O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/69
Sana18.11.2021
Hajmi0.72 Mb.
#175532
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   69
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

 

3. GIDROTЕXNIKA INSHOOTLARINI 

LOYIHALASH ASOSLARI 

 

3.1. Loyiha tarkibi va loyihalash bosqichlari 

 

Chizmalar,  hisobiy-tushuntirish  bayoni  va  smetalardan  tashkil 

topgan texnik hujjatlar to’plamiga inshootning loyihasi deyiladi.  



 

20 


Chizmalar  (planlar,  qirqimlar,  fasadlar,  o’ziga  xos  qismlar  va 

birikmalarning  ko’rinishlari)  inshootning  konstruktiv  tuzilishi  va 

badiiy-me‘morchilik  qiyofasi  haqida  ma‘lumot  beradi.  Hisobiy-

tushuntirish  bayonida  qurilish  hududining  tabiiy-iqlim  sharoitlari 

haqida  umumiy  ma‘lumotlar,  texnik,  texnologik  va  boshqa 

yechimlarni 

asoslash 

hamda 


ob‘ektning 

texnik-iqtisodiy 

ko’rsatkichlari  haqidagi  zarur  ma‘lumotlar  bayon  etiladi.  Smeta  – 

bino yoki inshootning bahosini aniqlovchi hujjatdir.  

Alohida ob‘ektlarning bahosini aniqlovchi lokal va qurilishning 

umumiy bahosini aniqlovchi yig’ma smetalar bir-biridan farqlanadi. 

Smetalar  asosida  kapital  mablag’lar  rejalashtiriladi,  qurilishni 

moliyalashtirish hamda buyurtmachi va pudratchi o’rtasidagi hisob-

kitoblar amalga oshiriladi.  

Loyihalash  maxsus  ixtisoslashgan  tashkilotlar  (loyihalash 

institutlari)  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Yirik  inshootlarning 

loyihasini  tuzishda  turli  xil  sohalarning  mutaxassislari  ham  jalb 

qilinishi mumkin.  

Loyihalash  uchun  topshiriq  (boshlang’ich  hujjat)  buyurtmachi 

tomonidan beriladi. Bu topshiriqda ob‘ektning qurilish joyi va unga 

qo’yiladigan talablar ko’rsatiladi.  

Loyihalash  bir  yoki  ikki  bosqichga  olib  boriladi.  Unchalik 

murakkab  bo’lmagan  kichikroq  ob‘ektlarning  loyihasini  tuzish  bir 

bosqichda amalga oshiriladi.  

Yirik, mas‘uliyatli ob‘ektlar ikki bosqichda loyihalanadi. Birinchi 

bosqichda loyiha yig’ma smeta bilan tuziladi, ikkinchi bosqichda esa 

ishchi hujjatlar (ishchi chizmalar) va aniqlashtirilgan smetalar ishlab 

chiqiladi.  

 


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling