O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/69
Sana18.11.2021
Hajmi0.72 Mb.
#175532
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

3

/s  yoki  l/s  larda  o’lchanadi.  Kanal  tubining 

nishabligi  deganda  ma‘lum  uzunlikdagi  kanal  uchastkasi  tublari 

sathlari  farqining  shu  uchastka  uzunligiga  nisbati  tushuniladi,  ya‘ni    



i = (Z

1

 – Z

2

) /L ,  bu  yerda Z



,  Z

2

 – uchastkaning bosh va oxirgi 

kesimlaridagi sath belgilariL – uchastka uzunligi.   

Kanallarning ko’ndalang kesimi trapetsiya, to’g’ri burchakli, egri 

yoy, parabola va boshqa shakllarga ega bo’lishi mumkin. Meliorativ 

tizimlar  sharoitida  asosan  trapetsiya  shaklidagi  kanallar  ko’proq 

barpo etiladi.  

Kanal  ko’ndalang  kesimining  shakli,  o’lchamlari    va  tubining 

nishabligi  nafaqat  uning  talab  qilingan  suv  o’tkazish  qobiliyatini, 

shuningdek  kanal  o’zanida  loyqa-cho’kindilar  yig’ilmasligini  va 

ustuvorligini  (yuvilmasligini)  ta‘minlashi  lozim.  Bu  shartlar  ularning 

gidravlik hisoblarini bajarish jarayonida ta‘minlanadi. 

Kanal  ko’ndalang  kesimining  asosiy  geometrik  parametrlariga 

kanal tubining kengligi (в), kanalning chuqurligi (Н) va yon sirtining 

qiyalik  koeffitsienti  (m)  kiradi.  Kanal  yon  sirtining  qiyalik 

koeffitsienti  yoki  qiyaligi  deganda  ushbu  sirt  qiyalik  burchagining 

kotangensi yoki m = l/H nisbat tushuniladi.  

Kanallar  yer  o’zanda  o’tishi  yoki  maxsus  qoplamaga  ega 

bo’lishlari mumkin. Qoplama sifatida beton, temirbeton, asfaltbeton, 

glinobeton  va  polimer  materiallaridan  foydalanadilar.  Maxsus 

qoplamali  kanallar  faqat  loyqa  yig’ilishga  tekshirib  ko’riladi. 

Meliorativ  tizimlarda  kanallar  ko’pincha  beton  bilan  qoplanadi. 

Betonning qalinligi konstruktiv 10...15 sm oraliqda qabul qilinadi.  




 

26 


Lyossli  o’ta  cho’kuvchan  gruntlar  sharoitida  barpo  etiladigan 

kanallar  yig’ma  va  monolit  temirbetonli  qoplamaga  ega  bo’lishi 

mumkin. Qoplamali kanallar yon sirtining qiyaligi konstruktiv qabul 

qilinadi, yerda o’tadigan gruntli qoplamali kanallarda esa bu qiyalik 

yon sirtlar ustuvorligini ta‘minlash shartlari asosida tanlanadi. 

 

  




Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling