O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/69
Sana18.11.2021
Hajmi0.72 Mb.
#175532
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

O’zbek 

gidrotexnikasi 

tarixi 

bo’yicha 

qisqacha 

ma‘lumotlar.  Qadimgi  ajdodlarimiz  yer  osti  suvlaridan  samarali 

foydalanish  usullarini  ham  bilishgan.  Buning  uchun  yer  ostidan 

o’tadigan  suv  yig’uvchi  kanallarni  (karizlarni)  qurishgan.  Suv 

tegirmoni, suv ko’taruvchi moslama-chig’ir ham ilk bor ajdodlarimiz 

tomonidan (eramizning boshlarida Kushon davlatida) kashf etilgan.  

Amudaryoning  quyi  etaklaridagi  qadimiy  kanallarning  ba‘zilari 

hanuzgacha saqlanib kelmoqda. Bularga Shavat, Polvon, G’azovot va 

Chumanoy kanallarini misol qilib keltirish mumkin. 

Qadimiy  kanallar  va  gidrotexnika  inshootlarini  Farg’ona  va 

Zarafshon vodiylarida, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro 

va  Jizzax  viloyatlari  hududlarida  ham  ko’plab  uchratish  mumkin. 

Darg’om,  Qalqonota,  Zandona,  Rometon,  Shoxrud  kanallari 

Zarafshon  vodiysida  eramizning  I-IV  asrlarida  qurilgan  va 

bugungacha saqlanib kelgan va hatto foydalaniladigan suv xo’jaligi 

ob‘ektlariga misol bo’la oladi.  

Akademik  Ya.G’ulomovning  arxeologik  tekshirishlari  natijasida 

Jizzax  va  Samarqand  viloyatlari  hududlarida  suv  omborlarini  barpo 

etish  maqsadida  tosh  va  ganchdan  qurilgan    bir  necha  to’g’onlar 

topildi.  Forish  tumani  hududida  X-asrda  qurilgan  Xon  to’g’oni, 

Kattaqo’rg’on  tumanida  XVI-asrda  qurilgan  Abdullaxon  to’g’oni 




 

18 


shular  jumlasiga  kiradi.  Ushbu  to’g’onlarning  tuzilishi  va 

konstruktsiyasi  ajdodlarimizning  gidrotexnika  inshootlarini  qurish 

bo’yicha  katta  tajribaga  ega  bo’lganliklarini  ko’rsatadi.  Samarqand 

shahri  yaqinidagi  suv  taqsimlovchi  ko’prikli  inshoot,  Termiz  shahri 

yaqinidagi  Abdullaxon  hukmronligi  davrida  qurilgan  ko’prik-

akveduk ham qadimiy inshootlarga misol bo’la oladi. 

Aholini  ichimlik  suvi  bilan  ta‘minlashda  xalqimiz  qadimdan 

hovuzlardan,  sardobalardan  foydalanib  kelishgan.  Sardoba  usti 

gumbaz  shaklida  yopiladigan  va  yomg’ir  suvlarini  saqlaydigan 

inshoot  bo’lib,  u  asosan  tabiiy  suv  o’zanlari  mavjud  bo’lmagan 

hududlarda  qurilgan.  Sardoba  devorlari  asosan  pishiq  g’ishtdan 

qurilgan  va  ularda  suv  uzoq  vaqt  sifatini  yo’qotmasdan  saqlangan. 

Qashqadaryo  viloyatida  bugungi  kungacha  saqlanib  kelgan 

sardobalar mavjud.  

Gidrotexnika qurilishining ravnaqi tarixiy davrlarning siyosati va 

mamlakatlarning  moddiy  va  ma‘naviy  rivojlanish  darajasiga  ham 

bog’liq  bo’lgan.  Bu  jihatdan  ayniqsa  Samoniylar  va  Temuriylar 

davrlari alohida ajralib turadi. Shuningdek, Abdullaxon davrida ham 

ko’plab yirik gidrotexnika inshootlari barpo etilgan.  

Tariximizning  so’ngi  davrlariga  mansub  bo’lgan  Sho’rolar 

hokimiyati  davrida  O’zbekiston  asosan  paxtachilikka  asoslangan 

xom-ashyo  beradigan  hududga  aylantirildi.  Bu  davrda  yangi 

yerlarning  o’zlashtirilishi  munosabati  bilan  irrigatsiya  ishlari  keng 

ko’lamda  olib  borilgan  bo’lsada,  lekin  ko’p  ishlar  kelgusini 

o’ylamasdan bajarildi. Natijada bugungi kunning murakkab ekologik 

muammolari  (Orol  dengizining  qurib  borayotgani,  yerlarning 

meliorativ holatining yomonlashib ketgani va h.k.) kelib chiqdi.  


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling