Nutq ichki va tashqi ko'rniishlarga ega. Ichki nutq odamning o'z ichida gapiradigan passiv nutqi 
bo'lib, u ikkinchi kishiniig ishtirokini talab etmaydi. Shuning uchun ham bu nutq o'z-o'ziga 
qaratilgan nutq sanaladi va uni nazorat qilib bo'lmaydi. Ichki nutq og'zaki va yozma nutqning 
asosi sifatida xizmat qiladi. Ichki nutq inson tafakkurining mahsulidir. U inson miyasida juda tez 
sur'atlarda sodir bo'lib, faqat insonning o'zigagina ma'lum bo'ladi. Ichki nutq ba'zan xayol, 
fantaziya kabi psixologik xususiyatlar bilan bog'lanib ketadi. 
Tashqi nutq esa ikki yoki undan ortiq kishilar uchun amalga oshirilib, atrofdagilarga fikr-
mulohazalarni bildirish uchun tashkil etiladi. 
Shuning uchun nutq madaniyatini shakllantirishda ichki nutqni rivojlantirishga ham alohida 
e'tibor berishga to'g'ri keladi. Tashqi nutq boshqalarga va nazorat qilish mumkin bo'lgan faol 
nutq bo'lib, u og'zaki va yozma ko'rinishlarga ega. Og'zaki nutq odatdagi tovushli so'zlashuv 


nutqi bo'lib, bu nutq ko'proq-ohang va turli imo-ishoralar bilan aloqadordir. Og'zaki nutqda fikrni 
ixcham ifodalash maqsadida to'liqsiz gaplar keng qo'llaniladi. Nutqning bu turi bir yoki bir necha 
kishi tomonidan amalga oshirishida va monologik, dialogik shaklda namoyon bo'ladi. 
Monologik nutq - bir kishining boshaqalarga qaratilgan nugqi hisoblanadi va hikoya qilish, 
xabar berish, o'qiganni qayta so'zlab berish, o'zi savol berib, o'zi javob berish shaklida namoyon 
bo'ladi. 
Dialogik nutq - ikki va undan ortiq kishi o'rtasida amalga oshiriladi. Nutqning bu ko'rinishi 
o'ziga xos xususiyatlarga ega bu nutq keng jumlalarni talab etmaydi. Shuning uchun dialotik 
nutq tarkibida to'liqsiz gaplar juda ko'p bo'ladi. Bunday nutq tarkibida so'roq va undov gaplar 
ham uchraydi. 
Og'zaki dialogik nutqda so'z bilan ifodalash qiyin bo'lgan bir qator vositalar: mimika, imo-
ishoralar, ohang ham shunga kiradi. O'qituvchilarda shu vositalarni tarbiyalash muhim 
vazifalardan biridir. 
Yozma nutq harflar vositasida, og'zaki nutq esa tovushlar vositasida amalga oshiriladi. 
Inson ijtimoiy faol bo'lish uchun ko'pincha og'zaki nutqdan foydalanadi. Og'zaki nutqni, ya'ni 
tovushlarni hosil qilishda nutq texnikasining fonasion nafas, tovush hosil hosil qilish va diksiya 
kabi elementlari ishtirok etadi. Ularning har biri ustida alohida to'xtalib o'tamiz. 
Nafas. Nafas fiziologik funksiyani, ya'ni inson organizmining hayotiy funksiyasini amalga 
oshiradi. Shuningdek, u nutq jarayonini energiya bilan ta'minlaydi. Demak, inson ikki turda 
nafas oladi: fiziologik va fonasion nafas. 
Fiziologik nafasda havo burun orqali olinib, nafas olish va nafas chiqarish teng hamda bir 
tekisda bo'ladi. U quyidagi ketma-ketlikda sodir bo'ladi: qisqa nafas olish, qisqa nafas chiqarish 
va pauza. 
Fonasion nafasda qisqa nafas olinadi, pauza va cho'ziq nafas chiqariladi. Chunki tovush 
hosil qilish uchun havo oqimi zarur bo'ladi. 
Fonasion nafas shakllanmagan bo'lsa nutq jarayonida hapqirib qolish, yurak urishi 
tezlashishi, yuz qizarib ketishi kabi holatlar kuzatiladi. 
Nafas olish jarayonida ishtirok etadigan muskullar ishtirokiga qarab nafasni to'rt turga 
ajratiladi.
Yuqori nafas - yelka, ko'krak qafasi va o'pkaning yuqori qismi ishtirokida amalga 
oshiriladigan engil nafas turidir. 
Ko'krak nafas – qovurg'a muskullari ishtirokida sodir bo'lib, ko'krak qafasini aylanasi 
o'zgaradi. Bunda diafragma deyarli o'zgarmaydi. 
Diafragmal nafas – ko'krak qafasi hajmining bo'ylamasiga o'zgarishi natijasida amalga 
oshadi. 
Diafragmal-qorin nafas ko'krak qafasi muskullarining ko'ndalangiga hamda bo'ylamasiga 
o'zgarishi, qorin muskullarining o'zgarishi asosida hosil bo'ladi. Shu nafas fonasion nafas uchun 
eng qulayi hisoblanadi. 
Nutq tovushlari cho'ziq nafas chiqarish jarayonida hosil bo'ladi. Shu sababli fonasion 
nafas va tovush hosil qilish jarayonini takomillashtirishda diafragmal-qorin nafasni 
rivojlantiriuvchi mashqlardan foydalanish lozim.
O'qituvchining nafas olishini tartibga solish uchun juda ko'plab mashqlar belgilangan. 
Shulardan biri, yerga chalqancha yotgan holda burun orqali uzoq vaqt davom etadigan chuqur 
nafas olish yoki shu holatni tik turgan holda qaytarish nafas olish organlarining to'g'ri ishlashiga 
yordam beradi. 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling