O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


 GIDROTЕXNIKA VA GIDROTЕXNIKA INSHOOTLARI HAQIDA


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/69
Sana18.11.2021
Hajmi0.72 Mb.
#175532
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

2. GIDROTЕXNIKA VA GIDROTЕXNIKA INSHOOTLARI HAQIDA 

UMUMIY MA‘LUMOTLAR 

 

2.1. Gidrotexnika va gidrotexnika inshootlari tushunchasi 

 

Gidrotexnika  deganda  maxsus  inshootlar,  jihozlar  va 

qurilmalar  yordamida  suv  resurslaridan  foydalanish  va  suvning 

zararli ta‘sirlariga qarshi kurashishni o’rganish bilan shug’ullanuvchi 

fan va texnikaning tarmog’i tushuniladi. 

Suv ta‘sirida bo’lgan va xalq xo’jaligining suvni boshqarish bilan 

bog’liq  talab  va  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  xizmat  qiladigan 

injenerlik  inshootlariga  gidrotexnika  inshootlari  deb  ataladi.  Ular 

yordamida  qishloq  xo’jaligi,  sanoat,  energetika,  baliqchilik,  suv 

transporti,  kommunal  xo’jalik  va  boshqa  sohalarning  suv  bilan 

bog’liq faoliyatlari ta‘minlanadi. 

Yerlarni  sug’orish  va  zax  qochirish  bilan  bog’liq  bo’lgan 

tadbirlarni  amalga  oshirish  uchun  quriladigan  inshootlar  meliorativ 

inshootlar deyiladi. Ular ikki guruhga: tabiiy  suv o’zanlari (daryolar, 

soylar,  jilg’alar)  va  sun‘iy  suv  o’zanlari  (kanallar,  zovurlar) 

inshootlariga bo’linadi.  

Vazifasiga  ko’ra  gidrotexnika  inshootlari  suvni  dimlovchi,  suv 

o’tkazuvchi  (eltuvchi),  suv  oluvchi,  suv  chiqazuvchi  va  har  xil 

balandlikdan  o’tuvchi  oqimlarni  yoki  b‘eflarni  tutashtiruvchi  va 

boshqa turlarga bo’linadi.  

Daryo  va  soylar  o’zanlari  yoki  ulardan  tashqarida  quriladigan 

to’g’onlar, kanallardagi to’suvchi inshootlar suvni dimlash vazifasini 

bajaradi.  

Sug’orish va zax qochirish tarmoqlaridagi kanallar, akveduklar, 

dyukerlar,  tunellar,  novlar  va  quvurli  inshootlar  suv  o’tkazuvchilar 

turiga kiradi.  

Suv oluvchi inshootlar asosan daryolarda quriladi. Ular to’g’onli 

yoki to’g’onsiz bo’lishlari mumkin.  



 

15 


Suv  omborlari  yoki  kanallardagi  ortiqcha  suvni  chiqarib 

tashlash  vazifasini  bajarish  uchun  suv  tashlovchi  inshootlardan 

foydalaniladi.  

Iste‘molchiga  kerakli  miqdordagi  (sarfdagi)  suvni  olib  berish 

uchun suv omborlari va kanallarda suv chiqarish inshootlari quriladi.  

Har xil sathdagi b‘eflarni tutashtiruvchi inshootlar sharsharaklar 

va tezoqarlar shaklida barpo etiladi.  

Yuqorida  ko’rsatib  o’tilgan  asosiy  turlardan  tashqari, 

shuningdek,  tindirgichlar,  loyqa  yuvgichlar,  suv  o’lchovchilar  va 

shunga  o’xshash  maxsus  vazifalarni  bajaruvchi  gidrotexnika 

inshootlari ham qurilishi mumkin.  

 

 




Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling