O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Individual va namunaviy loyihalar


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/69
Sana18.11.2021
Hajmi0.72 Mb.
#175532
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

3.2. Individual va namunaviy loyihalar 

 

Qurilishda  individual  va  namunaviy  loyihalar  bir-biridan 

farqlanadi.  



 

21 


Faqat bir marotaba barpo etiladigan ob‘ekt uchun tuzilgan va 

bir  marta  qo’llaniladigan  loyihaga  individual  loyiha  deyiladi. 

Bunday loyiha asosan yirik va mas‘uliyatli ob‘ektlar uchun tuziladi.  

O’xshash ob‘ektlarni qurishda ko’p marta qo’llash uchun ishlab 

chiqilgan  va  o’rnatilgan  tartibda  tasdiqlangan  loyihalarga 

namunaviy  loyihalar  deyiladi.  Namunaviy  loyihalar  konstruktiv 

yechimlarning  unifikatsiyalashtirilgan  ko’rsatkichlariga  asoslanib 

tuziladi  va  shu  sababli  qurilishni  sanoatlashtirishning  talablariga 

ko’proq  javob  beradi.  Namunaviy  loyihalar  bo’yicha  quriladigan 

ob‘ektlarda  zavodlarda  tayyorlangan  yig’ma  konstruktsiyalar  keng 

qo’llaniladi,  bu  esa  qurilish  muddatni  qisqartirish  hamda  ob‘ekt 

bahosini kamaytirish imkoniyatlarini yaratadi.  

Namunaviy loyihalar ma‘lum mahalliy va iqlim sharoitlari uchun 

ishlab  chiqiladi,  ularda  qurilish  joyi  (maydonchasi)ning  aniq  shart-

sharoitlari  hisobga  olinmaydi.  Shu  sababli,  bunday  loyihalar  ularni 

qo’llashdan  oldin  loyihalash  tashkilotlari  tomonidan  mahalliy  joy 

sharoitiga moslashtiriladi (bog’lanadi).  

Namunaviy  loyihani  mahalliy  joy  sharoitiga  muvofiqlashtirish 

jarayonida  poydevorning  konstruktsiyasi  qurilish  maydonchasining 

geologik,  topografik  va  gidrogeologik  sharoitlariga  moslashtiriladi, 

unifikatsiyalashtirilgan  konstruktsiyalarning  o’lchamlari  va  turlari 

aniqlashtiriladi, balandlik (sath) belgilari rel‘efga muvofiqlashtiriladi, 

inshootni  injenerlik  kommunikatsiyalari  bilan  bog’lash  va  shunga 

o’xshash  ishlar  bajariladi.  Muvofiqlashtirish  jarayonining  so’ngida 

ob‘ektning smetaviy bahosi aniqlashtiriladi.  

 


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling