O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


-qurilish-ishlab chiqarish tadqiqotlari


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/69
Sana18.11.2021
Hajmi0.72 Mb.
#175532
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

-qurilish-ishlab chiqarish tadqiqotlari – bunda qurilishni olib 

borish  uchun  zarur  bo’lgan  suv,  qurilish  materiallari,  energiya 

zahiralari,  yo’llar  va  qurilish  uchun  zarur  bo’lgan  boshqa  sharoitlar 

aniqlanadi.  

Inshootlarni  loyihalashda  tabiiy  muhitning  injenerlik-geologik, 

topografik,  gidrogeologik,  biologik,  iqlim  va  xo’jalik  sharoitlaridan 

tashqari ob‘ekt va ob‘ekt tasarrufidagi tizimining texnik, texnologik 

va boshqa ko’rsatkichlari ham hisobga olinadi. 



 

3.4. Loyihaga qo’yiladigan asosiy talablar 

 

Gidrotexnika  inshootlari  loyihalarini  tuzishda  texnik  va 

texnologik  ko’rsatkichlar  sifatida  inshootning  suv  o’tqazish 

qobiliyati,  inshoot  tasarrufidagi  sug’oriladigan  yer  maydoni, 

sug’orish usullari va boshqalar ishlatiladi.  

Ob‘ektning  mustahkamligi,  ustuvorligi,  uzoqqa  chidamliligi, 

tashqi  muhit  ta‘siriga  bardoshliligi,  sanitariya-gigiena  talablari  va 

shunga  o’xshashlar  maxsus  texnik  hisoblar  va  yechimlar  asosida 

taminlanadi.  

Gidrotexnika  inshootlarining  konstruktsiyasi  va  gabarit 

o’lchamlari  ulardan  talablar  darajasida  foydalanish  imkoniyatlarini 

ta‘minlashlari lozim. Inshootning o’ngay gidravlik rejimini ta‘minlash, 

undan  foydalanishdagi  sarf-harajatlarni  kamaytirish  imkoniyatlarini 

yaratish, inshootning ishonchliligini oshirish singari shartlar loyihaga 

qo’yiladigan asosiy ekspluatatsion talablar hisoblanadi.  



 

23 


Gidrotexnika  inshootlarini  loyihalashda  ularning  me‘morchilik 

nuqtai nazaridan diqqatga sazovorligi va ko’rkamligini ta‘minlashga 

alohida  e‘tibor  berilishi  lozim.  Mahalliy  qurilish  materiallaridan 

unumli  foydalanish,  milliy  badiiy-me‘morchilik  an‘analari  va 

usullarini  keng  qo’llash,  inshoot  qismlarining  konstruktsiyasi  va 

o’lchamlarini 

unifikatsiyalashtirish 

va 


shunga 

o’xshashlar 

loyihalashga  qo’yiladigan  asosiy  me‘morchilik  talablari  qatoriga 

kiradi.  

Yirik  ob‘ektlarni  (masalan,  suv  omborlarini)  loyihalashda  aholi 

yashaydigan  va  ishlab  chiqarish  ob‘ektlarini,  tarixiy,  tabiiy  va 

me‘morchilik  yodgorliklarini  ko’chirish  va  himoyalashga,  tabiiy 

landshaftdan  oqilona  foydalanish  tadbirlariga  alohida  e‘tiborni 

qaratish lozim.  

Har qanday yirik gidrotexnika inshootlari  loyihalari shuningdek, 

ekologiya  (atrof-muhitni  himoyalash)  talablariga  javob  berishi  va 

ekologik  tekshiruvlardan  (ekspertizadan)  o’tishi  kerak.  Loyihalarda 

inshoot  va  uning  tasarrufidagi  hududni  obodonlashtirish, 

ko’kalamzorlashtirish  tadbirlari  ham  batafsil  ko’rib  chiqiladi.  Ob‘ekt 

tuzilishini  va  qurilish  ishlarini  mexanizatsiyalashtirilgan  jarayonlarga 

muvofiqlashtirish  hamda  qurilishi  muddatini  qisqartirish,  mahalliy 

joy  sharoitlarini  har  tomonlama  inobatga  olish,  namunaviy 

loyihalardan  keng  foydalanish,  birgalikda  ishlaydigan  inshootlar 

faoliyatini  muvofiqlashtirish  singarilar  (tadbirlar)  loyihalashga 

qo’yiladigan muhim zamonaviy talablar hisoblanadi.  

Ma‘lumki, har qanday loyiha inshoot tuzilishining taqribiy grafik 

ko’rinishlari  bir  necha  variantdagi  eskiz  chizmalarni  tuzishdan 

boshlanadi  va  ularda  boshlang’ich    kompozitsion  maqsad  o’z 

irodasini  topadi.  Loyihani  takomillashtirish  jarayonida  uning  texnik, 

funktsional,  badiiy-me‘morchilik  va  iqtisodiy  jihatdan  eng  ma‘qul 

varianti  ishlab  chiqiladi.  Loyihalash  ishlarini  kopyuterlar  yordamida 

olib  borish  va  avtomatlashtirish  bugungi  kunning  zamonaviy 

yo’nalishlaridan biridir.  

 

 



 

24 



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling