ishqalash, qoqish, faol va sust harakatlar, tebratish qo`llaniladi.
Usullarning har biri o`zining samaradorligi va bajarilishi bilan
farqlanadi. Tananing massaj qilinadigan joyiga qarab massaj usul-
lari tanlanadi. Massaj umumiy va mahalliy turlarga bo`linadi.
Umumiy massajda tananing barcha qismlari, mahalliy
massajda esa tananing ma`lum bir qismi, masalan, qo`l yoki oyoq
panjasi massaj qilinadi.
Massajning sport shikastlanishlarida qo`llanish xususiyat-
lari
Massajning cho`zish, surish, bosish, ishqalash, burash va
boshqa usullaridan foydalanib, to`qimalarga mexanik ta`sir qilish
limfa, qon, to`qimalararo suyuqliklarning harakatiga yordam beradi.
Teridagi epidermis qavati qari hujayralarining chiqarilishiga sharoit
yaratadi. Massaj limfa, qon, to`qimalararo suyuqliklar dimlanishi-
ning oldini oladi, modda almashinuviga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Massaj deyarli barcha kasalliklarda qo`llaniladi, kapillyar qon
aylanishiga, qon tomirlar tonusiga juda yaxshi ta`sir ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |