O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Gidrotexnika tarixi haqida qisqacha ma‘lumotlar


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/69
Sana18.11.2021
Hajmi0.72 Mb.
#175532
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   69
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

2.3. Gidrotexnika tarixi haqida qisqacha ma‘lumotlar 

 

Jahon  gidrotexnikasi  tarixidan  ma‘lumotlar.  Yer  yuzining 

katta qismida, shu jumladan Markaziy Osiyoda ham dehqonchilik va 

ichimlik  uchun  suv  tanqisligi  mavjud.  Shu  sababli  insoniyat  qadim 

zamonlardan  boshlab  suv  ta‘minoti  masalasida  katta  kuch  va 

mehnat  sarflab  kelgan.  Arxeologik  qazishmalar  va  tarixiy 

solnomalarning  ma‘lumotlariga  ko’ra,  eramizdan  5000  yillar  ilgari 




 

17 


qadimiy  Xitoy,  Hindiston,  Misr,  Markaziy  Osiyo  hududidagi 

davlatlarda  kanallar  va  suv  omborlari  barpo  etilgan.  Masalan, 

Xitoyda  bundan  2500  yil  ilgari  qurilgan  «Ulug’  kanal»ning  uzunligi 

1800  km  atrofida  bo’lgan,  qadimiy  Rimda  bundan  2300  yil  ilgari 

vodoprovod tarmog’i mavjud bo’lgan.  

O’zbekiston  hududida  yashagan  xalqlar  ham  juda  qadim 

zamonlardan  beri  sug’oriladigan  dehqonchilik  bilan  shug’ullanib 

kelishgan.  Tarixiy  manbalardan  ma‘lumki,  ajdodlarimiz  bizning 

eramizdan 2-ming yillar oldin ham tabiiy suv o’zanlari bo’lgan daryo 

va soylardan katta-kichik kanallar yordamida suv olib, dehqonchilik 

qilishgan. Masalan, Xorazm hududida Amudaryodan suv oladigan va 

yerlarni sug’orish hamda kemalar harakatlanishi uchun mo’ljallangan 

ba‘zi qadimiy kanallarning uzunligi yuzlab kilometrni tashkil etgan.  


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling