O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


TO’SIQLARDAN SUV O’TKAZUVCHI INSHOOTLAR


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/69
Sana18.11.2021
Hajmi0.72 Mb.
#175532
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

 

5. TO’SIQLARDAN SUV O’TKAZUVCHI INSHOOTLAR 

 

5.1. Akveduklar haqida umumiy ma‘lumotlar 

 



 

29 


Agar  kanal  trassasini  to’siqlar  (tepaliklar,  daryolar,  soylar, 

yo’llar,  kanallar,  zovurlar  va  sh.o’.)  kesib  o’tadigan  bo’lsa,  ushbu 

to’siqlardan  kanalni  o’tkazish  uchun  dyukerlar,  quvurli  suv 

o’tkazuvchilar, akveduklar, gidrotexnik tunellar loyihalanadi.  

Akveduklar  ramali  yoki  arkali  konstruktsiyaga  ega  bo’lishlari 

mumkin(5.1-rasm). 

 

1

2

3

1

4

 

 



5.1-rasm. Akveduklarning konstruktiv sxemalari:  a) – arkali; v) – ramali;  

1-nov; 2-arka; 3-nov ustuni; 4-rama 

 

Akveduklarning  suv  o’tkazuvchi  qismi  odatda  nov  shaklida 



barpo etiladi. Ba‘zan bu qism quvur shaklida bo’lishi ham mumkin. 

Novlar  hozirgi  paytda  asosan  temirbetondan  barpo  etiladi. 

Ko’ndalang kesimi shakliga ko’ra, nov parabola, to’g’ri burchakli yoki 

boshqa  shakllarda  bo’lishi  mumkin.  Tayyorlanishiga  ko’ra  yig’ma 

yoki  monolit  bo’ladi.  Akveduk  suv  o’tkazuvchi  qismi  ko’ndalang 

kesimining o’lchamlari gidravlik hisoblar asosida qabul qilinadi.  

Akveduk  tayanchining  turi  va  o’lchamlari  qurilish  joyining 

topografik,  geologik,  gidrogeologik  va  iqlim  sharoitlaridan  kelib 

chiqqan  holda  qabul  qilinadi.  Gidromeliorativ  qurilish  sharoitida 

ramali tayanchlar ko’proq qo’llaniladi. 

Akveduklarning  ishonchli  ishlashini  ta‘minlash  uchun  eng 

avvalo  ularning  poydevorini  to’g’ri  tanlashga  e‘tiborni  qaratish 

lozim. Ishonchsiz gruntlar (masalan o’ta cho’kuvchan lyossli gruntlar) 

sharoitida  qoziqli  poydevorlarni  qo’llash  maqsadga  muvofiqdir. 

Rama  ustunlari  tagida  shuningdek  alohida  joylashgan  monolit 



 

30 


(betonli yoki temirbetonli) yoki stakanli tipdagi yig’ma temirbetonli 

poydevorlar ham keng ishlatiladi.  

Akvedukning novga kirish va undan chiqish qismlari kanal bilan 

silliq  tutashuvni,  (suv  oqimining  akvedukka  kirish  va  undan 

chiqishda    keskin  uyurmalarsiz  o’tishini)  ta‘minlashlari  lozim.  Kirish 

va  chiqish  qismlarni  ko’pincha  sho’ng’uvchi  devorli  quti,  ba‘zan 

teskari devorli shakllarda konstruktsiyalaydilar.  

Akveduk qismlarini biriktiruvchi deformatsiya choklari ishonchli 

bo’lishlari  lozim.  Yig’ma  temirbetonli  novlarni  o’zaro  tutashtirishda 

metall  plastinalardan,  bitumga  to’yintirilgan  jgut,  paklya, 

meshkovina 

va 


shunga 

o’xshash 

materiallardan, 

kam 


deformatsiyalanadigan elastik rezina mahsulotlaridan foydalaniladi. 

 


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling